O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O'RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
I.HAMDAMOV, Z.BOBOMURADOV, E.HAMDAMOVA
EKOLOGIYA
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta ’lim vazirligi
tomonidan o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etilgan
TOSHKENT - 2009
I.Hamdamov, Z.Bobomuradov, E.Hamdamova. Ekologiya. — Т.,
«Fan va texnologiya», 2009, 176 bet.
Mazkur o ‘quv qo‘llanma qishloq xo'jaligi oliy va o ‘rta maxsus o‘quv
yurtlarining 5620100 - agrokimyo va agrotuproqshunoslik, 5620200 -
agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari bo'yicha), 5620300 - o'simliklar
himoyasi, 5620400 — q/x ekinlari seleksiyasi va urug'chiligi, 5620800 —
o'rm onchilik, 5140900 — kasbiy ta ’lim (5620200 — agronomiya), 5620500
- qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki
qayta ishlash texuologiyasi mutaxassisliklari uchun mo'ljallangan bo'lib,
Samarqand qishloq xo'jaligi instituti professori I.Hamdamov, qishloq
xo'jaligi fanlari nomzodlari Z.Bobomuradov va E.Hamdamovalar to
monidan tayyorlangan. O'quv qo'llanm a institutning meva-sabzavotchilik
va uzumchilik kafedrasi yig'ilishida, agronomiya fakulteti va institut ilmiy
kengashlarida muhokama qilingan va chop etishga tavsiya etilgan.
Taqrizchilar:
IZATULLAYEV Z .I — Samarqand davlat
universiteti ekologiya kafedrasining mudiri,
biologiya fanlari doktori, professor;
• XALILOV N.X — Samarqand qishloq
xo'jaligi instituti o'simlikshunoslik
kafedrasining mudiri, professor.
ISB N 9 7 8 -9 9 4 3 -1 0 -2 1 5 -6
© «Fan va texnologiya» nashriyoti 2009.
SO‘Z BOSHI
Ekologiya — agronomiya mutaxassisliklari talabalariga o'qitiladigan
biologik fanlar orasida muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. U
agronomlik, ziroatchilik, polizchilik, o‘rmonchilik va paxtachilik fanlaridan
olingan bilimlami nazariy mustahkamlaydi, chunki bo'lajak agronomlaming
kasb faoliyati asosan tashqi muhit bilan uzviy bogiangan. Ular doimo tup
roq, suv, iqlim va madaniy o'simliklar bilan ish ko‘radi. Kishilik jamiyatining
taqdiri ko‘p hollarda agronomlaming ish faoliyatiga ham bog'liq bo'lib qoldi.
Sog'lom tabiatni asrash, tabiat in’omlaridan oqilona foydalanish hozirgi
zamonning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Shu sababli bo'lajak
agronomlaiga ekologiya bilimini o'rgatish, ya’ni tabiiy manbalardan oqilona
foydalanishni o'rgatish muhim ahamiyat kasb etadi.
0
‘g'itlardan, suvdan
foydalanishni, yeming sho'rlanislii, yangi yerlami o'zlashtirihshi va shu kabi
tadbiriy choralarning foydali va zararh tomonlarini talabalar e’tiboriga havola
etish zamr. Bundan tashqari, tashqi muhitning ifloslanishi, o'simlik va hay
von turlarining yo'qolib kamayib ketayotganligi, ozuqa va suv manbalarining
yetishmashgi, tuproq eroziyasi kabi muammolami yoritib berish kerak. Ana
shunday noxush holatlardan tabiatni asrash choralarini topish yuzasidan
izlanislilar oUb borish zamrhgiga e’tibomi jalb etish lozim.
O'zbekiston tabiati turli xil ekologik sharoitga ega bo'lib, uni biz
e ’zozlashimiz va ko'z qorachig'iday asrasliimiz lozim. Agar unga nisbatan
xo'jasizlik qilinsa, bu qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi
Orol dengizi misolida yaqqol ko'rinib turibdi.
Fanni o'iganish davrida talabalar populatsiya va uning tizimi, popu
latsiya tarkibidagi turlar va ularning o'zaro munosabatlari, ekosistemalar,
biosfera va ularning komponentlariga zarar keltirmasdan, oqilona foydalanish
usullari to'g'risidagi bilimlarga ega bo'ladilar.
Aziz talaba, Sizning e’tiboringizga havola etilayotgan bu darslik qish
loq xo'jaligi institutlarida agronomiya mutaxassislari uchun tuzilgan na-
munaviy dastur asosida yoritilgan.
Mazkur kursdan foydalanib, bilim olgan har bir talaba Respublikamiz
oldida turgan ekologiya fani bilan bog'liq bo'lgan muammolami yechishda
qo'l keladi degan umiddamiz.
I BO ‘LIM
1. Ekologiyaning predmeti, maqsadi va vazifasi.
Autekologiya va sinekologiya
Ekologiya yunoncha «oikoso (eykos) — yashash joyi, makon va «logos» -
fan, so'zidan olingan bo'lib, tirik organizmlaming tevarak atrofdagi muhit
bilan o'zaro munosabatini o'rganadigan biologik fan hisoblanadi. Ekologiya
muhit omillarining o'simlik va hayvonlar organizmiga ta’sirini, oiganizm va
populatsiyaning muhit omillariga ko'rsatadigan reaksiyalarini, populatsiyalar
soni va tizimini bir xil saqlovchi mexanizmlami (jarayonlami), tabiiy gu-
ruhlaming biologik mahsuldorligini, biogeotsenozlar yoki ekosistemalaming
harakatlanish qonuniyatlarini va biosferani o'rganadi. Tirik tabiat qanday
tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, u inson ta’siriga qan
day javob beradi, bulaming barchasi ekologiyaning predmetidir.
Inson borki, hayot uchun kurashadi, tabiatning barcha injiqliklariga
moslashishga intiladi, har bir kishi tabiat in’omlaridan foydalanadi, quradi,
bunyod etadi. Odatda, inson biror maqsadni ko'zlab tabiatning muayyan
bir sohasida ijobiy yoki ko'pincha salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin.
Kishilar o'zlari uchun turar joylar barpo etar ekanlar, buni atrof-
muhitning o'simlik va hayvonot dunyosiga qandaydir salbiy ta ’siri bo'ladi,
natijada, tabiat kambag'allashib boradi. Inson qurilish materiallari sifatida
tabiiy o'rm onlarni keragidan oitiqcha kesadi, demak, o'simlik dunyosi
qisqarib, u o 'z navbatida atmosfera havosini musaffo bo'lishiga rahna
tug'diradi, tuproq eroziyaga uchraydi, yer osti suvlari kamaya boradi,
ko'chkilar paydo bo'lib, sel natijasida jarliklar hosil bo'lishi mumkin. Bu
lavha insonning tabiatga ko'rsatgan ta ’siridan bir parcha xolos. Tabiatga
nisbatan ko'r-ko'rona yondoshish, uning ehsonlaridan ayovsiz foydalanish
pirovardida og'ir asorat qoldirishi mumkin.
Bizni o'rab turgan butun tabiat, borliq, ming yillar mobaynida shun
day bir muvozanatga kelganki, uning bir bo'lagiga yetkazilgan ozor boshqa
bo'laklariga ham salbiy ta ’sir ko'rsatmay qoLmaydi. Tabiatga ta ’sir etishda
ba’zi jiddiy xatolarga yo'l qo'yilishi mumkin ekanligini Orol fojiasi mi-
solida yaqqol ko'rsatish mumkin.
Hozirgi zamon ekologiyasi odam va biosfera o'rtasidagi o'zaro muno-
sabat masalalarini jadal o'rganmoqda.
Hozirgi zamon ekologiyasining yana muhim vazifalaridan biri, bu
biologik resurslardan oqilona foydalanish, odam faoliyati ta ’sirida tabiat
o'zgarishlarini oldindan ko'ra bilish, tabiatda kechayotgan jarayonlarni
boshqarish yoilarini o'rganish, zararkunandalarga qarshi kurashning zarar-
Dostları ilə paylaş: |