Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi
Ajiniez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti
Tarix kafedrasi
Manbashunoslik fanidan
Ma`ruzalar matni
Nukus 2012
Kirish
Uzbekiston istikloli (1991) yurtimizda ijtimoiy fikr erkinligi uchun keng
imkoniyatlar yaratdi. Biz o`zimizning boy va kadimiy tariximizni kaytadan kashf
etish imkoniga ega buldik. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov tugri
ta`kidlaganidek, Uzlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbottalab bo`lmagan
ushbu xakikat davlat siyosati darajasiga ko`tarilishi zarur.
Sunggi yillarda manbashunoslik fanidan bir necha darslik va kullanmalar
yaratilgan bulib, ular kuyidagilardan iborat, B.A. Axmedovning «Uzbekiston xalklari
tarixi manbalari» (1991), T.S.Saidkulovning «Uzbekiston tarixi tarixnavisligidan
lavxalar» (1993, uzbek va rus tillarida), A. Xabibullaevning «Adabiy manbashunoslik
va matnshunoslik» (2000), B.A. Axmedovning «Uzbekiston tarixi manbalari»
(2001),
«Manbashunoslikdan
ma`ruzalar
majmuasi»
(2001,
tuzuvchi
A.A.Madraimov).
Bu darslik va kullanmalarda tarixiy manbashunoslik umumiy tarzda eritilgan
mukammal darslik va ukuv kullanmasi yaratish yilidagi birinchi kadamdir. Tarixchi
manbashunoslar uchun juda kerakli bulib ular «Cobranie vostochnix rukopisey
Akademiy nauk Uzbekistana. Istoriya. ” (Sostaviteli D.Yu.Yusupova, R.P.Djalilova.
1998) nomli – katalog chop etilgan. Bu va boshka manbashunoslikka oid bajarilgan
tadkikotlar, yozma manbalar, tarjimalarning chop etilishi, tarix fanini o`kitish
bobidagi metodik tajribalarni umumlashtirilgan ko`llanmalar bizning ushbu
bakalaviatura uchun mo`ljallangan “Tarixiy manbashunoslik”(Ma`ruzalar va metodik
tavsiyalar) nomli o`kuv ko`llanmani yaratishga asos bo`lib xizmat kildi. Unga mazkur
fanni o`kitish soxasidagi Nizomiy nomidagi TDPU Tarix fakul`tetidagi
“Manbashunoslik
va
tarix
o`kitish
metodikasi”
kafedrasining
professor
o`kituvchilarining amaliy tajribasi asos kilib olindi.
Ushbu o`kuv ko`llanma Oliy o`kuv yurtlari uchun kabul kilingan Davlat
Standartlariga muvofik tayyorlangan.
Xar bir ma`ruza boshida mavzu nomi, darsning mazmuni, uning rejasi, asosiy
tushunchalar beriladi. Asosiy matnda ma`ruza mavzui rejaga muvofik atroflicha
yoritilib, uning so`nggida mavzuga oid asosiy va yordamchi manba va adabiyotlar
ro`yxati, ma`ruza materialini mustaxkamlash uchun beriladigan savollar ilova etildi.
Biz yaratgan ushbu o`kuv ko`llanma ilk tajriba bo`lgani sababli unda turli baxs,
munozara va fikrlarni paydo kiladigan o`rinlar mavjud. Shuning uchun o`kuv
ko`llanmasi yuzasidan bildiraladigan fikr va muloxazalar uchun tuzuvchilar oldindan
o`z minnatdorchiligimizni izxor etamiz.
Ushbu o`kuv ko`llanmasi ko`lyozmasi bilan tanishib ularni foydali maslaxatlarni
bergani
uchun
A.O`rinboev,
S.V.Teleukulov,
D.Yusupovaga
o`z
minnatdorchiligimizni bildiramiz.
1-Mavzu. Manbashunoslik fanining predmeti, maksad va vazifalari
Reja:
1. Manbashunoslik fanini o`rganishdan maksad.
2. Manbashunoslik fanining predmeti va vazifalari.
3. Manbalar turlari.
4. Manbashunoslikka oid adabiyotlarni taxlili.
Asosiy tushunchalar: manba, tarixiy manba, birlamchi manba, asl nusxa,
avtograf, bitik, bitma, yozma yodgorlik, ko`lyozma, ko`lyozma kitob, toshbosma,
litografik kitob, nashr, ommaviy nashr, ilmiy akademik nashr, faksimile,
arxeografiya, asosiy arab yozuvlari, ro`yxatga olish, tavsifga olish, tasniflash –
kataloglashtirish, fixrist – katalog, kartochka, annotatsiya, monografik tavsif.
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati:
1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch» T., 2008.
2. B. A. Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari. - Toshkent: “O`kituvchi”. 2001.
3. T. S. Saidkulov. O`rta Osiyo xalklari tarixining tarxnavisligidan lavxalar. -
Toshkent: “O`kituvchi”. 1993.
4. Sobranie vostochnix rukopisey Akademii nauk Respubliki Uzbekistan. Istoriya.
Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998.
5. Rukopisnaya kniga v kul`turax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-Moskva:
‘’Nauka’’. 1987.
Manbashunoslik fanini o`rganishdan maksad
Manbashunoslik fanini o`rganishdan maksad talabalarda ushbu fan soxasi
to`grisida umumiy tushuncha xosil kilish va ularda kizikish uygotish va O`zbekiston
tarixini manbalar asosida mustakil o`rganishga xarakat kildirishdan iborat.
Tarixiy fakt va vokealar bayoni inson xarakteri, ma`lumot beruvchi shaxs,
gurux, firka, sulola, mazxab va mamlakatlar manfaati yo`lida turlicha talkin kilinishi
mumkin.
Masalan, O`zbekiston yakin tarixi mamlakatimizning X1X asr ikkinchi yarmi
va XX asr boshlaridagi siyosiy vokealar turli davrlarda, manbalarda va turli
mualliflar tomonidan turlicha talkin kilinmokda. Bular o`z davrida yaratilgan yozma
yodgorliklar, tarixiy xujjatlar va solnomalarda kanday bayon kilingan? Sho`ro
davrida kanday tushuntirildi?
Va nixoyati mustakillik sharoitida tarixiy adolatni tiklash, manbalar asosida
xolis va ob`ektiv bo`lib o`tgan vokealarni bilishimiz mumkin va kerak. Bu esa
manbashunoslik fanisiz, manbalarga ilmiy yondoshuvsiz mumkin emas. Chunki,
o`sha davrdagi yozma yodgorliklar aksariyati arab alifbosi asosidagi yozuvimizda, bir
kismi rus tilida xam bitilgan va o`sha davrga xos tarixiy xususiyatlarga ega.
Xulosa, manbashunoslik fani yurtimiz tarixi to`grisida xolis va ob`ektiv bilim
olishga, o`zligimizni anglashga, boy va kadimiy madaniyatimizni bilishga xizmat
kiluvchi tarix fanining muxim soxalaridan biridir.
Manbashunoslik fani tarix ilmining asosiy va muxim soxalaridan biri bo`lib,
turli (moddiy, etnografik, yozma va boshka) manbalarni o`rganish xamda ulardan
ilmiy foydalanishning nazariy va amaliy jixatlarini o`rganadi.
Dostları ilə paylaş: |