|
Mavzu: Psixologiyani o’rganish metodlari
|
səhifə | 1/3 | tarix | 19.12.2023 | ölçüsü | 1,4 Mb. | | #153659 |
| Tadqiqot metodi (2) Mavzu: Psixologiyani o’rganish metodlari. Bektemirova Sevara. Psixologiyani o’rganish metodlari Reja: - Psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari.
- Hozirgi zamon psixologiya fanining tarmoqlari
- Kuzatish metodi.
- Faoliyat mahsullarini tahlil qilish metodi.
- Tajriba (eksperiment) metodi.
- Psixologik tadqiqot o`tkazishning asosiy bosqichlari
Kuzatish metodi. Psixologiya fanida bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o’zini o’zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshirilardi: Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;
- Kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi;
- Sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi;
- Tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi;
- Kuzatishqancha davom etishi qat’iylashtiriladi;
- Kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o’yin, o’qish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi;
- Kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o’tkazishi) tayinlanadi;
Kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafaon, fideoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg’ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, harakatchanligi, ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va xokazolari o’rganiladi.
Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o’rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, mavzusi, o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o’tkazish rejalashtiriladi, o’rganilayotgan narsa bilan uzviy bog’liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Suhbat orqali odamlarning tafakkuri, xulq-atqori,aql zakovati, qiziqishi, ziyrakligi, bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to’g’risida ma’lumotlar olinadi. - Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o’rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, mavzusi, o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o’tkazish rejalashtiriladi, o’rganilayotgan narsa bilan uzviy bog’liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Suhbat orqali odamlarning tafakkuri, xulq-atqori,aql zakovati, qiziqishi, ziyrakligi, bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to’g’risida ma’lumotlar olinadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|