I. Asosiy qism. I kimyo sanoati atrof muhitni ifloslantirishi



Yüklə 74,5 Kb.
səhifə1/7
tarix01.02.2023
ölçüsü74,5 Kb.
#99935
  1   2   3   4   5   6   7
MAVZU


MAVZU: Sanoat tarmoqlari joylashuvining ekologik jihatlari.
Reja:
Kirish:
I.Asosiy qism.
I.1.Kimyo sanoati atrof muhitni ifloslantirishi.
I.2.Sanoat chiqindilarini tirik organizmlarga ta'siri.
II.Ikkinchi qism
II.1.Sanoat chiqindilarini qayta ishlash.
II.2Paxta tozalash korxonalarini atrof muxitga ta'siri.

Xulosa.
III.Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Kimyoviy moddalar tavsifnomasi. Inson, qolaversa barcha jonivorlar olami yashayotgan atrof muhit, tabiiy hodisalar, jumladan vulqonlar, zilzila, metioritlar tushishi, to'fon, dovul, yong'inlar, qurg'oqchilik, shuningdek bevosita inson faoliyatlari natijasida atrof muhit ifloslanishi kuzatiladi. Atrof muhitni tabiiy va antropogen ifloslanishi asosan kimyoviy moddalar ishtirokida kuzatiladi.
Insonning tabiatga etkazgan salbiy ta'siri natijasi fan-texnika inklobi davrida, ayniqsa, avj oldi. Ilmiy texnika yutuqlari asosida zavod va fabrikalar rivojlanishi, qishloq xujaligining tiklanishi xalq xujaligining o'sishiga olib kelishi bilan bir qatorda tabiiy boyliklarining isrof bo'lishiga, chiqndilar bilan atrof-muhitni ifloslanishiga olib keldi.
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar asosan kimyoviy moddalar hisoblanadi. Ularni biz asosan ikki katta guruxga bo'lamiz: atrof-muhitni ifloslantiruchi kimyoviy moddalar va kimyo sanoati korxonalari tamonidan ishlab chiqariladigan kimyoviy preparatlar.
Hozirga qadar er qaridan 100 mlrd. tonnadan ortiq ko'mir, neft, torf kabilar qazib olingan. Ularning yoqilg'i sifatida ishlatilishi natijasida 3,8 mlrd. tonna kul, chang atmosferaga tarqalgan. Shu kul va chang bilan birgalikda 1,9 mlrd. mish'yak, va 1,2 mlrd. tonna zaxarli surma, sink, 68 mln t. rux, 4 mln t. qurg'oshin, kadmiy 20-22 ming t., nikel 50 ming t., ftor 4 ming t., fosfor (R2O5) 35 mln t., smob 15-48 ming t., pestisidlar 3.2 mln t., polixlorbifenil 500 ming t., benzopiren 8 ming t., ftor uglevodorodlari 710 ming t., mis: atmosferaga 65 ming t.; qattiq chiqindi sifatida 80 ming t.; 100 ming t. o'g'it sifatida tabiatga ya'niy havo, tuproq va suvga tushgan.havo, tuproq va suvga tashlanmoqda. Bu esa o'z navbatida tabiatdagi moddalar harikati natijasida deyarli barcha hayot muhitlarida to'planadi va tabiiy muvozanatni izdan chiqishiga olib keladi.
Sanoat korxanalaridan atrof muhitga tashlanadigan va ishlab chiqariladigan kimyoviy moddalar. Atrof-muhitga 7 mlrd. tonnaga yaqin tushadigan sanoat korxonalari chiqindilariga asosan: uglerod oksidlari (SO, SO2); oltingurgut oksidlari (SO, SO2); vodorod oltingurguti (H2S); azot oksidlari (NO, NOx); ammiak (NH3); inert gazlardan: frionlar (SN3ClF, C2H4ClF); vodorod ftorid (HF); uglevodorodlar (CH4, SnN2+2n), og'ir metallar temir (Fe), qurg'oshin (Pb), nikel (Ni), simob va boshqalar. Ularni birnecha mingdan ortiq turlari mavjud. Atrof-muhitganga ta'siri bo'yicha sanoat korxonalari chiqindilarini miqdori bo'yicha: energetika (31%); avtomobilsozlik (24%); qora metallurgiya (14%); qurilish materiallari sanoati (11%); rangli metallurgiya (7%); neftni qaytaishlash (5%); kimyo sanoati (4%) va qolganlari boshqa tarmoqlarga tug'ri keladi.
Atrofmuhitni ifloslantiruvchi yana bir kimyoviy moddalardan biri bu – zaharli kimyoviy preparatlar va kimyoviy o'g'itlar hmsoblanadi. Zaharli kimyoviy preparatlarni biz pestisidlar (lotincha suz pestis- zahar va cid- o'ldirmoq) deb ataymiz. Ularni kimyoviy tarkibiga ko'ra uch guruxga bo'lamiz: 1. anorganik birikmalar (margimush, mis, rux, ftor, bariy, simob, oltingurgut birikmalari, xloratlar va boshqa birikmalar); 2. o'simlik, zamburug', bakteriyalardan olinadigan (pirstiroidlar, anabazin, nikotin, bakterial preparatlar, antibiotiklar va boshqalar) kimyoviy moddalar; 3. organik birikmalar, ular ta'siri jihatidan aktiv moddalar hisoblanadilar.
1874 yilda birinchi bulib pestisidlar kashf etilishi bilan inson zararkunanda hashoratlar bilan kurasha boshlagan. Shu kungacha DDT (dixlordifeniltrixloretan)ni uzidan 2-5 mln tonnagacha ishlatilgan er yuzida. Uni parchalanish davri 3-25 yilgachiligi etiborga olsak, bundan ko'rinib turibdiki hanuzgacha uning atrof-muhitga ta'siri kamaygani yo'q. 1970 yilda DDT ishlab chiqish to'xtatildi va undan foydalanish bekor qilindi. DDT nafaqat hashoratlarga balkim baliq, qushlar, hayvonlar va insonlarga salbiy ta'sir ko'rsatgan.
Neftni qayta ishlashda atrof muhitga juda ko'p miqdorda 20 dan ortiq elementlardan tashkil topgan 805 birikma hosil bo'ladi. Ularga misol qilib: metil simob, alkanlar, sikloalkanlar, fosfor, vanadiy, marganes, xrom, kobalt, bor biikmalarinimisol qilib keltirishimiz mumkin.
Hozirgi kunga kelib respublikamiz sanoat korxonalari tamonidan atmosferaga 2000ga yaqin ifloslantiruvchi moddalardan 2.5 mln tonna , suv havzalariga 1500ga yaqin ingradientlardan 170 mln metr kub ifloslangan oqova suv va tuproqqa 50ga yaqin kimyoviy moddalar va 150ga yaqin petisidlardan sanoat, maishiy chiqindi va kimyoviy moddalar miqdori 289 mln tonnaga etgan.

Yüklə 74,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə