Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 29,25 Kb.
səhifə1/13
tarix24.04.2022
ölçüsü29,25 Kb.
#86005
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O\'rmon sanoati


Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” yo‘nalishi 20/2 guruh

O‘rmon sanoati xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini yog’och bilan ta’minlaydi. Yog‘ochni qayta ishlash orqali taxta materiallari, qurilish detallari, fanera , yog’och-tolali plitalar, mebel, gugurt, selluloza, qog’oz, karton, spirt, uksus sirkasi, spikidar, kanifol va boshqa muhim mahsulotlar olinadi. Ko‘pchilik mamlakatlarda o’rmon resurslarining qisqarishiga qaramasdan, jahon moddiy balansida yog‘ochning ulushi ancha yuqori.

Yog‘och – shunchalik qimmatli va universal materialki, uni shaxta-larda qurilish va qotirishda foydalanish oqilona emas. Yog‘ochni tejab ishlatish, qurilish sohasida mineral va sinetik qurilish materiallaridan kengroq foydalanishni taqozo etadi.

Yog‘ochning, ayniqsa, o‘rmon sanoatining ahamiyati ancha yuqori. Jahonda yog‘ochdan keng miqyosda foydalaniladi va unga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Bunday holat o‘rmon boyliklariga tejamli muno-sabatda bo‘lishni taqozo etmoqda.

Qarag‘ay va tilog‘och (listvennitsa – ignabarglilarga mansub daraxt) kabi daraxtlar qurilish va taxtatop material sifatida juda qadrlanadi. Qa-rag‘ay paxta-selluloza va qog‘oz ishlab chiqarish uchun qimmatbaho xomashyo hisoblanadi. Kedr yog‘ochi qalam va musiqa asboblarini ishlab chiqarishda betakror materialdir ( kedr – shuningdek, qimmatli mevali daraxt hamdir). Kengbargli daraxtlar ham ko‘p qo‘llaniladi. Kengbargli, ayniqsa, maydabargli daraxtlarni (va boshqa past sifatli yog‘ochlarni) to‘liq qayta ishlash o‘rmon sanoatining muhim vazifalari-dan biridir.

O‘rmon sanoati yog‘ochni tayyorlash va tashish, shuningdek, uni qayta ishlash bilan bog‘liq bir qator tarmoqlarni o‘z ichiga oladi. Yo-g‘ochni qayta ishlashda mexanik va kimyoviy usullardan foydalaniladi. Yog‘ochni mexanik qayta ishlashning muhim tarmoqlariga yog‘och kesish, qurilish detallarini, fanera, gugurt, mebel, qog‘oz ishlab chiqa-rish uchun yog‘och massasini ishlab chiqarish va boshqalar kiradi.


Yüklə 29,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə