27.09.2022, 09:15
9-сон 10.01.2007. Kioto Protokolining musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1105426
1/6
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
KIOTO PROTOKOLINING MUSAFFO RIVOJLANISH MEXANIZMI DOIRASIDA INVESTITSIYA
LOYIHALARINI TAYYORLASH VA AMALGA OSHIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI
TASDIQLASH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi
doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 6-dekabrdagi
PQ-525-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida
investitsiya loyihalarini
tayyorlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi
nizom
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, vazirliklar va idoralar
Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlarining idoraviy
normativ hujjatlarini ushbu
qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 10-yanvar,
9-son
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 10-yanvardagi 9-son
qaroriga
ILOVA
Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash
va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik
shaxslar
tomonidan, xorijiy investorlarni jalb etgan holda
Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish
mexanizmi doirasida jahon bozorida chiqindilar chiqarishning sertifikatlangan qisqartirishlarini
sotib olishni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalarini tayyorlash
va amalga oshirish tartibini
belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalanilgan:
Kioto Protokoli
— Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Hadli
Konvensiyasi bilan 1997-yil 11-iyulda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 1999-yil 12-
oktabrda ratifikatsiya qilingan va 2005-yil 16-fevraldan
boshlab kuchga kirgan, parnik gazlarini
atmosferaga chiqarishni qisqartirish mexanizmlarini belgilovchi hujjat;