International Conference on Developments in Education
Hosted from Delhi, India
https
:
econferencezone.org 23
st
Oct. 2022
1
UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TARBIYA FANINI O’QITISHDA
INNOVATSION TEXNALOGIAYALARDAN FOYDALANISH
Nurboyeva
Shohsanam
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida tarbiya fanini o’qitishda innovatsion
texnalogiayalardan foydalanish haqida ilmiy mushohadalar o’rin olgan bo’lin bu ko’pchilik
uchun foydali bo’ladi degan umiddamiz.
Kalit so’zlar:
innovatsion texnalogiya, tarbiya fani, darslik, audiovizualli
faol fuqarolik
pozitsiyasi, teran dunyoqarash, sog’lom e’tiqodlilik, ma’rifatparvarlik, bag’rikenglik, sharoit.
Biz darslik sifatida o’quvchilarga tahsil berayotgan Tarbiya fani O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining tashabbusi bilan umumiy o’rta ta’lim muassasalarida 2020-2021-o’quv yilidan
boshlab joriy qilindi. Ushbu fan Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasining bir qismi sifatida
o’quvchilarda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g’oyasini singdirish, ularni ijtimoiy
muvaffaqiyatli hayotga tayyorlash, faol fuqarolik pozitsiyasi, mas’uliyat, majburiyat, huquqiy
ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sog’lom e’tiqodlilik, ma’rifatparvarlik, bag’rikenglik
kabi fazilatlarni shakllantirishni maqsad qilib qo’ygan. Fan
va darslik konsepsiyasini
yaratishda Yaponiya, Singapur, Angliya, BAA, Xitoy, Koreya, Rossiya, Germaniya kabi
xorijiy davlatlarning tajribasidan foydalanildi. Ta’lim jarayoni nihoyatda
murakkab jarayon
bo’lganligi uchun ta’lim samaradorligi pedagog va o’quvchi faolliligiga, ta’lim vositalarining
mavjudligiga, ta’lim jarayonining tashkiliy, ilmiy, metodik mukammalligiga bog’liq. Ta’lim-
tarbiya jarayonini ilg’or vositalari, metodlar, texnik vositalar,
usullariga tayanib
takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Bu tizim o’qituvchi tomonidan yaratiladi, ta’lim-tarbiya
bosqichlarini o’zaro bog’lashga xizmat qiladi. Uning mzmuni va vazifalarini, maqsadini
oldindan belgilash, ta’lim-tarbiyaning shakllari
va vositalarini tayyorlash, o’quvchida
shakllantirish ko’zda tutilgan ma’naviy sifatlarni o’zlshtirishga yo’naltirilgan darslarni
rejalashtirish kabilarni o’z ichiga oladi. Bugungi kunda fan-tеxnikaning rivojlanishi bilan
inson faoliyati nihoyatda kеngayib, yangi tеxnologiyalar kirib kеlmoqda. Sifat o’zgarishlari
shundan dalolat bеradiki, endilikda yangi mеtodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining
ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o’zining ma’lum xususiyatlarini
joriy etadigan
yangi tеxnikaviy, axborotli, audiovizualli, vositalar ham mavjud bo’lib,
ular zamonaviy
pеdagogik tеxnologiyalarni aniq voqеlikka aylantirdi. Ta’lim-tarbiya jarayonining
unumdorligini oshiradi, o’quvchilarni mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi,
o’quvchilarda bilimga ishtiyoq
va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish,
ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi. An’anaviy
o’qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va o’g’zaki so’zlarga tayanib ish ko’rishi tufayli
axborotli o’qitish sifatida tafsiflanadi, chunki o’qituvchi faoliyati birgina o’quv jarayonining