Ilm fanniikki dunyo saodati deb bilgan inson



Yüklə 223,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix15.05.2023
ölçüsü223,27 Kb.
#110429
  1   2   3   4
61839e2fc21e4 OAK XALQ TA\'LIMI JURNALI



PUBLIC EDUCATION
SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL
M IN IS T R Y O F P U B L IC E D U C A T IO N O F T H E
R E P U B L IC O F U Z B E K IS T A N
3
2021
(maxsus son)
www.xtjurnali.zn.uz
https://t.me/xalqtalimijn


ILM - FANNIIKKI
DUNYO SAODATI DEB
BILGAN INSON
Qachonki bir inson biror o'rinda maqtalsa, 
ushbu e’tibor insonlarga foydasi tegadigan ilmi 
sababidandir. Turakulov Xolbuta Abilovich ilm- 
fanni targ'ib qilish yo'liga umrini bag'ishlab kelayotgan USTOZdirlar.
Ustozning biz shogirdlarga doimo takrorlab keladigan quyidagi fikrlari 
ilm yo'lini tanlanganlar uchun dasturulamaldir. “Kelajagi bor davlat hech 
bir sohani e’tiborsiz qoldirmaydi, qaysi jabha oqsayotganini o'rganib 
turadi. Kelajagi buyukxalq harsohada munosib kadrlar yetishtiradi. Biror 
sohaning yetuk mutaxassisi o‘z ishini tashlab, boshqasi bilan andarmon 
bo'lmasligi kerak. Ilmiy izlanuvchilar juda tirishqoq, izlanuvchan bo'lishi 
shart. Darslikdan tashqari kitob mutolaasi bilan shug‘ullanmog‘i, 
kutubxonalarga bormog'i bilan bir qatorda, internetdan keng foydalanmog'i 
muhim. Ta’lim oluvchi harakatchan, o'qituvchi izlanuvchan, muhandis 
serg'ayrat bo'lsa -taraqqiyotning tamal toshi shu”.
Ota-bobolarimizning kimki ilmni egallasa, hech qachon birovga 
muhtoj bo'lmaydi. Aksincha, qadr-qimmati, izzat-g‘ururi baland bo'ladi 
degan gaplari Ustoz - Turakulov Xolbuta Abilovich misolida o‘z aksini 
topmoqda.
Ustoz Xolbuta Abilovich “Xalqaro pedagogik ta’lim”, “Antitue World”, 
“Turon” fanlar akademiyalari akademigidir.
Ustozning 100ga yaqin yoshlarni ilm yo'lida bevosita ustozlak qilgan. 
Shuningdek, ustozning 500 dan ziyod ilmiy ishlari nashr qilingan, 11 ta 
ixtirolari e’tirof etilib, patentlashtirilgan.
Ustoz - Turakulov Xolbuta Abilovichning ayniqsa xozirgi kundagi 
“Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fani bo'yicha qilayotgan ishlari taxsinga 
sazavordir.
Biz kabi shogirdlar qalbiga ezgulik yog'dusini jo etadigan, yoshlarga 
ma’rifat ziyosini ulashadigan mo'tabar zot - ustozning bu qadar yuksak 
qadrtopishi zamirida, awalo, mamlakatimizning mustaqillikkaerishishi va 
Prezidentimizning doimiy e’tibori hamda g‘amxo‘rligi mujassam ekanligini 
alohida ta’kidlashni istardik.
Siz, aziz ustozga doimiy tinchlik-omonlik, sihat-salomatlik tilaydigan, 
Sizning ko'magingiztufayli bilim olib, kasb-hunar egallagan shogirdlaringiz 
ehtiromini qabul qiling.
Umringiz uzoq bo'lsin aziz ustoz!


XALQ Т А Щ 1
v
,L0TA-UMIVA2BUG*№«
Ж —
XALQ TA’ LIMI
A X B O R O TN O M A S I

Yüklə 223,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə