ANNOTATSIYA
Milliy qadriyatlar ajdodlarimiz
tomonidan yaratilgan, ming-ming yillar
davomida shakllanib, sayqal topib kelayotgan har bir xalqning o‘ziga xos belgisi
hisoblanadi va u xalqning o‘zligini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu
bois, yosh avlod tarbiyasida badiiy adabiyotda milliy ruhning ask etishi tadqiqi
muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy adabiyotda tasvirlanuvchi inson qalbi va
ongida ro‘y berayotgan evrilish va o‘zgarishlarning
sir-sinoatlarini, sabab-
oqibatlarini, ularning jamiyat ravnaqi va zamondosh kamolotidagi o‘rnini,
binobarin, shularni yuzaga chiqaruvchi yozuvchi mahoratini siyosat va mafkura
emas, umumbashariy, insonparvar mezonlar va milliy qadriyatlar asosida, badiiy
ijodiyotning ichki qonuniyatlariga asoslanib o‘rganish, tadqiq etish bugungi
adabiyotshunoslikning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib kelmoqda.
Ushbu bitiruv loyiha ishida O‘tkir Hoshimov asarlarida o‘zbek xalqining
qadimiy an’ana,
urf-odatlari, qadriyatlari tasvirida ijodkor mahorati xususida
nazariy fikrlar yuritilgan holda uni o‘qitishda ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish,
talabalar ongida bilim, ko‘nikma va malakalarni
singdirishda yangicha
yondashish usullari, qahramonlar ma’naviy dunyosida milliylik,
muallif ijodiy
niyatlarining badiiy tajassumini, obrazlar tizimi hamda milliy qadriyatlar, milliy
ruhiyat va milliy qiyofalar talqinini yaxlitlikda ochib berish, yozuvchi asarlari
orqali o‘zbek adabiyotining ayrim milliy o‘ziga xosliklarini ko‘rsatish kabi
masalalar to‘g‘risida mulohaza yuritilgan.
Bitiruv loyiha ishi 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili)
yo‘nalishi 2-bosqich bakalavr talabalariga “O‘zbek adabiyoti” fanini o‘qitishda
ta’limga
innovatsion yondashuv, ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar
mavzularini ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida samarali o‘rgatish
muammolarini yechishga qaratiladi.