“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi



Yüklə 247,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix29.06.2022
ölçüsü247,52 Kb.
#90237
  1   2   3   4   5
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi



“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi 
Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi “O‘zbekiston 
Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi 
Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda 
maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy 
faoliyatning asosiy g‘oyalari, maktabgachayoshdagi bolalarni ta’limning keyingi 
bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim 
muassasalarida:

davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;

maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari;

maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;

maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv 
organlarida – ushbu davlat o‘quv dasturini qo‘llash majburiydur. 
Davlat o‘quv dasturi 7bobdan iborat bo‘lib,
I-bobda MTM davlat o‘quv dasturini qo‘llash va MTMning maqsad va 
vazifalari aks ettirilgan. 
Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat 
hisoblanadi.
Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. 
Ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTM ishchi o‘quv 
dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o‘quv dasturi 
muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi 
qonunchilik tartibida tasdiqlanadi
1
.
Davlat o‘quv dasturidaMTMningquydagi maqsad va vazifalaribelgilab 
berilgan. 

bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha 
yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat 
o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi 
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish 
va amalga oshirish;



bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli 
bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish; 

bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro 
hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.

Yüklə 247,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə