O„ZBEKISTON RESPU BLIK ASI O LIY VA O„RTA
MAXSUS TA ’L IM V A Z IR LIG I
ABU RAYHON BERUNIY N OM IDAGI
TO SHKENT DAVLAT TEXNIKA U N IV ERSITETI
UM UM IY G EO LOG IY A
fanidan 1-o„quv geologik
dala amaliyoti uchun uslubiy qo„llanma
Toshkent - 2016
1
UDK: 550.8:528
Toshm uxam edov B.T., Tulyaganova N.Sh.
“Umumiy geologiya”
fanidan 1-o„quv geologik dala am aliyoti uchun uslubiy qo„llanma. -
Toshkent: ToshDTU, 2016.
Talabalar fandan olgan nazariy bilimlari asosida 1-kursdan so„ng yoz
oyida bir oylik dala amaliyotini Burchmulla poligonida o„taydi.
Tog„ jinslari turli geologik hodisalar natijasida vujudga kelib taraqqiy
etadilar va nihoyat yemirilib joylarini o„zgartiradilar, ya’ni turgan joydan
boshqa bir joyga shamol, suv va boshqalar yordamida olib borib
yotqiziladi. Bu ko„rsatilgan tog„ jinslariga xarakterli omillar Burchmulla
nohiyasida keng tarqalgandir.
Uslubiy
qo„llanma
kon-geologiya
hamda
neft
hamda
gaz
fakultetlarining ixtisoslashgan kafedralari dasturlari asosida tayyorlangan.
Shuningdek «Geologiya, mineralogiya va petrografiya» kafedrasida
ishlagan ko„plab professor-o„qituvchilarning pedagogik tajribalari va
ilmiy-tadqiqot ishlar natijalari hisobga olingan.
Dastur 5311700-«Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va
razvedkasi» (qattiq foydali qazilmalar), «Foydali qazilma konlari
geologiyasi, qidiruv va razvedkasi» (neft va gaz konlari), 5311800-
«Gidrogeologiya
va
muxandislik
geologiyasi»
yo„nalishlarining
bakalavrlariga mo„ljallangan.
Abu
Rayhon
Beruniy
nomidagi
Toshkent
davlat
texnika
universitetining ilmiy uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlangan va nashr
etilgan.
T aqrizchilar:
A bduraxm onov А.А. - TDTU, “Foydali qаzilmа konlari gеоlоgiyasi vа
qidiruv ishlari” kаfеdrа mudiri, dоtsеnt, g-m.f.n.
J.B.Jamolov-O„zFA, Geologiya va geofizika institutining
bo„lim mudiri, g-m.f.n, dotsent.
2
I bob. K irish
Mamlakatimizda
mutaxassislar
tayyorlashning
sifatini
tubdan
yaxshilash, milliy istiqlol g„oyasiga sodiq, yetarli intellektual salohiyatga
ega, ilm-fanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mushohada
yurita oladigan shaxslarni tayyorlashga katta ahamiyat berilmoqda.
Hozirgi kun talabiga javob bera oladigan zamonaviy darsliklar va
qo„llanmalar chop etishga e ’tibor kuchaymoqda.
Hozirgi kunda hamma nazariy va amaliy mashg„ulotlarning o„zbek
tilida
olib
borilayotganligi
talabalarni
ixtisosliklar
fanlarini
o„zlashtirishlarida o„z samaralarini bermoqda. Shuning uchun o„zbek tilida
darsliklar, qo„llanmalar tayyorlash shu kunning talabi bo„lmoqda.
Respublikamizda
geologiya
sohasida
yetuk
mutaxassislarni
tayyorlashga katta e ’tibor berilmoqda. Shu maqsadda O„zbekiston
Respublikasi prezidenti I.A.Karimovning “Geologiya-qidiruv ishlarini
tashkil qilishni takomillashtirish, O„zbekiston Respublikasi Davlat
Geologiya
va
mineral
resurslar
qo„mitasi
faoliyatini
tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida”gi 2007-yil 17-yanvardagi
PF-568 raqamli qarori hamda O„zbekiston Respublikasi oliy va o„rta
maxsus ta’lim vazirligi va O„zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral
resurslar Davlat qo„mitasining “Geologiya sohasi uchun kadrlar
tayyorlashni takomillashtirish bo„yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini
tasdiqlash” to„g„risidagi 2007-yil 28-fevraldagi 36/55 raqamli qo„shma
qarori chiqarildi va ushbu qarordagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qo„llanma
Kon-geologiya
hamda
Neft
va
gaz
fakultetlarining
ixtisoslashgan kafedralari dasturlari asosida tayyorlangan. Shuningdek
«Geologiya, mineralogiya va petrografiya» kafedrasida ishlagan ko„plab
professor o„qituvchilarning pedagogik tajribalari va ilmiy-tadqiqot ishlar
natijalari hisobga olingan.
Geologiya grekchadan Geo - Yer, Logos - o„rganish demakdir, ya’ni
Yer haqidagi fandir. Geologiya yerning tarkibi, tuzilishi, rivojlanishi va
unda bo„ladigan har xil jarayonlarni o„rganadi. Hozirgi zamon geologiyasi
Yer po„stini paydo bo„lish qonuniyatlarini, uni tashkil etgan minerallar,
tog„ jinslari, hamda foydali qazilmalarni o„rganadi.
Yer qobig„i turli-tuman tog„ jinslaridan - granit, gneys, marmar,
ohaktosh, qumtosh va boshqalardan tashkil topgan. B a’zan ularning
qalinliklari yer qobig„ida bir necha o„nlab kilometrga yetadi. Shu tog„
jinslari esa minerallardan tashkil topgan. Shuning uchun ham yer qobig„i,
ya’ni uni tashkil qilgan tog„ jinslari va minerallar, ekzogen va endogen
jarayonlar geologik fanlar tomonidan o„rganiladi.
3
Minerallar kimyoviy elementlarning tabiiy birikmasi bo„lib, m a’lum
fiziko-kimyoviy sharoitda yer qobig„ining ichki yoki tashqi qismida hosil
bo„ladi. Ular m a’lum fizik xossa va tarkibga ega bo„ladilar. Hozirgi vaqtda
minerallarning soni 3000 ga yaqin bo„lib, turlari bilan hisoblaganda 4000
ga yaqin. Ular qattiq, suyuk (simob) va gaz holida uchraydi.
Yer qobig„ining tarkibi va tuzilishini bir qancha geologik fanlar
o„rganadi. Minerallarni mineralogiya, tog„ jinslarini petrografiya, qadimgi
hayvonot qoldiqlarini paleontologiya, yer qobig„i tarixini geologiya, yer
qobig„i harakatini tektonika, vulqonlarni vulkanizm va boshqa geologik
jarayonlarni bir qancha geologik fanlar o„rganadi.
Tog„ jinslari kelib chiqishiga qarab magmatik, metamorfik va
cho„kindiga bo„linadi.
Bir xil yoki turli minerallardan, boshqa jinslarning bo„laklaridan iborat
mustahkam yaxlit, zich yoki bo„shoq jism agregatlari tog„ jinslari deb
yuritiladi. Tog„ jinslari turli geologik hodisalar natijasida vujudga kelib
taraqqiy etadilar va nihoyat yemirilib joylarini o„zgartiradilar, ya’ni turgan
joydan boshqa bir joyga shamol, suv va boshqalar yordamida olib borib
yotqiziladi. Cho„kindi tog„ jinslari asosan dengiz tubida hosil bo„ladi. Ular
Yer qobig„ining tarixini aytib beruvchi eng muhim omillardan biridir. Tog„
jinslari hayvonot va o„simlik qoldiqlarini o„rganish natijasida quruqlik va
suvning o„tmishdagi chegaralarini, vulqon harakatlarini, tog„ hosil bo„lish
jarayonlarini, shuningdek foydali qazilma konlari va ular uchraydigan
joylarni aniqlash mumkin.
Nohiyaning orogidrografiyasi
O„quv geologik amaliyoti o„tkaziladigan nohiya O„zbekistonning
sharqiy qismida, Toshkent viloyati - Bo„stonliq nohiyasining Burchmulla
qishlog„ ida joylashgan.
Burchmulla qishlog„i Ko„ksuv va Chotqol daryolarining qo„shilish
qismida, Chorvoq suv omborining shimoli-sharqiy qismi dengiz sathidan
100 m, balandlikda joylashgandir.
Amaliyot nohiyani G„arbiy Tyan-Shanning tog„ tizmalari bilan
o„ralgandir. Bularga Korjontov, Ugam, Pskom va Chotqol tog„lari kiradi.
Tizmalarni daryo vodiylari bir-biridan ajratib turadi. Shimoliy-sharqda
Chotqol daryosining chap sohilidan Chotqol tizma tog„i ko„tariladi. Bu
tizmaning O„zbekistondagi baland cho„qqisi katta Chimyon (3309) va
Babaytog„ (3555) dir.
Korjontov G„arbiy Tyan-Shanning yirik tizmasidir. Tyan-Shan
xitoycha so„z bo„lib osmon bo„yi tog„lar demakdir. Tyan-Shan tog„
4
tizmalari orasida har yerda keng kotlovinalar (cho„kma) bordir. Bunga
Chorbog„ kotlovinasi misol bo„la oladi. Bu kotlovinalar tektonik harakatlar
natijasida tog„ oralig„ida yer qobig„ining cho„kishidan paydo bo„lgan.
Chorbog„ yoki Burchmulla kotlovinasi qadimgi geologik davrlardagi yirik
suv havzalarining qoldiqlaridir. Bunday havzalarga quyiluvchi daryolar
atrofdagi tog„larni sekin-sekin yemirib chuqur vodiylar, tor daralar hosil
qilgan. Tog„ vodiylari va daralar ko„proq tektonik yoriqlar o„rnida vujudga
kelgan. Daryo qattiq jinslardan tuzilgan tog„larni yemirib, ular orasidan tor
yo„l ochgan va tik qoyali yon bag„irlarni vujudga keltirgan. Shunday qilib
G„arbiy Tyan-Shan tog„lari oralarida Ugam, Pskom, Ko„ksuv, Chotqol,
Chirchiq kabi vodiylar hosil bo„lgan. Vodiy va kotlovinalar serunum yerlar
bo„lib, u yerlarda aholi zich yashaydi, shahar va qishloqlar ko„p. Vodiylar
ko„kalamzor, eng obod yerlardir.
Burchmulla kotlovinasini o„rab turgan tog„ cho„qqilarining yer
sathidan balandligi 1000-2200 m.
Chotqol daryosi Talas Olatog„i bilan tizmasi bir-biriga qo„shilgan
joydan boshlanadi. Uzunligi 220 km, uning quyi qismigina Chirchiq
Oxangaron nohiyasiga qaraydi. Uning quyi qismi bir qancha terrasali keng
vodiydan oqadi. Chotqol daryosi asosan qor, qisman muz suvlaridan
to„yinadi. Chorbog„ suv omboriga o„ng tomondan Ko„ksuv daryosi
quyiladi. Uning suvi nomiga mos ravishda ko„m-ko„k musaffodir.
Bo„stonliq nohiyasida Arktika o„simliklaridan tortib to subtropik
mamlakatlarda o„sadigan pista, bodom va ziralar uchraydi. Nohiya relyefi
past va balandliklardan tashkil topganligi uchun undagi o„simliklar ham
pastdan yuqoriga qarab o„zgarib boradi. Pastdan yuqoriga qarab
o„simliklar qalinlashib olma, olcha, yong„oqlar uchray boshlaydi. O„tlar
orasida qimmatli dorivor giyohlar ko„plab uchraydi. Tog„ tizmalarining
yuqori qismlarida archa o„sadi.
Tog„ tizmalari hayvonot dunyosiga ham boy. Yaylov va o„rmonlarda
jonivorlar va qushlar ko„plab uchraydi. Qoya toshlar orasida kaklik,
qorayaloq, tosho„rdaklar ko„p uchraydi. Tyan-Shan tog„ tizmalarining
yuqori qismlarida tog„ echkilaridan tortib qoplon, arslongacha uchratish
mumkin. Tiniq muzdek suvlarida marinka va osmon baliqlari, soylar
qo„shiladigan yerlarda sazan balig„i uchraydi.
Nohiyaning geografik o„rni va relyefining tuzilishi uning iqlimiga katta
ta’sir etadi. Iqlim nohiyaning janubi-g„arbiy tekislik qismida quruqroq,
shimoli-sharqiy tog„lik qismida namroqdir. Yozda havoning harorati
40°Cga ko„tarilishi mumkin. Chirchiq-Oxangaron vodiysida yoz bilan qish
harorati orasidagi yillik farq ham kam, kunduzgi va tungi haroratlar farqi
5
ham ancha katta. Nohiyaning iqlimi umuman kontinental iqlim. Yo g„in
miqdori tekislikdan toqqa tomon oshib boradi. Toshkentda bir yilda 367
mm yog„in bo„lsa, Pskom qishlog„ida 800 mm. Yozda ob-havo o„zgarmay
bir xil bo„lib turganda tog„-vodiy shamoli esib turadi. Shamol kunduz kuni
vodiydan tog„ tomonga, kechasi tog„dan vodiyga qarab esadi. Ajoyib tog„
havosi, salqin yoz, qorli qish Bo„stonliq nohiyasida dam oladigan joylarni
bunyod etishga imkon beradi.
Ugam-Chirchiqning yirik irmoqlaridan biri. Uning uzunligi - 70 km.
Daryo Korjontov va Ugam tizmalari orasidan oqib o„tadi. Tog„ Chorbog„
darasida Chorbog„ to„g„oni va GES qurilgan. To„g„ondan yuqorida
Chorbog„ suv ombori bunyod etildi. Gidrouzel to„g„onining balandligi 170
m.dir. «Chorbog„ dengizi» maydoni 37 km . Suv ombori atrofi aholining
hordiq chiqaradigan joyiga aylanib bormoqda.
1 - rasm
Chorbog„ suv om bori
II bob. B urchm ulla nohiyasining qisqacha tabiiy geografik tavsifi va
m aydonda olib borilgan tad q iq o tlar tarixi
6
Burchmulla yon atrofidagi amaliy mashg„ulotlar olib boriladigan
maydon, Chotqol tizmasining shimoli-sharqini, Pskom tizmalarini o„z
ichiga oladi. M a’muriy nuqtai nazardan maydon Toshkent viloyatining
Bo„stonliq nohiyasida joylashgan.
Aholi yashaydigan qishloqlar Chotqol va Pskom daryolari vodiysida
joylashgan. Ular qatoriga Bo„stonliq, Chorvoq, Burchmulla, Nanay va
Yakkatut kiradi. Ular o„zaro va Toshkent
shahri
bilan asfaltlangan
avtomobil yo„llari orqali bog„langan.
Ugam, Pskom, Chotqol kabi tog„ tizmalari, asosan, shimoli-sharqiy
yo„nalishida joylashgan. Katta Chimyon eng baland tog„ cho„qqisi
hisoblanadi (3200m). Tog„ tizmalarining yon bag„irlari nihoyatda tik,
intruziv metamorfik jinslardan tuzilgan bo„lib, karbonat tog„ jinslari
tarqalgan maydonlarda karst g„orlarini uchratish mumkin. Tizmalarning
suv ayirg„ichlari daryo o„zanlaridan 200-300m, ba’zilari esa 1000m
balandroq. Tizmalar janubi-g„arb tomon pasayib, mezazoy va kaynozoy
yotqiziqlari nurash natijasida yemirilgan tog„ jinslarining bo„laklari bilan
qoplangan. Tog„larning shimoliy yonbag„irlarida mayda muzliklarni
uchratish mumkin.
Nohiyaning eng asosiy daryosi Chirchiq bo„lib, Chotqol, Pskom va
Ko„ksuv daryolarining qo„shilishi natijasida paydo bo„lgan. Bu daryolar
Talas Olatov muzliklaridan boshlanib, yo„llarida tor va chuqur daralarini
kesib, Burchmullaning g„arbida Chorvoq suv omboriga quyiladi. Suv
omborining umumiy hajmi 2000 mln.m , bundan foydali suv sig„imi 1580
о
mln.m , eni ayrim joylarida 10 km gacha yetadi, suv yuzining sathi 40
km2. Chirchiq daryosining boshlanish qismiga Chorvoq gidrouzeli,
Chotqol va Ugam tog„lari orasiga esa to„g„on qurilgan. Uning uzunligi 768
m, balandligi 168 m, eng yuqori qismining eni 12 m. To„g„on ustidan
avtomobil yo„li qurilgan. To„g„onga Chorvoq GESni suv bilan ta’minlash
uchun uzunligi 800 m va diametri 11 m bo„lgan ikkita tunnel qurilgan.
Suv oqimining hajmi ko„payib ketganda suvni chiqarib yuborish uchun
shaxtali va ikki qavatli suv tashlagichdan foydalaniladi. Shaxtali suv
о
о
tashlagichdan sekundiga 1200m , II qavatdan 450 m , GES agregati orqali
о
500 m suv oqib chiqishi mumkin. Chorvoq suv ombori Toshkent
vohasidagi 500 ming ga yaqin yerni suv bilan ta’minlashi mumkin.
Tizmalarning pastki iqlim sharoiti, asosan, tog„larning baland pastligi,
yerning yuzasi va tog„ yonbag„irlariga bog„liq. Maydonning eng baland
qismlarida qish qorli, sovuq, yoz esa iliq va quruq o„tadi. Nohiyada
uchraydigan o„simliklar o„zlarining rang barangligi bilan ajralib turadi.
2000 m balandlikda ko„m-ko„k yaylovlar, undan pastroqda esa archazor,
7
butazorlar tarqalgan. Asosiy aholisi o„zbeklar, tojiklar, qozoqlar bo„lib,
chorvachilik, dehqonchilik va bog„dorchilik ishlari bilan shug„ullanadi.
Chotqol,
Pskom
tog„larining
geologiyasini
o„rganish
tarixida
to„rtlamchi davrni belgilash mumkin.
Birinchi ilk o„rganish davri o„tgan asrning 70-80 yillaridan 1917-yil
orasidagi vaqtni o„z ichiga olgan va Chotqol - Qurama regionining
birinchi tadqiqotchilari N.V.Mushketov, G.D.Romanovskiy, V.I.Veber
kabi olimlarning nomi bilan bog„liq bo„lgan. Bu tadqiqotchilarning ishlari
natijasida nohiyaning birinchi mayda masshtabli geologik xaritasi tuzilgan.
Geologik tekshiruvlarning ikkinchi bosqichi asrimizning 20-yillaridan
50-yillarining orasidagi davrga to„g„ri keladi. Bu davrda mayda masshtabli
geologik xaritalash va qidiruv ishlari olib borilgan. 1:500000 li masshtabda
geologik xaritalash natijasida A.E.Adelung, E.V.Ivanov va N.M.Sinit-
sinlarning «O„rta Osiyoning geologik xaritasi» nashr etilgan. 1932-1934-
yillarida Yu.A.Skvortsov boshchiligida Pskom va Chotqol daryolari
vodiylarida olib borilgan geomorfologik tekshiruvlar natijasida hozirgi
zamon
tektonik
harakatlari
mavjudligi
aniqlanadi.
1938-yilda
V.I.Popovning «G„arbiy Tyan-Shanning cho„kma va ko„tarilmalari tarixi»
nomli kitobi chop etildi. 300-yillarda A.S.Uklonskiy, I.M.Efimenko va
boshqalar boshchiligida bir qator qazilma boylik konlari ochildi
(Obiraxmat, Burchmulla, Chavata, Kumushkon, Miskon).
Geologik tekshiruvlarning uchinchi davri 1955-70-yillariga to„g„ri
keladi. Bu davrda Z.S.Rumyantseva, N.P.Adelung, Z.P.Artemova,
V.Kolesnik, O.I.Kim, Doronkinlar 1:200000 li masshtabda geologik
xaritalash ishlarini olib borganlar. Undan tashqari Chotqol geologik
ekspeditsiyasi nohiyada rejalashtirilgan tarzda, yirik masshtabli xaritalash
ishlari
olib
boradi.
Bu
izlanishlarida,
ayniqsa,
A.A.Agafonov,
V.N.Kolesnik, M.Xalikovlarning xizmatlari e ’tiborga ega. Shu bilan
birgalikda nohiyada yirik olimlari H.M.Abdullaev, M.O.Axmadjanov,
R.N.Abdullayevlarning geologiya sohasidagi nazariy tadqiqotlari g„oyat
salmoqlidir. H.M.Abdullayevning «Дaйки и oрудeнeниe» (1957),
M.O.Axmadjanov, R.N.Abdullayev, O.M.Borisovlarning «Тeктoникa
дoмeзoзoйскиx oбрaзoвaний Срeдиннoгo и Южнoгo Тянь-Шaня»
(1979) nomli kitobi va 1981 -yilda O„zbekistonning 1:500000 li
masshtabdagi geologik xaritasining chop etilishi Chotqol - Qurama
regionini o„rganishda muhim ahamiyatiga egadir.
Geologik
o„rganish tarixining
yakunlovchi
davri
70-yillardan
boshlanadi. Bu davrda qidiruv va alohida tadqiqot ishlari olib borilishi,
yangi qazilma boyliklarini aniqlashda muhim rol o„ynaydi. Yirik,
8
umumlashtirilgan ishlar qatorida quyidagilarni ko„rsatish mumkin:
Гeoлoгия Рeспублики Узбeкистaн (1972), Гeoлoгичeскaя KapTa
Рeспублики Узбeкистaн (1980), KapTa M arnarrnecK ^ кoмплeксoв
Рecпублики Узбeкиcтaн (1984) va boshqalar.
III bob. Nohiyaning geologik tuzilishi
Nohiyaning stratigrafiya
O„rganilayotgan maydonda arxey-proterazoy, paleozoy, mezazoy va
kaynazoy yotqiziqlari tarqalgan. Birinchi ikki guruh jinslari orogen
viloyatlarni, ikkinchilari esa, tog„lararo cho„kma va tog„oldi botiqliklarini
tashkil etadi.
Arxey quyi proterazoy guruhi - PRi
Chotqol - Qurama regionining bu davrga taaluqli bo„lgan va eng
qadimgi hisoblangan tog„ jinslari Kosson va Ters vodiysida uchraydi. Ular
asosan zonaning Qurama qismida joylashgan.
Teraksoy svitasi - A R - PR i tr.
Bu svitaga tegishli yotqiziqlar Ishtomberdi daryosining quyi oqimi va
Chapchama dovoni atrofida tarqalgan va shu nomli braxiantiklinalning
yadrosida yuzaga chiqqan. Svitaning ostki qismi gneys, magmatit va
granat - biotit - kvarsli slaneslardan, ustki qismi esa oq, och kulrang yirik
kristalli marmarlardan iborat. Qalinligi - 250-340m.
Semizsoy svitasi - PR 2-3 Sm
Semizsoy svitasi yotqiziqlari Kossonsoy antiklinalining yadrosini
tashkil qiladi. Ko„pgina uzilmalar ularni bo„laklarga ajratgan va shu bilan
birgalikda yuqori proterazoy diorit, amfibolitlarini yorib o„tgan. Svitaning
tarkibi: kvars-biotitli slaneslar, diorit, gneys, slyudali qumtosh va
kvarsitlardir. Qalinligi - 3000-3500m.
U zunbuloq svitasi - R 3 JZ
Bu svita yotqiziqlari Pskom va Sandalash tizmalarida tarqalgan bo„lib,
Chotqol daryosi boshlari va Qoraqasmoq - Sandalash daryolari orasida
9
ayrim bloklar sifatida yuzaga chiqqan. Ular asosan kulrang, ko„kimtir
kvarsli qumtosh, gravelitlardan iborat bo„lib, orasida esa mayda chaqindili
konglomerat va ohaktoshlarning linzalari uchraydi. Svitaning yuzaga
chiqqan qalinligi 600m.
Shorasuv svitasi - Vshr
Shorasuv svitasi Bo„g„ilibuloq, Qoraqasmoq daryolarining o„zanlari va
Beshtorsoy atroflarida uchraydi. Yotqiziqlar, asosan, quyidagicha:
tillitsimon konglomerat, qumtosh, alevrolit va slaneslar. Qalinligi - 700
800m.
Uzunbuloq va Shorasuv qatlamlarida hayvonat qoldiqlari topilmagan,
lekin Katta Qoratov va Katta Norin kesmalariga asoslanib, uzunbuloq
svitasining yoshi yuqori rifey, shorasuv svitasi esa vend deb hisoblanadi.
Paleozoy guruhi - Pz
Paleozoy erasining yotqiziqlari Chotqol va Qurama zonalarida bir-
biridan tarkibi, tuzilishi bilan tubdan farq qiladi. Quyida, asosan Chotqol
tektonik zonasining stratigrafik tasviri bayon qilinadi.
Paleozoy yotqiziqlari, asosan Sandalash, Pskom va Maydontol
tizmalarida keng tarqalgan.
K em briy - O rdovik sistemasi - G - Q
Q oraqum seriyasi- Gr Q2
Tarkibi va stratigrafik hajmiga ko„ra, bu seriya aniq ikki svitaga bo„linadi:
bo„g„ilibuloq (G1 - Q2) va jayaktor (Q 1 - Q 2). Bo„g„libuloq svitasi
Sandalash tizmasidagi Bo„g„libuloq, Shorasuv, Sandalash daryolari
vodiysida aniqlangan. Pskom tizmasida svita kesmasini qisqa ko„rinishini
uchratamiz.
Tasvirlanayotgan yotqiziqlarning ostki qismi ko„mir-kremniyli, ko„mir-
gilli,
karbonat-gilli,
gilli-slaneslardan,
yuqori
qismi
esa kulrang
ohaktoshlardan iborat. Qalinligi 100-500m.
Jayaktor svitasi Pskom antiklinoriysining qanotlarida va Sandalash
tizmasi atrofida keng tarqalgan. Tarkibi ko„mir-gilli, ko„mir-kremniyli,
yashmasimon kremniyli slaneslardan iborat. Qalinligi 10 - 130m.
10
Seriyada ko„ksuvboshi (Q2) va chiralma (Q13) nomli alohida ikki svita
ajraladi. Ko„ksuvboshi svitasi, asosan, kulrang, ko„kimtir polimikt
qumtosh, alevrolit va gilli slaneslar bilan tasvirlanadi. Pskom tizmasida esa
svita tarkibida muhim rolni massiv rifogen ohaktoshlar o„ynaydi.
Svitaning fauna qoldiqlari bilan tasvirlangan to„liq kesmasi. Ko„ksuv
daryosining yuqorilarida aniqlangan. Bu yerda yotqiziqlarning qalinligi
100-120m.
Chiralma svitasi Chiralma va Bodoq daryolari vodiysida qumtosh, gilli,
qizil, yashmasimon, ko„mir-gilli slanes va alevrolitlardan iborat. Svitaning
qalinligi 200-350m.
A yutor svitasi - O3at
Bu svita yotqiziqlari nihoyatda qalin terrigen kompleksdan tuzilgan.
Ehtimol, ular alohida-alohida svitalardan tashkil topgan bo„lishi mumkin,
lekin svitani bo„lishiga yetarli dalillar hozircha yo„q.
Ayutor svitasi Pskom va Sandalash tizmalarida keng tarqalgan
(Chavata soy, Nanay qishlog„ining janubi, Ko„ksuv daryosining chap
qirg„og„i)
Svitaning quyi yotqiziqlari 450-500 m qalinlikda bo„lib,
ko„kimtir, kulrang, qora har xil zarrali qumtosh, alevrolit va alevralitli
slaneslardan iborat. Pskom tizmasi va Sandalash tizmasining janubi-
sharqida Ayutor svitasi orasida konglomerat gravelit linzalari uchraydi.
Svita yotqiziqlarining yuqori qismi (500m) Flishsimon bo„lib,
qumtosh, alevrolit va gilli slaneslardan tashkil topgan. Beshtor soyi va
Ko„ksuv
daryosining
yuqorilarida
svitaning
quyi
qismidagi
konglomeratlarda karadok yarusiga tegishli. Cotenipora sp, Estonia ex qn.
Lamelosa hiaer faunalarining qayta yuvilgan nusxalari uchraydi. Svitaning
qalinligi 1100 m
Devon sistemasi-D
Yuqori devon - D3
Fran yarusi - f
Tulkibosh svitasi - tb
O„rganilayotgan
regionda
frank
asridan
boshlab,
tektonik
harakatlarning qayta jonlanishi kuzatiladi. Bu harakatlar viloyatning
intensiv va uzoq vaqt davom etgan botishi, dengiz bostirib kelishi va
yuqori devon - quyi toshko„mir davri karbonat formatsiyasi to„planishi
bilan ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: |