Huquq normalari



Yüklə 3,35 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü3,35 Kb.
#158243
Huquq normalari DXN Narzullayev Eldor

Huquq normalari


Norma so’zi lotincha bo’lib “qoida”, “na’muna” ma’nolarini anglatadi. Har bir norma o’zida biron bir xatta-harakat, xulq-atvor qoidasini, muayyan yurish-turish modelini ifodalaydi.
O’zbekiston Respeplikasi Konstitutsiyasining 60-MODDASIDA Fuqarolar konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga boshqa insonlarning huquqlari, erkinliklari, shani va qadir qimmatni hurmat qilishga majburdirlar.
Bu huquqiy norma fuqarolarning amaldagi qonunchilikka nisbatam qanday hatti-harakat qilishi to’g’risidagi qoidalarni o’zida mustahkamlaydi.
Hquq normalarining tuzilishi
GIPOTEZA- huquq normasining tarkibiy unsuri bo’lib, ushbu huquqiy normaning qanday sharoitlarda amalga oshishini belgilovchi hayotiy sharoit va mavjud holatlarni ko’rsatadi, ya’ni huquq normasida belgilangan xatti-harakat qanday sharoitlarda bajarilishi lozimligini ko’rsatadi. Masalan fuqarolik kodeksning 22-moddasi Fuqaroning to’liq muomala latoqatiga yetgach ya’ni 18 yoshga yetgach to’la hajimda vujudga keladi.
DISPOZITSIYA-huquq subektlarining huquq va majburiyatlari belgilanadi vaularning bo’lishi mumkin bo’lgan xatti-harakatlari variantlari aniqlanadi. Gipotezada ko’rsatilgan holatlar mavjud bo’lganda huquq subektlari rioya etishlari lozim bo’lgan xatti-harakat qoidasi ifodalangan bo’ladi.
80-modda voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida g’amho’rlik qilishga majburdirlar.Bunda gipotezada ko’rsatilgan holatlar yani farzandlarning voyaga yetishi va mehnatga layoqatli bo’lishi hollarining mavjudligi dispozitsiyaning amal qilishga sharoit tug’diradi, yani farzandlarda o’z ota onalariga g’amxo’rlik qilishi majburiyatini vujudga keltiradi.
SANKSIYA-huquqiy norma buzilgan holda huquq buzgan shaxsga nisbatan qo’llaniladiga davlat majburlov chorasining turini belgilaydi. Sanksiya huquq normasining bir qismi bo’lib, unda disbozitsiyada ko’rsatilgan talablarni bajarmaganligi uchun berilishi mumkin bo’lgan jazoning yoki tavsiya etilgan harakatni sodir etganligi uchun rag’batlantirishning turi va o’lchovi ifodalangan bo’ladi.
Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə