Mavzu: Elektron pochta xizmati strukturasi. Elektron pochtada axborotlarni
himoyalash
Elektron pochta
– kompyuter tarmoqlari bo‘ylab elektron xatlar bilan almashish
(qabul qilish va yuborish) imkonini beruvchi texnologiyadir. Elektron pochta
tuzilishi va ishlash prinsipi jihati tomonidan oddiy (qog‘ozli) pochta tizimiga
o‘xshab ketadi. Undagi terminlar (xat, konvert, banderol («посылка»), pochta quti,
etkazib berish), unga xos bo‘lgan jihatlar – qulayliklar, xabarlarni jo‘natishdagi
kechikishlar, yetarli darajadagi ishonchlilik va shu bilan birga etkazib berishning
kafolatlanmasligi kabi xususiyatlar elektron pochtaga ham xos.
Birinchi elektron pochta 1965 yilda Massachutes texnologiya
instituti xodimlari
Noel Morris va Tom Van Vlyek tomonidan yaratilgan.
Elektron pochta
(ingliz tilida E-mail, yani “electronic mail”) – xat jo’natish
bo’yicha texnologiya va xizmat hisoblanadi. Elektron pochta orqali xatlar va
kerakli bo’lgan ma’lumotlarni o’qish uchun va kerakli bo’lgan fayllarni jo’natish
uchun ishlatish mumkin.
Hozir internetni deyarli hamma foydalanuvchilarida elektron pochta mavjud va
elektron pochtaning shakli quyidagicha:
isim@xizmatchi.domen
Isim
– ushbu bo’limga Siz xohlagan isimni yoki so’zni kiritshingiz mumkin.
Masalan : laqabingiz, yaxshi ko’rgan qizingizni/yigitingizni ismi bilan o’zingizni
ismingiz yoki ismingiz bilan tug’ilgan yilingiz.
@
– elektron pochtaning belgisi.
Xizmatchi
– elektron pochta servisini taqdim etadigan xizmatchi. Masalan: Mail,
Gmail, Яндекс Почта va boshqalar.
Domen
– elektron pochta servisini taqdim etuvchi xizmatchining domeni
(manzili).