Har kuni turli XIL hayot



Yüklə 16,09 Kb.
tarix13.05.2022
ölçüsü16,09 Kb.
#86937
Konsept


Konsept. HAR KUNI TURLI XIL HAYOT

Bugungi kun ham har doimdagidek o’tdi. Talabalar hayoti stipendiyani ishlatib bo’lgandan keyin bir xil bo’ladi. Har doimgidek o’qishdan ijaraga olgan uyimizga keldim. Juda charchaganimdan ko’zlarim yumilib ketardi. Tushlik qilib ozroq dam olay deb uxlashga yotdim. Yonimdagi xonadoshim fizika va astronomiyaga juda qiziqadi. Har doim o’qituvchilarim bizga qiziqarli darslar o’tmaydi, eskilik sarqitidan chiqib keta olishmagan deb nolirdi. O’qituvchilar bermagan bilimni turli xil ijtimoiy tarmoqlardan o’rganardi. Bu safar esa qandaydir multiolamlar haqida ko’rsatuv ko’rayotgandi. Leksiya juftliklarini tinglab va yozib charchab kelgan men unga ko’rsatuvni o’chirishini aytdim. Shunda u:



  • Sen qayerdanam tushunarding, axir bu multiolamku.

  • Men tushunaman, u haqida eshitganman va u teoriya holos, isbotini topmagan teoriya.

  • Sen adashyapsan, nahotki bu cheksiz olamda multiolam yo’q deb o’ylasang.

  • Olamku cheksiz, lekin biz galaktikamiz narida tursin, hattoki quyosh tizimimizdan nariga o’ta olmaymizku.

  • Albatta o’ta olmaymizda, o’qituvchilarimizni qaragin, ular uchun eng yangi fizik kashfiyot bu zarrachalarni tezlatuvchi kollayder bo’lib turipti holos. Ko’plari Higgs bazoni haqida ma’lumotga ham ega emas.

  • Sen yana nolishni boshlading, uxlashga qo’ysangchi, axir 3 jiftlik tinmay yozish charchatadi odamni. Yana shuni bilib qoy, koinot cheksiz degani unda multiolam bor degani emas.

  • Kel tasavuur qilib ko’ramiz. Hozir xonadondan chiqasan, keyin uyda, kvartaldan, tumandan, shahardan, viloyatdan. Bilasanmi nima?

  • Nima?

  • Ko’p insonlarning dunyo qarashi shu joyda to’xtaydi.

  • -Qo’ysangchi.

  • Ko’plar davlatimiz miqyosida fikrlaydi holos. Sayohatni davom etamiz. Davlatdan chiqamiz, materik, yerdan chiqamiz. Biz ochiq kosmosdamiz. Endi esa quyosh tizimidan chiqishga harakat qilamiz. Yo’limizda ma’lum vaqt sayyoralar tarkibiga kirgan sovuq Plutonni uchratamiz.

  • Hali ko’p davom etadimi.

U judayam berilib gapirayotgani uchun uni gapirishini to’xtatgim kelmadi. Buni ilojisi ham yo’q edi, xonadoshim allaqachon galaktimazni tark etayotgandi. Shunda men undan so’radim:

  • To’xta, galaktikani shunchalik tez tark etamizmi?

  • Albatta, axir quyosh tizimi Somon yo’li galaktikasining chetida joylashgan.

  • Galatkika markaziga sayohat qilamiz deb o’ylagandim.

  • Yo’q. U yerda qora tuynuk bor. Yaqinlashsak singulyar hodisani o’zimizda sinab ko’ramiz va bu oxirgi tajribamiz bo’lishi mumkin.

Uni judayam berilib gapirayotganidan men ham bu mavzuga qiziqib qolgan edim. Xonadoshim esa yonimda emas edi. U tasavvuran galaktikamiz chegarasidan chiqib bo’lgan edi. U davom etardi;

  • Galaktikamizdan chiqdik. Andromeda galaktikasi Yerdan bizga yulduzdek ko’rinishini bilarmiding. Ancha galaktikalarni uchratdgandan keyin galaktikalar to’plangan joyga yaqqol bizga ko’rinadi. Millionlab galaktikalar. Katta portlash oqibatida kengayishda davom etayotgan koinotni chegarasini topishimiz kerak.

  • To’xta, axir koinotni chegarasi yo’q degan edingku.

  • Ha, albatta. Menimcha olimlar koinotni oxirini tasavvur qila olmagani uchun uni cheksiz degan. Buni hozir tushuntirib beraman, yo’ldan olib qolma. Galaktikalarni ham tark etamiz va biz bitta multiolamdai sayohatimizni yakunlaymiz. Ya’ni bundan buyog’iga galaktikalar emas, balki, millionlab galaktikalardan tashkil topgan multiolamlarni uchratamiz. U multiolamlar ham biznikiga o’xshab ketishi va ba’zi bir jihatlari orqali bizning multiolamdan farq qilishi mumkin. Masalan, birida sening soching sariq, birida umuman kaldirsan. Xa-xa-xa.

  • Sen menga koinot cheksizligini tushuntirb bermoqchi eding.

  • Ho’p-ho’p. Qizishma. Tasavvur qil, multiolamlarni ham tark etding. Xo’sh, bu yog’iga endi cheksiz qorong’ulikmi? Balki oppoq ranga burkangan bo’shliqdir. Yana balki qorong’ulik va undan so’ng oq bo’shliqdir. Bu oq bo’shliqni oxirida nima bor deb o’ylisan. Oddiy hayotga qiyoslak bu manavi devor va undan so’ng qo’shnini uyi. Qo’shnini uyidan keyin ham qanaqadir obyektlar bor, va bu cheksizdir.

  • Miyam chalg’ib qoldi. Uyqim ham uchib ketti seni deb.

  • Bo’ldi, sayohatimiz ham tugadi, yotib uxla. Men ko’chaga chiqib aylanib kelmasam hozir miyam portlaydi.

O’rtog’im chiqar chiqmas deyarli uxlab bo’lgandim. Ko’zimni yumishim bilan tasavvurimga koinot keldi. Turli xil ranglarga burkangan koinot tumanliklari, yorug’likni yutadigan qora tuynuklar, har xil o’lchamga ega galaktikalar va h.k Shularni tasavvur qilib uxlab qolganimni sezmay ham qolibman. Lekin afsus, xursandchiligi ko’pga bormadi
Yüklə 16,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə