Informativ janrlarda sarlavhaning o‘rni va ahamiyati



Yüklə 23,48 Kb.
tarix22.06.2022
ölçüsü23,48 Kb.
#89949
INFORMATIV JANRLARDA SARLAVHANING O 2


INFORMATIV JANRLARDA SARLAVHANING O‘RNI VA AHAMIYATI

Har qanday publitsistik matnning ahamiyatlilik darajasini belgilab beruvchi asosiy unsurlardan biri sarlavhadir. Bu so‘zni nom leksemasiga taqqoslasa ham bo‘ladi. Sarlavha shunchaki nom emas, balki matnning asosiy g‘oyasini o‘ziga singdira olgan ifoda, o‘quvchi va tomoshabin e’tiborini axborotga jalb etuvchi reklama kabi vosita bo‘la olishi kerak. Informativ janrlarning bayonchilik uslubi tahliliy va badiiy publitsistik uslublarga nisbatan sodda “quruq” bo‘lganligi sababli, ularga tanlangan sarlavhalar ham bu xususiyatdan yiroqlasholmaydi. Sarlavhalarning sintaktik tuzilishi va semantik xususiyatidan kelib chiqib, xabar beruvchi, ishontiruvchi, da’vat etuvchi, izoh beruvchi, mujaat qiluvchi, reklama qiluvchi kabi klassifikatsiyalash mumkin. Tilshunos olim I.V. Arnold sarlavhalarni besh guruhga bo‘lgan bo‘lib, ular: 1. Informativ sarlavhalar. Bu kabi sarlavhalar maqola mazmunini qisqacha jumla orqali aks ettiradi. 2. O‘quvchiga ma’lum bo‘lgan voqea hodisaga asoslangan sarlavhalar. Bu kabi sarlavhalarga duch kelgan o‘quvchi, avvalambor ma’lum bir voqea hodisa haqida ma’lumotga ega bo‘lishi kerak, ya’ni jamiyatga aniq biror mavzu haqida fikr yuritiladi. 3. Qofiyalangan sarlavhalar. Bu kabi sarlavhalar odatda tashviqotchilikka oid publitsistik janr namunalarida beriladi. Ular o‘zining aniq qofiyasiga(oson va tez esda qolish) ega bo‘ladi. Ishga qaytmoq – qonunni ag‘darmoq. 4. Emotsional baholovchi sarlavhalar. Bunday sarlavha(nom)lar mavzuni yoritmaydi, balki o‘quvchini ma’lum bir yo‘nalishga boshlaydi, yoritilayotgan voqeaga nisbatan konkret munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi. Bunday sarlavhalar stilistik jihatdan ko‘chimlarga boy bo‘ladi va informative janrlar doirasida bunday sarlavhalar qo‘llanish o‘rinlarini uchratmaymiz. 5. Shov – shuvli sarlavha. Bu turdagi sarlavhalarning qurilish strukturasi qisqa va lo‘ndadir. Bunday sarlavhalar o‘quvchi, tinglovchi va tomoshabin auditoriyasi e’tiborini tezda xabar matniga jalb eta oladi. Bugungi turli axborotlarga tashna zamon sharoitida ayrim rasmiy internet saytlari va tegram kanallarida pragmatik va stilistik xususiyatga ega, sarlavha kanteksttiga qo‘shimcha axborot yuklaydigan leksik birliklar qo‘llanmoqda. Chunki bunday usul odatda zerikarli tuyuladigan axborot matnlarini o‘qish ehtiyojini uyg‘otadi. Masalan, Kun.uz rasmiy telegramm kanalida yuqoridagi holatlarni uchratish mumkin: “Kiyev ostonasida turgan ritsar va olov ichidagi o‘t o‘chiruvchilar”, “Toshkent shahrida mart oyidagi yog‘ingarchilik tarixiy rekordni yangilashi mumkin”, “Chumchuqlarga o‘lim” va h.k.
Sarlavhalar qanday matnga va nima maqsadda qo‘yilishidan qat’iy nazar hajman ixcham, ma’lum bir fikrni bera oladigan, sintaktik butun, matn mazmuniga mos bo‘lishi lozim. Sarlavha nominativ funksiyaga ham ega bo‘ladi. Chunki har qanday sarlavha avvalo matnni nomlaydi. Shu bilan birga bugungi axborot matnlarida qo‘llanayotgan sarlavhalarning har biri integrative funksiyaga ham ega. Bu vazifa sarlavhada ifodalangan fikrni matn tarkibida davomiyligini ta’minlaydi. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, xabar janriga doir manbaalarda butun boshli matnda beriladigan ma’lumotning tub mag‘zini ifodalagan jumla sarlavha maqomiga ko‘tariladi va ularni ifoda planidan kelib chiqib informativ maqolalar deb yuritsa ham bo‘ladi: “Ekologik toza maxsulot tayyorlanadi”, “Poyabzal korxonasi ishga tushdi”, “Qo‘shma fakultet tashkil etildi”, “O‘zbekiston Respublikasi prezidenti AQSH delegatsiyasini qabul qildi”, “Temir yo‘llar rahbarlari Toshkentda uchrashdi” kabi.
Ayrim xabarlarda murojaat shaklidagi sarlavhalar qo‘llanib, ular “Dolzarb” rukni ostida berilganligi sababli tanlangan sarlavha ham shunga mos bo‘lishini taqozo etadi. Masalan, “Narx-navo barqarorligiga qanday erishiladi?”, “Vatanimiz ravnaqi yo‘lida barchamiz birdek mas’ulmiz”, “Deputatlar vazirning javobini qanday baholashdi?” kabi. Bunday xabarlarga tanlangan sarlavharning ayrimlari so‘roq gap shaklida berilib, matnda berilgan fikr sarlavhani mantiqiy davom ettirgandek bo‘ladi. Semantik strukturasiga ko‘ra da’vat etish, ta’kidlash mazmunidagi gaplar sarlavha shaklida berish holatlari ham uchraydi. Bir qator informativ janrlar xabar namunalariga badiiy ifoda usulidan foydalanib, sarlavha tanlangan holatlarni ham uchratish mumkin. Masalan, “E’tibor va g‘amxo‘rlikdan munavvar dillar”…
Ayrim sarlavhalar asosiy fikr katta harflarda berilib, izoh tarzida sarlavha davomi sifatida qo‘shimcha jumlalar ham beriladi. Masalan, “SENAT TASHABBUSIGA KO‘RA O‘TKAZILGAN KO‘RIK TANLOVLAR gender tenglik, xotin qizlarni qo‘llab quvvatlash va ularning iste’dodini to‘la ro‘yobga chiqarish borasidagi sa’y-harakatlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi”, “QASHQADARYO GLOBALMIQYOSDAGI NOYOB ZAVOD ISHGA TUSHIRILDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyayev 25-dekabr kuni Qashqadaryo viloyatidagi “Uzbekistan GTL” zavodiga tashrif buyurdi”. Bugungi kunda tag sarlavhalarni har bir gazeta nashrida uchratishingiz mumkin. Tag sarlavha matnlari kengaygan sodda gap shaklida va tematik xususiyatga ega bo‘lib, bosh sarlavhaga nisbatan semantik jihatdan to‘liq shaklda bo‘ladi va matn mazmuni haqida kankret ma’lumot bera oladi. Xabar janriga mansub matnlarda odatda sodda gap va kengaygan sodda gap shaklidagi sintaktik birliklar qo‘llanadi.
Yüklə 23,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə