1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Ro‘yxatga olindi:
“Tasdiqlayman”
№
____________
2019-yil________
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
prof. A.Soleyev__________-
“___”________ 2019-yil
O‘ZBEK ROMANCHILIGI
FANINING
ISHCHI O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:100000 –Gumanitar soha
Ta’lim sohasi:120000 – Gumanitar fanlar
Ta’lim yo‘nalishi: 5120100– Filologiya va tillarni o‘qitish
(o‘zbek tili)
Samarqand – 2019
2
KIRISH
«O‘zbek
romanchiligi»
o‘zbek
adabiyotidagi
mavjud
romanlarning
badiiy-poetik
xususiyatlarini,
ularning
sujet
va
kompozitsion yaxlitligini o‘rganadi, salkam bir asrlik tarixga ega
bo‘lgan janr taraqqiyotini tahlil etadi.
Ularning kelib chiqishi tarixi,
genezisi, bir birlaridan farqli tomonlari, hozirgi davr
o‘zbek
adabiyotidagi roman janrining yutuq va muammolari, ijodkorlarning
o‘ziga xos uslubi kabilar to‘g‘risida ma’lumot beradi.
«O‘zbek romanchiligi» fanining ahamiyati bugungacha yaratilgan
romanlarning badiiyatini o‘rganish, orqali o‘zbek romanchiligining
kompozitsion yaxlitligini, undagi davr muammolarining aks etishini
o‘rganish jarayonida, jahon adabiyotidagi, bevosita roman janri
tarkibidagi badiiylikni, unda ilgari surilayotgan global muammolarning
talqinidan kelib chiqadigan tushunchalarni ymumlashtirish yo‘llari va
usullari haqidagi qarashlarni shakllantiradi. Badiiy asarlarning estetik
darajasini aniqlash, romanlardagi tasvirlangan adabiy qahramon va real
hayot kishisi o‘rtasidagi farqlarni ajratish kabilar haqida mustaqil
fikrlash imkonini beradi. Talabalar bu fanni o‘rganish orqali hozirgi
jarayonda yaratilgan asarlarning spitesifik belgilari, o‘zbek romanchiligi,
badiiy asarlarning tarkibiy qismlari, ijodkor uslubi, badiiy obraz, adabiy
qahramon ruhiyat talqini kabilar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Mazkur fan falsafa, tarix, etika va estetika, san’atshunoslik
yo‘nalishidagi fanlar bilan uzviy bog‘langan.