Gutters ustunlar orasidagi masofani belgilab beradi



Yüklə 7,18 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü7,18 Kb.
#134576
bootstrap-classes


  • Gutters - ustunlar orasidagi masofani belgilab beradi

  • Floating labels - Bootstrap 5 yordamida input maydonlarida suzib yuradigan (floating) yorliq (label) yaratish mumkin\

  • Form layout - Bootstrap 5 yordamida form elementlarimiz uchun turli xil layout yaratish imkoniyati mavjud

  • Validation - foydalanuvchi tomonidan forma to'ldirilayotganda to'g'ri yoki noto'g'ri qiymat

  • kiritilganligi haqida xabar berish

  • Accordion - vertikal holatda ochilib / yopiladigan container element

  • Alerts - foydalanuvchining saytda bajargan harakatlari uchun mo'ljallangan xabar. Undan tashqari saytning holati va u bo'yicha ma'lumotlarni ham alerts orqali ko'rsatish mumkin. Uning 8 xil ko'rinishi mavjud

  • Badge - mavjud kontentga qo'shimcha ma'lumot qo'shish uchun mo'ljallangan maxsus component

  • Breadcrumb - joriy sahifani sahifalar ierarxiyasidagi joylashuvini bildirib turuvchi element

  • Card - o'zgaruvchan va kengayuvchan kontent uchun maxsus kontaineri. Unga bosh qismi (headers) va pastki qism (footers) qo'shish imkoniyati mavjud. Bootstrap 5 uning bir necha xil turlarini o'z ichiga oladi

  • Carousel - "slideshow" uchun mo'ljallanga maxsus komponent. Uning yordamida rasmlar yoki matnlarni ketmaketlikda veb sahifaga chiqarish imkoniyati mavjud

  • Collapse - veb sahifamizdagi kontentni ko'rinishini (visibility) ya'ni uning sahifada ko'rinishi yoki berkitilishini CSS va JS yordamida boshqaruvchi element

  • Dropdowns - havolalar yoki tugmalar ro'yhatini ekranga chiqarish uchun mo'ljallangan maxsus component

  • List group (ro'yhat guruhi) - kontentlar ketma-ketligini ekranga chiqarish uchun mo'ljallangan maxsus component

  • Modal - hamma kontentlarni oldidan ekranga chiqib, foydalanuvchi bilan muloqot qilish imkoniyatini beruvchi maxsus komponent. Odatda, bosh (header), tana (body) va pastki (footer) qismlarini o'z ichiga oladi.

  • Navs - navigatsiya uchun mo'ljallangan maxsus komponent. Navs asosan veb sahifaning menu (sahifalarga o'tish havolalari) qismini yaratish uchun xizmat qiladi

  • Tabs - navs yordamida kontent almashtirish uchun mo'ljallangan component

  • Navbar - o'zida saytning boshqa sahifalariga o'tish uchun mo'ljallangan havolalarni saqlovchi maxsus element

  • Offcanvas - veb sahifaga yashirin yon panel qo'shish uchun mo'ljallangan maxsus komponent. Odatda navigatsiya, harid savatchasi va shunga o'xshash holatlarda ishlatishga mo'ljallangan

  • Pagination - Bootstrapning sahifalash uchun mo'ljallangan maxsus komponenti

  • Popover - Bootstrapning maxsus komponenti bo'lib, uning yordamida veb sahifadagi istalgan elementga qo'shimcha ma'lumot berish imkoniyati mavjud

  • Progress - ma'lum bir jarayonni qanday holatda ekanligini vizual tarzda bildirish uchun mo'ljallangan maxsus komponent

  • Scrollspy - kursorning joylashgan joyiga qarab navigatsion menudagi elementni aktiv ko'rinishga olib keluvchi Bootstrapning maxsus komponenti

  • Spinner - elementning yuklanyotganini bildirish uchun mo'ljallangan Bootstrapning maxsus komponenti

  • Toast - foydalanuvchilarga xabarnoma ko'rsatish uchun mo'ljallangan maxsus Bootstrap komponenti

  • Tooltip - veb sahifamizdagi elementga qo'shimcha ma'lumot ko'rsatib o'tish uchun mo'ljallangan Bootstrapning maxsus komponenti. Popoverga o'xshash, lekin unga nisbatan soddaroq ko'rinishga ega bo'ladi


Yüklə 7,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə