1. Davlat-diniy tashkilot modeli – identifikatsion model. Bunday modelni biz, misol uchun, Daniya,
Angliya, Gretsiya, SHvetsiya, Finlyandiya, Norvegiyada (ya’ni Evropa ittifoqining deyarli uchdan bir qismida), Saudiya Arabistoni, Bruney qirolligi, Qatar, Eron islom
respublikasida kuzatishimiz mumkin.
|
separatsion modelga, ya'ni davlatdan din, maktabdan din
ajratilganligi va vijdon erkinligi, konfessional bag‘rikenglik ta'minlanganligiga asoslanadi
2. Separatsion, ya’ni davlat dindan ajratilganligiga
asoslangan model. Davlat bilan din o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning bu turiga AQSH, Fransiya, Niderlandiya, Turkiya, MDH davlatlari, jumladan O‘zbekiston
Respublikasi kabi davlatlarni misol sifatida keltirish
mumkin
|
3. Kooperatsion – neytralitet modeli. Germaniya, Ispaniya,
Italiya, Belgiya, Lyuksemburg, Avstriya kabi mamlakatlarida o‘z aksini topgan.
Kooperatsion, ya’ni neytralitet modeliga Germaniya federativ respublikasini misol tariqasida keltirish mumkin.
Germaniyada davlat bilan diniy tashkilot o‘rtasidagi munosabatlarda davlat hokimiyatining ustuvorligi e’tirof etilgan, davlat-diniy tashkilot huquqi vujudga keldi.
|