IV BOB
BOSHQARUV QARORLARINI QABUL Q ILISH 1
;Я>
4.1. Boshqaruv qarorlari va ulami qabul qilish
bosqichlari
Korxonalar iqtisodiy faoliyatida boshqaruv qarorlarini qabul
qilish jarayoni alohida o ‘rin tutadi,
u yuqori malaka va amaliy
tajribaga ega bo'lishni talab qiladi.
Boshqaruv qarorlari qabul qilish korxona oldiga qo ‘yilgan
maqsad va vazifalami aniqlashdan boshlanadi.
Boshqaruv qarorlari amal qilish davriga ko‘ra strategik (uzoq
muddatli) va qisqa muddatli qarorlarga bo‘linadi.
Strategik boshqaruv qarorlari korxonaning oldiga qo'ygan
maqsadiga erishishida m uhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Mazkur
qarorlar korxona rahbariyati tom onidan
istiqbolli rivojlantirish
dasturlarini amalga oshirish maqsadida qabul qilinadi.
Qisqa muddatli qarorlar qo‘yilgan maqsadga erishishda qabul
qilinadigan tezkor qarorlardir. Ular korxonaning
joriy rejalarini
tuzish, kadrlar masalasini hal qilishning muhim vositasi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda qabul qilinadigan
boshqaruv qarorlariga bir qancha talablar qo‘yiladi.
Bu talablar
boshqaruv qarorlarining ishonchliligini ta ’m inlash va iqtisodiy
samaradorhgini oshirish zarurati bilan izohlanadi.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoniga
quyidagi talablar
qo'yiladi:
—
a n iq y o ‘n a lish g a e g a b o ‘lish i v a k o rx o n a m a n fa a tla r in i to ‘liq
ifo d a etish i.
Bunda boshqaruv qarorlarining korxona oldida turgan
maqsad va vazifalarni amalga oshirishga
hamda uning foydasini
oshirishga yo‘naltirilishi nazarda tutiladi;
—
ilm iy - a m a liy j ih a td a n a so sla n ish i.
Boshqaruv qarorlarini qabul
qilishda korxonaning moliyaviy-xo‘jalik
faoliyati tahlili natijalari,
uning iqtisodiy im koniyatlari ham da zam onaviy fan -tex n ik a
yutuqlarini to ‘liq
hisobga olish zarur;