LABORATORIYA MASHG‘ULOTI.
MAVZU: OVQAT HAZM QILISH TIZIMI. BO‘LIMLARI. OG‘IZ
BO‘SHLIG‘I. HALQUM. OSHQOZON. ICHAKLAR TUZILISHI. JIGAR,
O‘T PUFAGINING TUZILISHI VA VAZIFALARI.
Laboratoriya ishining maqsadi:
Talabalarga ovqat hazm qilish tizimi,.ovqat
xazm qilish tizimi bo‘limlari, og‘iz bo‘shlig‘i, halqum,
oshqozon, ichaklar
tuzilishi, jigar, o‘t pufagining tuzilishi va vazifalari to‘g‘risida bilim, malaka va
ko‘nikmalarni shakllantirish va umumiy ma’lumotlar berish.
Kerakli jihozlar:
Baliq, mikroskop, spirt, shtangali sirkul, leneyka, slaydlar,
plakatlar.
Mazmuni.
Baliqlarning ovqat tutadigan birdan bir a’zosi og‘zidir.
Ularning
emishi turli-tuman bo‘lganidan og‘iz va tishlarining tuzilishi ham har xil. Tish
baliqlarda o‘ljani tutish, maydalash, uzib olish kabi vazifalarni bajaradi, emishi
qandayligiga qarab ba’zi baliqlarning faqat jag‘laridagina emas,
balki til, tanglay
va halqumida ham tishlari bo‘ladi. Masalan, karpsimonlarning tishi jag‘ida emas,
balki ko‘rinishi o‘zgargan oxirgi jabra yoyiga o‘rnashgan. Bu tishlar qattiq
emishlarni, hatto molluskalarning kosalarini ham maydalay oladi.
Og‘izning o‘rnashgan joyi va tuzilishi baliqning emishiga va uni qanday
tutishiga bog‘liq. Parrik kabi emishni pastdan tutib eydigan va og‘iz bo‘shlig‘ining
ostiga o‘rnashgan baliqlar og‘zi
ostki og‘iz
deb ataladi (akulalar, lappakbaliqlar
bundan
mustasno, chunki ularning og‘zi boshining ostida bo‘lishi ovqatlanish
xarakteriga bog‘liq emas, balki ustki jag‘ining tepasidagi cho‘zinchoq qazg‘ich
burniga - rostrumga bog‘liq). Zog‘orabaliq, olabug‘a kabilar ro‘parasidan chiqqan
ovqatni tutib eyishi sababli og‘zi boshining oldiga o‘rnashgan bo‘ladi. Bunday
baliqlarning og‘zi
old og‘iz
deb ataladi. Tarashabaliq, munajjimbaliq, qizilqanot
kabi emishini tepadan tutib eydigan baliqlarning og‘zi yuqoriga qaragan bo‘lgani
sababli
tepa og‘iz
deb ataladi.
Qanday ovqatlanishiga qarab baliqlarning pastki, ustki jag‘lari va lablarining
tuzilishi ham turlicha bo‘ladi. Ba’zi laqqasimon baliqlarning og‘zi
chambarak
shaklda bo‘lib, suvdagi biron narsaga yopishib olishga moslashgan. Boshqa
baliqlar, chunonchi, labbaliqning qalin labi ovqat tutish, tosh va o‘simliklarga
yopishib qolgan suvo‘tlarni qirib olish vazifasini bajaradi. CHo‘rtan
kabi yirtqich
baliqlarning og‘zi esa ovqatni tutib olishga moslashgan. SHuning uchun ham
ularning og‘zi katta, jag‘larida, dimog‘, tanglay suyaklarida yirik va o‘tkir
tishlari
bor, jabra panjaralari (tichinkalari) ham qisqa.
Dengiz ninasi, oqcha kabi baliqlarning og‘izlari so‘ruvchan bo‘ladi, shuning
uchun ularning og‘zi nay shaklida tuzilgan, tishlari yo‘q. So‘ruvchan og‘izli
baliqlar suv ostidagi umurtqasiz jonivorlar bilan ovqatlanadi. Savatbaliq,
lappakbaliq kabilarning og‘zi tumshuqqa o‘xshash, tishlari lavha shakl bo‘lib,
molluska va marjon kabi jonivorlarning toshdek qattiq kosalarini g‘ajib,
maydalashga yaxshi moslashgan. Seldlar va ba’zi karpsimonlar kabi planktonxo‘r
baliqlarning og‘izlari katta, lekin tortiluvchan emas, tishlari mayda, uzun va yaxshi
rivojlangan yoki butunlay bo‘lmaydi, jabra panjaralari filtr vazifasini bajaradi.
Oq amur baliqlarning og‘zi boshining ostiga o‘rnashgan, ko‘pincha tishlari
bo‘lmaydi, pastki labi xuddi pichoqdek o‘tkir, goho usti shox modda bilan
qoplangan bo‘ladi. Baliqlar og‘zining bu asosiy shakllaridan tashqari yana bir
qancha oraliq shakllari yoki hayot kechirish tarziga qarab boshqacha tuzilganlari
ham uchraydi.
Hazm qilish sistemasi.
Baliqlarning hazm qilish organlari og‘iz bo‘shlig‘i,
halqum, qizilo‘ngach va ichakdan iborat. Ko‘pchilik baliqlarning jag‘larida bir
necha qator tishlar joylashgan. Baliqlar tishlari yordamida o‘ljasini tutadi va ushlab
turadi. Yutilgan oziq halqum va qizilo‘ngach orqali oshqozonga tushadi. Zog‘ora
va ayrim boshqa baliqlarning tishlari bo‘lmaydi; oshqozoni yaxshi rivojlanmagan.
Ular yutgan oziq bevosita ichakka tushadi.