Guruh: 40. 22 Tuzuvchi: Sulaymonov Ahrorbek



Yüklə 28,96 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix30.12.2023
ölçüsü28,96 Kb.
#166847
Презентация PPT (2)



ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
NEFT VA GAZ FAKULTETI
TAQDIMOT
Guruh: 40.22
Tuzuvchi: Sulaymonov Ahrorbek
Rahbar: Norqulov Shahboz


1
Mavzu: Neft bera olishlik usullari
Reja:
1. Neft va gaz bera olishlik to'g'risida tushuncha.
2. Qatlamga suv haydash turlari.
3. Komponent bera olishlik.
4. Uyumlarga ta'sir etishning zamonaviy usullari.


2
Neft va gaz bera olishlik to'g'risida tushuncha.
Neft va gaz uyumlarini ishlatishning samaradorligi, bu uyumdan jami olingan mahsulot
miqdori yoki neft va gaz bera olishlik koeffitsienti orqali belgilanadi. Umumiy tarzda uyumning
neft beraolishlik koeffitsienti quyidagicha hisoblanadi:
bu yerda: - olinishi mumkin bo'lgan zahira;
- ujumda neftning balans zahirasi;
Har bir holat uchun ham neft bera olishlik koeffitsientini hisoblash mumkin:


3
Neft bera olishlik koeffitsienti bir birlikda yoki foizda hisoblanadi.
Neft beraolishlikni oshirish usullarini quyidagicha tasniflash mumkin:
A. Qatlamning harakatlantiruvchi kuchlariga ta'sir 'etish usullari:
1. Qatlamga suv haydash 2. Qatlamga gaz hajdash
B. Qatlamning harakatlantiruvchi kuchlari va neftning fizikaviy hossalariga ta'sir etish
usullari:
1. Qatlamga issiq suv haydash. 2. Qatlamga isitilgan bug' haydash.
3. Neft qatlamini gazlashtirish. 4. Vakum jarayon.
C. Qatlam quduq tubi qismining fizik hossalariga ta'sir etish usullari:
1. Kimyoviy usullar. 2. Fizik usullar.
D. Konlarni shahta usulida va gorizontal quduqlar yordamida ishlatish.
1. Shahta usuli. 2. gorizontal quduqlar usuli.
E. Jadallashgan usulda sujuqlik olish usuli.


4
A
B
C
D
E
F
1-rasm. Qatlamga suv haydash turlari


5
Komponent bera olishlik
Qatlamlarning neft, gaz va kondensat bera olishlik qobiliyatini oshirish olimlar va ishlab
chikarish korhonalari hodimlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Har xil konlarning
ishlash zjarayonini o'rganish natijasida unumdorlikni oshirishning nazariy va amaliy masalalarini
hal etishi mumkin. Qatlamning har hil qismida joylashgan mahsulotni bir me'yorida olish
maqsadida neft - suv tutash yuzi chegarasini bir xil siljishini ta'minlash orqali yaxshi natijaga
erishish mumkin. Qatlamning neft, gaz va kondensat bera olishlik qobiliyatini oshirishning
quyidagi turlari mavjud:
a) birlamchi usul konlar ishlatilishidagi quduqlardan favvora sharoitida neft olishning tugash
davrigacha mos keladi;
b) ikkilamchi usullar - qatlamdagi qoldiq neftni olishga 
mo'ljallangan. Ikkilamchi usulni quyidagicha amalga oshirish mumkin. 
Qatlamni f lyuid berish qobiliyatini oshirish maqsadida qatlam bosimini saqlab turish uchun
qatlamga sovuq yoki issiq suv, bug', gaz hajdaladi. 
Shuningdek har hil mitselljar eritmalar, S 0 2 gazi, polimerlar va ishqorlar ham ishlatiladi.


6


7
Umumiy holda qatlamga suv hajdash turlari qujidagicha:
neft - suv tutash yuzi chegarasining tashqi qismiga suv haydash (1.- A rasm)
Bu holda quduqlar neft - suv tashki chegarasidan ma'lum bir masofada (200 - 300m-gacha)
joylashgan bo'lib, haydaladigan suv chekka yoki qatlam osti suvlarining bosimini oshiradi, yoki
saqlab turadi;
Neft - suv chegara yoniga suv haydash ( 1.- B rasm ).Bu holda suv haydaladigan quduqlar
bevosita neft bilan chegarasi yonida joylashtiriladi;
Chegara ichiga suv haydash (1.-C rasm). Bunda neft bilan egallangan majdon suv
haydaladigan quduqlar orqali bir necha alohida qismlarga bo'linadi;
- neft bilan egallangan maydonda suv haydaladigan quduqlar bir me'yorda joylashtiriladi (1.-D
rasm). Bu holda quduqlar to'rt, besh, yetti va to'qqiz nuqtali shema usulida joylashishi mumkin;
- shuningdek, suv haydaladigan quduqlar maydon o'qi bo’jicha 
joylashishi mumkin (1 .-E rasm).


8
Umuman, suv haydaladigan quduqlarni joylashtirishning yana boshqa bir necha usullari bor.
Qatlam bosimini saqlash yoki uni oshirish maqsadida haydaladigan gaz asosan gaz do'ppisiga
haydaladi. Bu holda gaz haydaladigan quduqlar asosan qatlam gumbaziga joylashtiriladi.
Qoldiq neftni olish maqsadida qatlamga yoki quduq ostki qismiga issiqlik orqali ta'sir etish
usullari qo'llaniladi. Bularga qatlam ichidagi sizuvchi alanga o'chogini hosil kilish, issiqlik
chiqaruvchi kislotalar orqali ta'sir ko'rsatish, elektr isitgichlar yordamida isitish 
kabilar kiradi.
Uyumlarga ta'sir etishning zamonaviy usullari.
Yakuniy neft bera olishlikni oshirishga yo'naltirilgan uyumlarga ta'sir etishning zamonaviy
usullarini uchta guruhga bo'lish mumkin:
1. Qatlamga haydaladigan suvning neftni yuvish hossalarini yahshilash;
2. Neft qatlamlariga issiqlik usullari bilan ta'sir etish;
3. Neftni u bilan aralashuvchi sujuqliklar yoki gazlar bilan siqib chiqarish;
Tog' jinslari zarrachalarining yuzasi neftga nisbatan suv bilan yaxshi ho'llansa, ular "gidrofil tog'
jinslari", suvga nisbatan neft bilan yaxshi ho'llansa "gidrofob tog' jinslari" deyiladi.


9
Qatlam g'ovaklaridan neftni suv bilan siqib chiqarish jarayonida suv neft o'rnini egallaydi. Lekin
g'ovaklarda va tog' jinslari zarrachalarida yuza kuchlari ta'sirida neft tomchilari va 
plenkalari qolib ketadi. Qoldiq neftni esa neft - suv tutash yuzasidagi sirt- taranglik kuchini
pasajtirish natijasida yuvish mumkin.Shuning uchun neft - suv tutash yuzasidagi sirt - taranglik 
kuchini kamaytirish maqsadida bir qator sirt faol moddalari qo'llaniladi. Sirt - faol moddalari
sifatida sulfanol, kaustik soda, OP reagenti va bir qator ishqoriy yuvuvchi moddalar ishlatiladi.
Uyumlarga issiqlik usullari bilan ta'sir etish natijasida uyum tog' jinslari va ularga joylashgan
suyuqlik isitilishi natijasida neft qovushqoqligi pasayadi va neft tog' jinsi yuzasida sirt taranglik
kuchi hamda adsorbsion kuchlar kamayadi. Natijada g'ovaklardan neftni siqib chiqarish ancha
yengillashadi.
Issiqlik usullarini ikkiga bo'lish mumkin.
1. Qatlam ichra yonuvchan siljuvchi o'choq yushtirish
2. Qatlamga issiq suv, bug' va boshka issiqlik yetkazuvchi 
moddalar haydash.


10
Birinchi holatda chuqurlik isitkich uskunasi yordamida quduq tubi qizdirilib juqori haroratli
zona tuziladi. Enish o'chog'ini hosil qilish uchun turli chuqurlik ('elektr yoki gaz) isitkichlari
qo'llaniladi.
Quduq tubi isitilgach, neft alangalanishi uchun quduqqa ojizlangan agent beriladi va
boshlang’ich yonish o'chogi qo'zgatiladi. Ojizlangan agent sifatida havo, havo va tabiiy gaz
aralashmasi, kislorodga boyitilgan havo va boshqalar ishlatiladi.Oksidlanuvchi agentning
muntazam berilishi natijasida yonuvchan o'choqning oksidlanuvchi oqim yo’nalishiga qarab
harakati boshlanadi. Yonuvchan o'choq 'ekspluatatsion quduqqa nisbatan harakatlanganidan
so'ng yondiruvchi quduq faqat hajdovchi sifatida xizmat qiladi.Qatlamda yonish natijasida katta
issiqlik ajralib neft isitiladi va haydaladigan havo bosimi ta'sirida 'ekspluatatsion quduqqa
nisbatan harakat qila boshlaydi.Qatlamga katta hajmda issiq suv haydalsa isitilish zonasi 
ancha masofaga tarqaladi.
Harorat ortishi neft qovushqoqligini kamaytirish, molekulyar_x0002_yuza kuchlarining
o'zgarishi va qatlam suyuqliklarining hajmini oshirishga olib keladi.Bu omillarning hammasi
umumiy natijada qatlam neft bera olishiligini oshirishga sabab bo'ladi.


11
Neftni u bilan aralashuvchi eritmalar yordamida siqib chiqarishda ular orasida chegara hosil
bo'lmaydi.Shu asosda g'ovakli muhitdan neftni siqib chiqarishning quyidagi yangi usullari ishlab
chiqilgan:
1. Neftni suyultirilgan gazlar bilan siqib chiqarish (8 Mpa dan 
yuqori bosimda).
2. Neftni boyitilgan yoki yog'li yo'ldosh gaz bilan siqib chiqarish 
(14 MPa dan yuqori bosimda).
3. Neftni yuqori bosimli quruq gaz bilan siqib chiqarish (21MPa 
dan yuqori bosimda).


12
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Neft va gaz ishi” yo’nalishining “Neft va gaz ishi asoslari” darsligi B.Aktamov

Yüklə 28,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə