O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO–TEXNOLOGIYA
INSTITUTI
G.S.KELDIYOROVA, N.A.ABLAYEVA
O‘ZBEK TILIDA ISH YURITISH
TOSHKENT - 2009
Ariza
Meni________
lavozimiga ishga
qabul qilishingizni
so’rayman.
2
“O’zbek tilida ish yuritish” qo‘llanmasi ushbu fanning ishchi o’quv dastiri
asosida yaratilgan. Unda ish yuritishda zarur bo‘ladigan hujjat turlariga alohida
tavsif, izoh berilib, ularning har biriga namunalar keltirilgan. Shuningdek, munshaot
tili va uslubi masalalariga ham maxsus to‘xtalingan.
Qo‘llanmadan
davlat muassasalari, korxona va tashkilotlar xodimlari hamda
o‘quv yurtlari talabalari foydalanishlari mumkin.
Tuzuvchilar: f.f.n. G.S.Keldiyorova, N.A.Ablayeva
Taqrizchi: f.f.d. S.Muhamedova
Ushbu qo‘llanma ToshKTI «MvaKT» fakulteti ilmiy-uslubiy kengashining 2009-
yil 26-avgustidagi 1-sonli bayoni bilan muhokama etildi va nashrga tavsiya qilindi.
3
SO‘ZBOSHI
1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi
to‘g‘risida qonun e’lon qilinganligi ulkan tarixiy voqea bo‘ldi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’kidlanganidek, ta’lim-
tarbiyaning asosiy maqsadi «yuksak ma’naviy
va axloqiy talablarga javob
beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash»dir. Asosiy vazifamiz yuqori
malakali kadrlar tayyorlash ekan, bu kadr qaysi millat vakili bo‘lmasin, o‘zi
yashayotgan vatani, davlat tilini mukammal bilishi kerak.
Mustaqil
davlatimizda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqeyi tobora ortib borayotganligi, ish
yuritishda to‘liq davlat tiliga o‘tilayotganligi barcha mutaxassislarning
millatidan qat’i nazar, o‘zbek tilini puxta egallashlarini taqozo etmoqda.
Kishi o‘z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun tildagi uslublardan ham
xabardor bo‘lishi, kundalik so‘zlashuv
tilidan tashqari, rasmiy ish yuritish tilini
ham bilishi kerak.
Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan,
hajman va shaklan xilma-xil bo‘lgan hujjatlar katta-yu kichik mehnat
jamoalarining, umuman, kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib
turadi.
Qo‘llanmada ish yuritish hujjatlarining o‘ziga
xos xususiyatlari, turlari,
umumiy uslubiy tomonlari hamda idoraviy ish yuritish tili, shuningdek,
boshqaruv hujjatlarining zaruriy qismlari
va ularni rasmiylashtirish, blanka
(bosma ish qog‘ozlari) hujjatlari ko‘rsatildi. Shuningdek,
hujjatlarning
namunalari, har bir mavzudan so‘ng topshiriqlar, qo‘llanma oxirida bilimlarni
mustahkamlash uchun test topshiriqlari berildi.
Qo‘llanma kimyo-texnologiya instituti talabalari uchun ishchi o‘quv
dasturiga muvoviq tuzilgan.
Bundan tashqari, ish yuritish haqida ma’lumotga
ega bo‘lishni istaganlar ham foydalanishlari mumkin.