2
Kes-kes
Bu
o„yin boshlang„ich sinf o„quvchilariga mo„ljallangan. Kengligi 4
qadamdan iborat doira chiziladi. Boshlovchi uchun chaqqon o„quvchi tanlanadi.
Boshlovchi doira ichida turadi. Qolgan o„quvchilar doira tashkarisida turadilar.
O„qituvchi ”boshla” deyishi bilan o„yinchilar doirani kesib o„ta boshlaydilar.
O„yinchilar xar tomonda “kes”, “kes” deb yugurib o„tadilar.
Boshlovchi
o„yinchilarga qo„l tekkizadi. Qo„l tekkan o„yinchi o„yindan chiqib turadi. O„yin 2-
3 daqiqa davom etadi. O„qituvchi o„yinni to„xtatib nechta o„quvchi
o„ldirilganligini aniqlaydi.
Ko„rpa yopindi.
Bu o„yin o„quvchilarni botirlikka va qo„rqmaslikka yo„llaydi. O„yinga xar
komandadan 5-6 o„quvchi qatnashadi.
O„yinchilar ikki komandaga bo„linadi. Himoyachilar va hujumchilar aniqlanadi.
Himoyaga turgan o„quvchining qo„lida 1-1.5 metr uzunlikda bo„sh qilib to„qilgan
arqon bo„ladi. Qolgan ximoyachilar chopon yopinib bir-birlariga
yaqin turishlari
kerak. CHopon yopinganlar qimirlamaydilar. Hujumchilar ko„rpa yopinganlarni
qo„li bilan urib ketishga xarakat qiladilar. Ximoyachi qo„lida
arqon bilan
xujumchilarni urib chopon yoping„ichlarini ximoya qiladi. Ximoyachi
2-3 daqiqa o„z o„yinchilarini ximoya qilib tura bilsa yutgan xisoblanadi.
Ximoyachi qo„lida arqon bilan o„z o„yinchisini xar tomondan ximoya qiladi.
CHopon yopinganlarning ustidan sakrab o„tish xam mumkin.