Jamiyatning siyosiy
tizimi
Jamiyatning siyosiy tizimi — davlat sifatida tashkil topgan jamiyatning muayyan siyosiy
vazifalarni amalga oshiruvchi ijtimoiy muassasalari majmui. Davlat, partiyalar, kasaba
uyushmalari, diniy tashkilotlar, shuningdek, siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi barcha tashkilot va
harakatlarni oʻz ichiga oladi. J. s.t.ning bosh bugʻini davlatdir. Davlat jamiyatning ijtimoiy
muassasalari huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydi, ularga ijtimoiy
hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi. Siyosiy tizim — davlat ichki
tuzilishi jihatlarining oʻzaro aloqalari va taʼsirining eng muhim, doimiy xususiyatlarini
ifodalovchi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar tizimi ham boʻlib, siyosiy hokimiyatni, umuman
davlat muassasalari tizimini va ularning asosiy tashkiliy shakllarini belgilab beradi. Siyosiy
tizim har bir mamlakatning mavjud shart-sharoitlari bagʻrida shakllanadi, odatda, mamlakat
konstitutsiyasida va b. qonun hujjatlarida mustahkamlab qoʻyiladi. Jamiyat demokratlasha
borgan sari siyosiy tizimning xilma-xil koʻrinishlari oʻz faoliyatini namoyon eta boradi.
Xalqning keng qatlami va turli yosh, kasb hamda soha vakillarining bu tizimda ishtirok etish
imkoniyati kuchayadi.
Oʻzbekistonning siyosiy tizimi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, shu asosda
qabul qilingan qonunlar hamda boshqa rasmiy hujjatlarda oʻz ifodasini topgan, hokimiyatni
qonun chiqaruvchi hokimiyat, iekro etuvchi hokimiyat va sud hokimiyatita taqsimlash tamoyili
asosida tuzilgan. Oʻzbekistonda qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan kasaba
uyushmalari, siyosiy partiyalar (Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP), Oʻzbekiston
Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi,
Oʻzbekiston "Adolat" sotsialdemokratik partiyasi), "Xalq birligi" harakati, Yoshlarning
"Kamolot" ijtimoiy harakati, diniy tashkilot va birlashmalar, ijtimoiy jamgʻarmalar faoliyat
koʻrsatadi. Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman), inson huquqlari boʻyicha respublika
Soʻnggi tahrir 2 oylar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
milliy markazining faoliyati inson huquqlariga rioya etishni umummillat darajasida
rivojlantirishga qaratilgan. Oʻzbekistonning siyosiy tizimi hozirgi davrdagi ilgʻor demokratik
davlatlar tajribasini oʻzida aks ettiradi.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Jamiyat
ning_siyosiy_tizimi&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Jamiyatning_siyosiy_tizimi
&oldid=2299443
" dan olindi
Manbalar