|
Provizor a’zolar. Yo’ldosh
|
tarix | 11.12.2023 | ölçüsü | 79,09 Kb. | | #146734 |
| Kredit-modul tizimi, bu – taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayon hisoblanadi. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash - Kredit-modul tizimi, bu – taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayon hisoblanadi. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash
Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari
oʻquv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;
bitta fan, kurs (kredit)ningqiymatini aniqlash;
talabalar bilimini reyting bali asosida baholash;
talabalarga oʻzlarining oʻquv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;
taʼlim jarayonida mustaqil taʼlim olishning ulushini oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasining 2020-yil 31-dekabrdagi „Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonlarini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida “gi qarori asosida „Oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisida“ NIZOM tasdiqlangan. Mazkur Nizomda esa kredit-modul tizimiga oid asosiy tushunchalar berib oʻtilgan. - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasining 2020-yil 31-dekabrdagi „Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonlarini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida “gi qarori asosida „Oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisida“ NIZOM tasdiqlangan. Mazkur Nizomda esa kredit-modul tizimiga oid asosiy tushunchalar berib oʻtilgan.
GPA - GPA (Grade Point Average) – taʼlim oluvchining dastur boʻyicha oʻzlashtirgan ballari oʻrtacha qiymati boʻlib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
- GPA =K1U1+K2U2+K3U3…+KnUn : K1+K2+K3…+Kn ga tengdir.
- Bunda:
- K – har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori;
- U – har bir fan/modul boʻyicha talaba toʻplagan baho;
Kredit – taʼlim olish natijalariga koʻra talaba tomonidan muayyan fan boʻyicha oʻzlashtirilgan oʻquv yuklamasining oʻlchov birligi. Kreditlar qoidaga muvofiq butun, kasr sonlarda ifodalanishi mumkin; - Kredit – taʼlim olish natijalariga koʻra talaba tomonidan muayyan fan boʻyicha oʻzlashtirilgan oʻquv yuklamasining oʻlchov birligi. Kreditlar qoidaga muvofiq butun, kasr sonlarda ifodalanishi mumkin;
- Kredit toʻplash – taʼlim elementlarini oʻzlashtirish va boshqa yutuqlarga erishish natijasida taqdim etiladigan kredit birliklarini toʻplash;
Talabaning shaxsiy taʼlim trayektoriyasi – talaba tomonidan tanlangan hamda unga ketma-ketlikda bilimlar toʻplash va xohlagan kompetensiyalar yigʻindisiga ega boʻlish imkoniyatini beradigan yoʻnalish (marshrut). - Talabaning shaxsiy taʼlim trayektoriyasi – talaba tomonidan tanlangan hamda unga ketma-ketlikda bilimlar toʻplash va xohlagan kompetensiyalar yigʻindisiga ega boʻlish imkoniyatini beradigan yoʻnalish (marshrut).
- Oʻqish yuklamasi – talaba tomonidan oʻquv faoliyatining barcha turlari – maʼruza, amaliy mashgʻulot, seminar, laboratoriya ishi, kurs loyihasi (ishi), amaliyot va mustaqil ishni amalga oshirish asosida kutilgan oʻquv natijalariga erishish uchun zarur boʻlgan soatlar hajmi
E’tiboringiz uchun raxmat!
Dostları ilə paylaş: |
|
|