|
Dasturlash texnologiyalari Massivlar
|
səhifə | 1/4 | tarix | 01.06.2023 | ölçüsü | 21,13 Kb. | | #114835 |
| Dasturlash texnologiyalari Jurabekov
Dasturlash texnologiyalari
Massivlar
Massivlar har bir qiymat uchun alohida o'zgaruvchilarni e'lon qilish o'rniga, bir o'zgaruvchida bir nechta qiymatlarni saqlash uchun ishlatiladi. Massiv bir xil ma’lumot tipidagi qiymatlarni o’zida saqlovchi o’lchami o’zgarmas obyekt hisoblanadi. Massiv xotirada ketma-ketlikda joy egallaydi.
Massivni e'lon qilish uchun o'zgaruvchi turini kvadrat qavslar bilan birga yoziladi:
String[] stringArray;
Yuqorida biz satr massivini o'z ichiga olgan o'zgaruvchini e'lon qildik. Unga qiymatlarni kiritish uchun siz qiymatlarni vergul bilan ajratilgan ro'yxatda, figurali qavslar ichiga joylashtirishingiz mumkin:
String[] stringMassiv = {"Volvo", "BMW", "Ford", "Mazda"};
Butun sonlar massivini yaratish uchun siz quyidagilarni yozishingiz mumkin:
int[] numberArray = {10, 20, 30, 40};
Massivlarda har bir element 0 dan boshlab indekslanadi. Indeks raqamiga murojaat qilib, massiv elementini olishingiz mumkin. Quiydagi kodda massivning birinchi elementini (0-indeks) chop etamiz.
String[] stringMassiv = {"Volvo", "BMW", "Ford", "Mazda"};
System.out.println(stringArray[0]); // Volvo
Massivdagi biror elementning qiymatini o'zgartirish unga indeks orqali murojaat qilib, yangi qiymatni yuklaymiz:
String[] stringMassiv = {"Volvo", "BMW", "Ford", "Mazda"};
stringArray[0] = "Opel";
System.out.println(stringArray[0]);
// Here now the word Opel appears instead of Volvo at index 0
Massivda nechta element borligini bilish uchun length operatoridan foydalaniladi:
String[] stringMassiv = {"Volvo", "BMW", "Ford", "Mazda"};
System.out.println(stringMassiv.length); // 4
Quyida oy nomlarini o’zida saqlovchi String tipidagi massiv yaratamiz va unga oy nomlarini kiritib chiqamiz. Keyinchalik foreach takrorlash operatori yordamida har bir oy nomi ekranga chop etamiz. Faqatgina “Iyun” oyini continue kalit so'zi yordamida tashlab o’tamiz.
Dostları ilə paylaş: |
|
|