Геологик ҳодисалар



Yüklə 33,51 Kb.
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü33,51 Kb.
#182467
  1   2
Endoekogenentik va ekozogen o\'zgarishlarga ta\'rif bering.


www.arxiv.uz

Reja:
1. Geologik hodisalar haqida.


2. Endogen geologik hodisalari.
3. Ekzogen geologik hodisalari.
4. Yerning ichki energiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan tektonik hodisalar.
5. Tog‘ jinslarining dislokatsiyasi.
6. Seysmik hodisalar.
7. Magmatizm, vulkanizm, metomorfizm haqida tushunchalar.


Tabiatda uchraydigan tog‘ jinslarining kimyoviy va fizik kuchlar tahsirida paydo bo‘lish jarayoniga geologik hodisalar deyiladi. Yerning ichki va sirtqi qatlamlarida o‘zaro munosabatdagi ichki va tashqi kuchlar tahsirida uzluksiz geologik hodisalar sodir bo‘lib turadi. Geologik hodisalar ikki xil bo‘lib, ular endogen va ekzogen hodisalarga bo‘linadi. Endogen hodisalar yerning ichki dinamik kuchlari – katta bosim va yadroning yuqori temperaturasi tahsirida kelib chiqadi. Ular tashqi muhitga kamdan-kam bog‘liq bo‘ladi. Ekzogen hodisalar yerning sirtqi qismida bo‘lib, ko‘pincha tashqi dinamik kuchlari kam bosim va past temperatura tahsirida vujudga keladi.
Endogen hodisalari yerning relg‘yefini (qiyofasini: materik, tog‘lar, okean, chuqurliklarni), tektonik dislokatsiyalangan tog‘ jinslarining yotish shaklini, magmatik va vulkanik otilib chiqqan tog‘ jinsla-rining joylashishini, yer sirtining xarakatlanishini, shu jumladan yer qimirlash hodisalari natijasidagi o‘zgarishlarni va litosferaning oldingi xolatining buzilishini vujudga keltiradi.
Ekzogen hodisalar quyosh energiyasining kuchli oqimi tahsirida yer sirtida har xil tashqi dinamik o‘zgarishlarning ro‘y berishi oqibatida sodir bo‘ladi. Yahni bu o‘zgarishlar suv va havo massalarining uzluksiz bir joydan ikkinchi joyga oqib o‘tishi, jismlarning kimyoviy va fizik xolatining o‘zgarishi natijasida nurashi, yemirilishi va ularning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilib yotqizilishi kabi o‘zgarishlar ekzogen hodisalarga kiradi. Ekzogen hodisalari tashqi omillarning hal qiluvchi roliga qarab klassifikatsiyalanadi: yer sirtidagi oqar suvlar-ning, muzliklarning, dengiz to‘lqinlari va oqimi hamda yer osti suvlarining faoliyati natijasida ro‘y beradigan geologik hodisalar, tirik organizm va insoniyat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlarga bo‘linadi.

Yüklə 33,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə