Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari merosining
o’rni.
Reja:
1.
Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalash.
2.
Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari
fikrlari.
3.
Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari
merosi.
O’rta Osiyo tarixiy voqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi
bilan birga azaldan ilm-fan
,
madaniyat va ma’naviyatning markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bu o’lka dunyoga
ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonshumul ulug’
zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini
yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar,
uning taraqqiyoti va
boyishiga ulkan hissa qo’shganlar. O’rta Osiyoning madaniy merosi jahon madaniyati
va ma’rifatining zuviy ajralmas tarkibiy qismidir.
Endilikda jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan
ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi. Afsuski, salkam 150
yillik mustamlakachilik, 70 yillik totatitar tuzum hukmronligi davrida respublikamiz
yosh avlodi, Islom Karimov aytganidek, «...necha yillar bizni tariximizdan,
dinmizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar, - natijada ular o’z
xalqning tarixini, uning boy tabiiy-ilmiy,
ijtimoiy-falsafiy
,
axloqiy madagiyatidan
bahramand bo’lish, o’rganishdan mahrum bo’lib keldi».
Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-axloqiy pand-
nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab yurgizilgan siyosat qurboni bo’ldi,
e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o’tkazdi.
Vaholanki, Islom Karimov «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» kitobida
ta’kidlanidek: «...o’tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha
avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon
ta’sir ko’rsatmoqda».
Mustaqillik tufayli o’rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo’lgach, ona zaminimiz
ma’naviy merosini chuqurroq o’rganish
biz yoshlarning vazifamiz, inchunun, o’z
tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi.
IX-XV asrlarni Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida shartli ravishda «Renessans»
(uyg’onish) davri deb atashadi. Ma’naviyat va ma’rifatning g’oyat gullab-yashnashi
bu davr uchun xarakterli bo’lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar,
buyuk davlat arboblari etishib chiqqan. Dunyoviy fanlarning tez sur’atlarda taraqqiy
etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta’sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa halifa Ma’mun
davrida (813-133 yy.) Bag’dodda «Bayt-ul-hikma» (Donolar uyi) tashkil etilgan
paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-ximiya va ilmu nujumga
oid asarlar arab tiliga o’girildi. Bunda Markaziy Osiyodan
etishib chiqqan
mutafakkirlar al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, al-Farobiy,
Ibn Sino
, al-Beruniy kabi
mutafakkirlar ham katta rol o’ynadilar.
Renessans – uyg’onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati mohiyat-e’tibori
bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarashi, antik davr madaniy merosiga murojaat
qilish, bamisoli uning qayta uyg’onishni anglatadi. Uyg’onish davri namoyondalari
qarashlari insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning irodasiga,
aql-idrokiga ishonib
qarashi bilan ajralib turadi.
Fanda Sharq va /arb uyg’onish davri tushunchalari ishlatiladi. Ular umumiy, o’xshash
tomonlari bilan birga, ma’lum farq, o’ziga xos xususiyatlari jihatidan ham ajralib
turadi. Avvalo ular davr nuqtai nazaridan farqlanadi. Ilk Sharq uyg’onish davri IX-XII
asrlarni, so’nggi uyg’onish davri XIV-XV asrlarni o’z ichiga olsa, /arb uyg’onish
davri XV-XVII asrlarni o’z ichiga olishi bilan farqlanadi. /arb uyg’onish davri uchun
feodalizmga, dinga qarshi kurash xos bo’lsa, Sharqda masalaning g’arbdagidek keskin
qo’yilishini ko’rmaymiz.
Sharq va /arb uyg’onishi uchun umumiy xususiyatlar
antik davrga murojaat qilish
, uni
qayta tiriltirish,
tabiiy fanlar rivoji, fanda universallikni (qomusiylik), gumanizmni
targ’ib etish va boshqalarda namoyon bo’ladi.
Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 1) madaniyat, dunyoviy
fanlar va islom aqidashunoslikgining taraqqiyoti; 2) yunon, rum, fors, hind va boshqa
madaniyatlar yutuqlariga suyanish; 3) astranomiya, matematika, minerologiya,
jug’rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji; 4) uslubda (metodologiya)-
rastionalizm, mantiqning ustunligi; 5) insoniy do’stlik, yuksak axloqiylikning targ’ib
etilishi; 6) falsafaning
keng darajada rivoj topishi
; 7) adabiyot, she’riyat,
ritorikaning
(notiqlik) keng rivoji; 8) bilimdonlikning qomusiy xarakterda ekanligi.
Bu davrga kelib, avvalo O’rta Osiyo, Eron, Iroq va Suriya ilmu-fan va madaniyatning
yirik o’chog’iga aylandi. Xorazm, Buxoro, Xirotda yirik ilmiy markazlar tashkil
topdi. Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Farg’oniy, Beruniy, Imom al-Buxoriy, Imom
Moturudiy, Imom Iso at-Termiziy, Hakim at-Termiziy, Axmad
Yassaviy, Najmiddin
Kubro, Maxmud az-Zamaxshariy kabi O’rta Osiyolik olimlar va ulamolarning dongi
butun dunyoga taralgan edi.
O’rta Osiyoning qadimiy, qo’hna
shaharlaridan Buxoro
, Xiva, Samarqand kabi
shaharlari, qadimda fan, madaniyat va ma’naviyatning markaxi bo’lib kelganligi bilan
ajralib turadi.
O’rta Osiyoda tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk allomalar al-
Farg’oniy va al-Xorazmiylar nomi bilan bog’liqdir. Ularning har ikkovi ham