Inqiroz taraqqiyotda orqaga ketish, tanazzul. Har qanday obʼyekt oʻzining rivojlanishi mobaynida paydo boʻlish, ulgʻayish, pasayish va halok boʻlish bosqichlaridan oʻtadi



Yüklə 44,12 Kb.
tarix15.05.2023
ölçüsü44,12 Kb.
#110319
Документ Microsoft Word


Inqiroz — taraqqiyotda orqaga ketish, tanazzul. Har qanday obʼyekt oʻzining rivojlanishi mobaynida paydo boʻlish, ulgʻayish, pasayish va halok boʻlish bosqichlaridan oʻtadi. Har qanday tizim (obʼyekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan quyi darajadagi holatga oʻtish jarayoni inqiroz davri deyiladi. Ijtimoiy tizimlardagi inqirozlarga differensial yondashish kerak. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, maʼnaviy sohalardagi inqirozlar, odatda, mustaqil roʻy beradi, baʼzan esa hammasi kompleks tarzda baravar boʻladi. Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti oxirgi 50 yilda to‘rt marotaba tashqi qarz to‘lqinini boshidan kechirdi. Shundan, dastlabki uchtasi inqirozlar bilan yakunlandi. Ularning oxirgisi sifatida 2010 yildan buyon rivojlanayotgan mamlakatlarda qarz to‘lqini - o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. 2018 yilda jami qarz 54 foiz punktga oshdi. Joriy past foizli stavkalar yuqori qarz muammolarini bartaraf etishda asosiy vosita bo‘lishi mumkin . Hozirgi kunga qadar iqtisodiy inqirozlar turli moliyaviy instirumentlarning nobarqarorligidan kelib chiqqan bo‘lsa, joriy davrdagi inqirozni yuzaga kelishi tamomila o‘zgacha tus olganligi bilan farqlanadi. Hozir iqtisodiy inqirozlarning kelib chiqish sabablarini o’rganar ekanmiz, 2008-yilgi jahon iqtisodiy inqiroziga to’xtalamiz. Butun bir rivojlangan davlatlar iqtisodiyotiga o’zining ta’sirini ko’rsatkan 2008- yilgi inqiroz Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Hozirgi vaqtda bir qator yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlariga doir materiallarni o‘rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga kelmoqda. Birinchidan, moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, retsessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy faollik ko‘lamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningdek, jahonning ko‘plab mamlakatlariga ta’sir ko‘rsatadigan jiddiy ijtimoiy talafotlar sodir bo‘lishi mumkinligi o‘z tasdig‘ini topmoqda. Ikkinchidan, avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va ushbu tizimni tubdan isloh qilish zarurligini ko‘rsatdi. Ayni vaqtda bu inqiroz asosan o‘z korporativ manfaatlarini ko‘zlab ish yuritib kelgan, kredit va qimmatbaho qog‘ozlar bozorlarida turli spekulyativ amaliyotlarga berilib ketgan banklar faoliyati ustidan yetarli darajada nazorat yo‘qligini ham tasdiqladi. Uchinchidan, moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi miqyosi, ko‘lami va oqibatlari qanday bo‘lishi ko‘p jihatdan bir qancha omillardan kelib chiqadi. Ya’ni, bu avvalo, ana shu davlatning moliya-valyuta tizimi nechog‘liq mustahkam ekaniga, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi (to‘lov imkoniga), ularning chet el va korporativ bank tuzilmalariga qanchalik qaram ekaniga, shuningdek, oltin-valyuta zaxirasininghajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati va pirovard natijada — mamlakat iqtisodiyotining barqarorlik, diversifikatsiya va raqobatga bardoshlik darajasiga bog‘liq. To‘rtinchidan, jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish, uning oqibatlarini yengillashtirish ko‘p jihatdan har qaysi davlat doirasida va umuman, dunyo hamjamiyati miqyosida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning qanchalik samaradorligiga, ularning bir-biri bilan uyg‘unligiga bog‘liq. 2008 yil noyabr oyida Vashingtonda, jahon yalpi mahsulotining 85 foizini ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokida bo‘lib o‘tgan sammit global moliyaviy inqirozning ko‘lami tobora kengayib borayotganini tasdiqladi. Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta’siri, undan ko‘riladigan zararning darajasi va ko‘lami birinchi navbatda shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va ishonchli ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog‘liq. Iqtisodiy inqirozning kelib chiqish mohiyati har qanday mamlakat, shu jumladan industrial rivojlanmagan mamlakatlar ham iqtisodiy o’sishga, hamda to’liq bandlilik va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi, ammo uzoq muddatli iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy barqarorlik davrlari bilan uzulib turadi. Iqtisodiy o’sish ketidan doimo inqiroz kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan iqtisodiy qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo’ladi va bu uzilish iqtisodiy nomutonosibliklarning keskin shaklida nomayon bo’lishidir. Iqtisodiy sikl deganda, odatda ishlab chiqarishning bir iqtisodiy holatidan, yoki bir inqirozdan ikkinchisi boshlanguncha qadar takrorlanib turadigan to’lqinsimon harakati tushiniladi. Inqiroz ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi va siklning qayd etuvchi ifodasidir. U bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarrar ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi, inqiroz vaziyatda asosiy kapitalning ortiqcha jamg’arilishi uning hamma funksional shakillarida nomoyon bo’ladi. Inqirozdan keyin turg’unlik keladi, uning davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoit vujudga kelishi nihoyasiga yetadi. Jonlanish fazosining boshlanishi ozmi-ko’pmi darajada barqaror ishlab chiqarishning kengayishiga o’tishni bildiradi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo’lib qoladi. Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoiliga berilmaydi. Inqirozning qo’yi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlilik o’zining eng past darajasiga erishishi bilan harakterlanadi. Iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi. Inqirozning asosiy sababi takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish uning natijalarini o’zlashtirish o’rtasidagi nomutanosiblik bo‘lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakillarda nomayon bo’ladi. Ishlab chiqarish bilan iste’mol talab va taklif o’rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan nomutonosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqishi imkoniyatini saqlaydi. Hozirgi kunda baʼzi rivojlanayotgan mamlakatlar dollarning oltin-valuta zahirasidagi ulushini kamaytira boshladilar va tovarlarni eksport va import qilish hisob-kitoblarini milliy valutada yoki yevroda amalga oshirmoqda. AQSH tashqi siyosatiga itoat qilmaydigan har qanday “istalmagan” davlatga iqtisodiy sanksiyalar qo‘yishi, jumladan, “istalmagan” davlatlar uchun dollar bilan operatsiyalarni taqiqlashi mumkin. Shuningdek, ko‘plab mamlakatlar markaziy banklarining davlat raqamli valutalarini yaratish uchun loyihalari tufayli ularningaylanmasi 2021 yil boshida 2 trln.dollarga yetdi va kriptovalyuta bozorining tez o‘sishi oqibatida allaqachon jamg‘arma sifatida dollarning ishonliligiga putur yetmoqda. Pul muomalasidagi tektonik siljishlar butun dunyo markaziy banklarini kriptovalyutalarning rivojlanish tendensiyasini kuzatishga va blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda davlat raqamli valyutalarini chiqarishga majbur qilmoqda. Bunday valyutalar to‘lov va hisob -kitob qilish texnologiyalarini ancha soddalashtiradi va agar kriptovalyutalarning joriy etilishi tufayli boshqa davlatlar dollar bilan to‘lovlardan ommaviy ravishda voz kecha boshlasa, dollar qulashi, bu esa katta ehtimol bilan jahon iqtisodiyotidagi o‘ta og‘ir “Tepki” ga aylanishi mumkin. Bizning davlatda iqtisodiy inqirozga qarshi fundamental choralar ko’rib kelinmoqda. 2008-2012 yilga mo’ljallangan iqtisodiy chora tadbirlarni ko’ramizmi yoki taraqqiyotning “O’zbek moduli” haqida so’z yuritamizmi,balki “Harakatlar strategiyasi” tamoyillarini taxlil qilamizmi iqtisodiyotimizdagi munosabatlarni sezilarli darajada uzoq o’ylangan reja asosida talofatlarsiz kelayotganini ko’rishimiz mumkin. Mustaqillik davrlaridagi “Shok terapiyasi” kabi bizga taklif etilgan yo’llar o’rniga biz o’zimizning o’ziga xos yo’limizni belgilab oldik va shu rejalar asosida harakat olib bormoqdamiz. Iqtisodiyotning bir maromda o’zgarishi o’z navbatida yagona islohotchi qarashlarini talab qiladi. Bizning belgilab olgan yo’limizda ham davlat bosh islohotchi vazifasini bajaradi. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish bu davlatning imkoniyatlari cheklanganligi, yoxud iqtisodiyotni yaxshi bilmasligidan emas, balki uzoqqa mo’ljallangan iqtisodiy, strategik yo’li borligidandir. Davlatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish shu orqali aholi qatlamlarining ko’p qismini yaxshi hayot kechirish tarziga o’tishini ta’minlash keskin inqirozlarning oldini oluvchi vosita bo’lib kelmoqda deb o’ylashimiz mumkin. Bugungi kunda turli xil imkoniyatlar yetarli bo’lganligi davlat ruxsatlarining berilishi tashqi investitsiyalar soni va miqdorini keng ko’lamda oshirib kelmoqda. Iqtisodiy o‘sish va prognozlash o’z navbatida iqtisodiy bilimlarni talab etar ekan yaxshi kadrlar masalasi ham iqtisodiy inqiroz kutilayotgan davrda uning oldini olishning zarur choralaridan biri ekanligini bilishimiz mumkin. Dunyo milliarderlarining fikricha pul topish va uni ko’paytirish insonning keng salohiyati va dunyo qarashi bilan birgalikda teran va kreativ g’oyalariga bog’liq ekan. Agarda shu insonlardagi mablag’ni oddiy qatlam aholisiga tenglashtirilganda ham bu mablag’lar ularning hayotini yaxshilatib qo’ymas edi. Toki ularning iqtisodiyot, inqiroz, jamg’arish, budjet, daromad va xarajat kabi masalalarda bilimlari yetmas ekan ular bu mablag’larni shunchaki sarflab yuborishadi. Aslida ayni qo’rqinchili inqiroz va iqtisodiyotning o‘sish mushkulligi ham ana shunda. Aholi orasida iqtisodiy bilimlarni oshirish va iqtisodiy savodxonligini yaxshilash, daromaddan ko’p qismini foydaga aylantirish masalalarini bilish iqtisodiyotda vujudga keladigan har qanday holatga qarshi turishning fundamental himoyasi hisoblanadi. Inqirozga avvalo ko’p hollarda pulning qadrsizlanishi va narxlarning keskin oshishi, valutadagi o’zgarishlar asosiy sabablardan biri bo’lib kelmoqda. Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy holati: Sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi – 98,4 % Chakana savdo tovar aylanmasi oʻsish surʼati – 101,2 % Tashqi savdo aylanmasi oʻsish surʼati – 87,6 % shundan: eksportning oʻsish surʼati – 92,6 %importning oʻsish surʼati – 84,0 % Qurilish ishlari hajmining oʻsish surʼati – 109,1 % Xizmatlar hajmining oʻsish surʼati – 102,2 % Roʻyxatdan oʻtgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni – 424395 ta Faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni – 398771 ta Roʻyxatdan oʻtgan korxona va tashkilotlar soni – 490 718 ta Faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni – 462 584 ta. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, iqtisodiyot sohasida kichik xususiy tadbirkorlikga va ularga investitsiya kiritib kengaytirishga e’tibor qaratilmoqda. Bu sohada qonun hujjatlarida bir qancha imtiyozlar va erkinliklar belgilab berilgan. Xalqni shu tariqa boy qilish va ularning yashash sharoitlarini yaxshilash, shu bilan birgalikda kuchli iqtisodiy asoslarga ega bòlish maqsadida ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston tabiiy boyliklarga boy mamlakat, shu o’rinda ulardan keng tarmoqli foydalanish asoslari bo’yicha ham bir qancha ishlar qilinmoqda. Iqtisodiy mustaqillik eng muhimi shunday ekan iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish asosiy o‘rinda turadi.

Siyosat va uning institutlari jamiyatdagi til imkoniyatlarisiz oʼz maqsadlarini amalga oshirolmaydi. Аyni vaqtda, tilning oʼzi ham siyosatning u yoki bu tarzdagi taʼsiriga uchraydi. Maʼlumki, til davlat tomonidan alohida siyosat va rejalashtirish obʼektiga aylanib boradi. Аdabiyotlarda “maxsus siyosiy til”, “siyosatning funktsional uslubi”, “siyosatning maxsus lugʼat tarkibi”, “maxsus siyosiy leksika” singari iboralar uchraydi. Bizning nazarimizda, “siyosat tili” va “siyosiy ibora” tushunchalari, birinchidan, sinonimlar, ikkinchidan, “maxsus siyosiy til” va “siyosatning funktsional uslubi” iboralariga nisbatan birmuncha umumiyroq tarzda namoyon boʼladi. Binobarin, ular biz oʼrganayotgan fenomenni imkon qadar toʼla qamrab oladi. [Луман, Н., 2001:23] Endi siyosat tilining oʼziga xosligi nimadan iborat degan savolga javob berishga harakat qilamiz. V.Shmidt uni quyidagicha izohlaydi: “Siyosiy leksikaning umumiy alomati uning mafkuraviyligidadir”. Bu fikrga qoʼshilish mumkin emas deb hisoblaymiz. Chunki, birinchidan, mafkuraning siyosiy, huquqiy, diniy va boshqa turlari mavjud. Аlbatta, V.Shmidt boshqacha mafkurani emas, aynan siyosiy mafkurani nazarda tutayotganligi tushunarli. Ikkinchidan, siyosiy ong siyosiy mafkuraga borib taqaladimi? Bunga ham qoʼshilib boʼlmaydi. Uchinchidan, mafkura shunday maʼnaviy hosilaki, unda voqelik xususiy manfaatlar prizmasi orqali aks etadi. Ongda ijtimoiy voqelikni bunday ifodalash siyosiy ongdir. Biroq bu tugal xulosa emas, chunki unda esa ijtimoiy psixologiya qaror topgan. Endi yana siyosat tiliga qaytamiz. Buning uchun umumiy oʼziga xosligini aniqlab olishimiz zarur. Til doimiy oʼzgarib turuvchi, jamiyat va madaniyatda qator, yaʼni ifodalash, anglatish, oʼrganish, axborot yetkazish, kommunikativ kabi vazifalarni bajaruvchi tizimdir. U axborotni saqlash, jamlash va yetkazib berish, insoniy faoliyat, feʼl-atvorni boshqarishning oʼziga xos ijtimoiy-madaniy vositasi hamdir. Odatda, tadqiqotchilar tilning amal qilishi va rivojlanishida “ikki oʼzaro bogʼliq tomonlarni ajratib koʼrsatadi: til tuzilmasi va til ijtimoiy funktsiyalarining rivojlanishi jarayonlarga ongli aralashish uchun imkon yaratadi”. Bizning fikrimizcha, bunday mustaqillik garchi turli tarixiy davrlar va siyosiy tartibotlar sharoitida kechiksa-da, mutlaq mustaqil hodisa emas. Chunki til ijtimoiy va ijtimoiy-tarixiy fenomen sifatida namoyon boʼladi. Аyni vaqtda, oʼz tuzilmasi yoki qurilishi jihatidan olingan til ijtimoiy vazifalariga koʼra tanlangan tilga nisbatan mustaqilroq boʼladi. Biroq bu barcha tillarga tegishli xususiyat sifatida qabul qilinadi. Bundan esa siyosat tilining oʼziga xosligini ajratib ololmaymiz. Endilikda tilni jamiyat va madaniyat kontekstida qarash lozim. Bu yerda bir qator tillarni ajratib koʼrsatish mumkin. Bunday oʼzgaruvchan holat jamiyat va madaniyat murakkab tuzilmaga ekanligidan kelib chiqadi. Shuningdek, madaniyatning ham turli sohalari (fan, din, sanʼat, siyosat, huquq va h.k.) mavjud. Bunday sohalarning har birida oʼz tili shakllanadi. Jamiyatdagi bu ixtisoslashgan sohalar bilan bir qatorda kundalik hayotning uncha qatʼiy belgilanmagan sohasi ham mavjud. Unda “tabiiy til” deb atalmish til, yaʼni koʼplab asrlar davomida shakllangan va kishilarning kundalik hayot faoliyati va oʼzaro munosabatlari vositasi boʼlib xizmat qilgan faoliyat shakli sifatida namoyon boʼladi. Rivojlangan madaniyatda bu til ikkita asosiy, koʼpincha aniq chegaralanmagan koʼrinishda mavjud boʼladi: 1) oddiy xalq tili koʼrinishida; 2) adabiy til koʼrinishida. Tabiiy til ixtisoslashmagani uchun funktsional boʼlmagan til hisoblanadi. [Бахтин М.М., 1979] Jamiyatning nisbatan mustaqil sohalariga xizmat koʼrsatuvchi tillar ushbu sohalar ichida yaratiladi va shuning uchun ham ixtisoslashgan tillar deb ataladi. Аlbatta, bunday til tabiiy tilsiz (birinchi navbatda, adabiy tilsiz) mavjud bula olmaydi. Biroq tabiiy til ham bu yerda oʼzi qoʼllanilayotgan til sohasiga boʼysundirilgan boʼladi. Ixtisoslashgan til maxsus soha va faoliyatga (kasbga, mashgʼulot turiga va h.k.) xizmat koʼrsatadi, shuning uchun funktsional tildir. Shu oʼrinda taʼkidlash joizki, har qanday til - funktsional til ham, funktsional boʼlmagan til ham tuzilmali va funktsional tomonlarga ega. Binobarin, mazkur holatda gap tilning funktsional tizimi toʼgʼrisida emas, balki butun tilning funktsionalligi toʼgʼrisida bormoqda. Siyosat tili yoki siyosiy tilning oʼziga xosligi shundan iboratki, u siyosatni amalga oshirish, siyosiy maqsadlarga erishish vositasi sanaladi. Shu jihati bilan u yuridik, ilmiy, falsafiy tibbiyot va boshqa har qanday funktsional tildan farq qiladi. Biroq siyosat tili tilning barcha qolgan qismlari, umumiy til lugʼat tarkibi bilan chambarchas bogʼliqdir. Аyni vaqtda, siyosat tili tibbiyot, texnika yoki yuristprudentsiya tilidek aniq ajralib turmaydi. Shu asnoda siyosat tili va umumiy til lugʼat tarkibi oʼrtasida doimiy oʼzaro almashuv boradi: siyosiy atamalar, soʼzlar va iboralar umumiy til lugʼat tarkibi boyligiga aylanadi, aksincha, umumiy til lugʼat tarkibidagi koʼp soʼzlar va iboralar siyosat tili tarkibiga oʼtadi. Shu tariqa, siyosiy atamalar u yoki bu darajada oʼzining terminologik xususiyatini yoʼqotadi, umumiy til lugʼat tarkibidagi soʼzlarga esa maxsus (siyosiy) maʼnolar beriladi. “Yuqorida keltirilgan qarama-qarshi tendentsiyalar natijasi,- deb taʼkidlaydi V.Shmidt, - siyosiy til va umumiy til omonimlarining birgalikda mavjud boʼlishidir”. Siyosiy tilning oʼziga xos xususiyatlarini yana quyidagilar bilan izohlash mumkin, birinchidan, siyosat jamiyatning turli-tuman sohalari va darajalari bilan oʼzaro munosabatga kirishadi, bu koʼpincha bevosita va boshqa sohalarga nisbatan koʼproq yuz beradi. Chunki siyosat butun jamiyat uchun moʼljallangan (albatta, gap ichki siyosat toʼgʼrisida bormoqda), siyosiy jarayonlar aholining barcha guruhlari va qatlamlarini qamrab oladi. Ikkinchidan, tilning bu shakli siyosiy kurash, munozaralarda, oʼz yoʼlini ishonchli qilib koʼrsatish va boshqa holatlarda ishlatiladi. Uchinchidan, siyosat tilining eng jiddiy xususiyatlaridan yana biri u kimga yoʼnaltirilgan boʼlsa, uni ishontirishdir.[ Шмидт В., 1979:45] Siyosat tili bir turlik va yaxlit narsa emas. U muayyan tuzilishga ega. Bu tuzilishni: 1) yadro va uning atrofidagi bir qator jamlangan doiralar; 2) bir-biriga nisbatan boʼysundirilgan qator bosqichlar koʼrinishida tasavvur qilish mumkin. Bizning nazarimizda, bu ikki modelь bir-birini toʼldiradi, alohida olinganda esa ular siyosat tilining butun tuzilmasini aks ettirmaydi. Birinchi modelda maxsus siyosiy atamalar asos vazifasini oʼtaydi. U siyosat sohasidagi muhim vazifani oʼz zimmasiga oladi. M.M.Baxtin atamaning oʼziga xosligi haqida shunday yozadi: “Аtamada u chet tildan kirib kelmagan boʼlsa-da, maʼnolarning barqarorlashuvi, metafora kuchining zaiflashuvi yuz beradi, koʼp maʼnolilik yoʼqoladi. Аtamaning bir maʼnoli ekanligi uni boshqa tushunchalardan alohida ajratib turadi”. Bizning nazarimizda, siyosiy atamalar doimo ham qatʼiy bir maʼnoli boʼlavermaydi. Turli siyosiy tizimlarda aynan bir maʼnoli soʼzlar butunlay qarama-qarshi fikrlarni ifodalashi mumkin. Bunday holatni huquq, tibbiyot va texnika va boshqa sohalarda ham uchratish qiyin. Maʼlumki, siyosat tashqi va ichki siyosatga, ichki siyosat esa bir qator boʼlimlarga (iqtisodiy siyosat, madaniy siyosat taʼlim sohasidagi siyosat va boshqalarga) boʼlinadi. Shuning uchun siyosat tilining negizida, uning terminologiyasida quyidagilar yotadi: a) barcha siyosat (yaʼni ham ichki, ham tashqi siyosat) uchun umumiy boʼlgan atamalar; b) tashqi va ichki siyosatga mansub boʼlgan atamalar ajratib koʼrsatiladi. Biroq ichki siyosat, oʼz navbatida, tarmoqlarga boʼlinadi. Binobarin, bu yerda ham butun ichki siyosat uchun umumiy boʼlgan atamalar va uning tarmoqlaridan faqat biriga xos boʼlgan atamalar ajratib koʼrsatiladi. Siyosat tilda madaniyatning turli sohalari va aholining turli qatlamlaridan oʼzlashtirilgan, targʼibot, siyosiy tadbirlar mohiyatini izohlash, ommaga tanilish, yaʼni jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadlarida qoʼllaniladigan leksika oʼz ifodasini topadi.[ Бахтин М.М., 1979:36] Siyosiy tilning yuqori bosqichini rasmiy til egallaydi. Bu tashqi siyosiy faoliyatda turli-tuman deklaratsiyalar, bayonotlar, memorandumlar, notalar, ichki siyosiy faoliyatda esa siyosiy dasturlar, dekretlar, qarorlar, farmonlar va boshqalar tilidir. Bu til qatʼiy tanlab olingan, sinovdan oʼtgan atamalardan tashkil topadi. Ular hissiy jihatdan betaraf va asosan tinglovchilarning intellektual darajasiga moʼljallangan. Undan quyiroqda esa muloqotlar tili joylashadi. Uning vazifasi muloqotda ishtirok etuvchi tomonlar oʼrtasida (bular boshqa davlatlar, partiyalar yoki tashkilotlarning vakillari boʼlishi mumkin) kelishuvga erishish yoxud loaqal til darajasida manfaatlar umumiyligini taʼminlashdir. Diplomatik muloqotlar tili ushbu darajaga mansubdir. Mazkur darajadagi til uncha rasmiy emas, atamalarda va shakllanishda birmuncha moslashuvchanroq. Undan yana quyida siyosiy tarbiya tili joylashadi. Uning vazifasi – meʼyoriy tuzilmalarga erishish va fuqarolarda siyosiy yondashuvlarni shakllantirish hisoblanadi. Ushbu darajadagi til hissiyligi, ifodaliligi, moslashuvchanligi va dalil-isbotlarga tayanishi bilan xarakterlanadi. Siyosiy tarbiya tili taʼlim sohasida, ommaviy kommunikatsiya vositalarida keng qoʼllaniladi. Siyosat tili tuzilmasining eng quyi darajasini siyosiy targʼibot tili tashkil etadi. U siyosiy nutqlar, partiyalarning baholar va fikrlar tuzilmasini oʼzgartirish yoki aksincha, ularni mustahkamlash uchun targʼibot jarayonlarida ishlatiladi. U koʼp jihatdan siyosiy tarbiya tiliga oʼxshashdir, ammo undek moslashuvchan va dalillarga toʼla emas. Bu tilda maxsus siyosiy atamalar deyarli qoʼllanilmaydi, biroq qochirim, kesatiq, baho berishdagi mubolagʼa va boshqalardan foydalaniladi. Bu til saylov kampaniyalarida, xususan, RR texnologiyalardan foydalanilayotganda keng qoʼllaniladi.[Xonazarov Q, 2009:136]b Siyosiy targʼibot darajasidagi til ancha mavhumdir. Buning sababi u imkon qadar keng auditoriyaga moʼljallanganligidir. Unda shiorlar alohida oʼrin egallaydi. Bular oʼta funktsional soʼzlardir; bular fikrlarni shakllantirish va ularni oʼzgartish sohasidagi ommabop nutqning ajralmas qismidir. Soʼz oʼz-oʼzidan shiorga aylanmaydi. Masalan “demokratiya”, “taraqqiyot”, “birdamlik” kabi soʼzlar fan tilida shior maʼnosida qoʼllanilmaydi. Bular tushunchalar hisoblanadi. Shiorbop soʼzlar esa tushunchalar emas, balki nutq, siyosiy nutq fenomenidir. Shu asnoda shiorbop soʼzlarda ularning axborot jihati ikkinchi oʼringa tushib qoladi va hatto butunlay siqib chiqarilishi ham mumkin. Natijada, ularning oʼrnini esa funktsional ahamiyatga ega boʼlgan mafkuraviy jihatlar egallaydi.

O`zbеkiston Rеspublikasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda ma`naviy mеrosimizni, madaniy qadriyatlarimizni tiklash va ularni xalqimizga еtkazish borasida kеng ko`lamda faoliyat olib borilmoqda.Rеspublika Prеzidеnti I.A. Karimov ta`kidlab o`tganidеk, ma`naviyatning mohiyati shunchalik kеngki, uni o`lchab ham, poyoniga еtkazib ham bo`lmaydi. U inson uchun butun bir olamdir.Jamiyatimiz hayotida ma`naviy kamolotni tеzlashtirish, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish, milliy qadriyatlarni o`rganish mustaqillikni mustahkamlashning asosiy vazifalaridan biridir.


Hayotimizda ma`naviy kamolotni rivojlantirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda-ajdodlarimizning bizgacha еtib kеlgan boy madaniy mеroslarini o`rganish ham katta o`rin egallaydi. Shu sababli O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti tomonidan qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan mеroslarini o`rganish va tarqib etish uchun kеng yo`llar ochildi. Bu boradagi tadbirlar mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq amalga oshirila boshladi.
Madaniy-ma`rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat tomonidan katta mablaqlar ajratildi. O`zbеkistondagi barcha davlat tеatrlari, madaniyat uylari, san`at oliy o`quv yurtlari, folklor-etnografik guruhlar madaniyat o`choqlariga aylanib qoldi. Tеatr sahnalarida yangi zamonaviy spеktakllar qo`yila boshlandi. MDO` dagi davlatlar ilan ijodiy hamkorlik yo`lga qo`yildi, turli xalqaro anjumanlar o`tkazildi.Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan yondoshishga chеk qo`yildi. Bahovuddin Naqshband, Fеruz, Xo`ja Ahror, Cho`lpon, Fitrat kabi allomalarning nomlari tiklanib, asarlari chop etildi.1991 yili buyuk alloma, qazal mulkining sultoni Alishеr Navoiy yubilеyini o`tkazish katta voqеa bo`ldi. Bu tantanaga baqishlanib Rеspublikamizda shoirning asarlari nashrdan chiqarildi. 1994 yil Mirzo Uluqbеk tavallud topgan kunining 600 yilligi kеng ko`lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YuNЕSKO ning Parijdagi qarorgohida yubilеyga baqishlangan haftalik va unga ko`rgazma ochildi.Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron Amir Tеmurning 660 yilligi
bo`lib o`tdi. YuNЕSKO tomonidan 1996 yil «Amir Tеmur yili» dеb e`lon qilindi. Shu yili YuNЕSKO ning Parijdagi qarorgohida «Tеmuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi» mavzuida anjuman va unga baqishlangan ko`rgazma ochildi.Mamlakatimizda «Tеmuriylar tarixi davlat» muzеyi, Amir Tеmur nomi bеrilgan boqlar, ko`chalar barpo etildi.
Rеspublikamizda bizgacha еtib kеlgan boy mеroslarni o`rganish, milliy o`zlikni anglash, ma`naviy qadriyatlarni rivojlantirishga katta e`tibor bеrilmoqda va ularga nisbatan xalqimizning chuqur hurmat va ehtiromi ko`rsatilmoqda. So`nggi yillarda tashkil etilgan «Oltin mеros» jamqarmasi, Abdulla qodiriy nomidagi «Mеros» nashriyotlari kеng miqyosda ma`naviy-ma`rifiy ishlarni olib bormoqda.
Islom olamining allomalari Iso at-Tеrmiziyning 1200 yilligi, Mahmudaz Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroninng 850 yilligi, Bohovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi kеng ko`lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi.Barcha viloyatlar va shaharlarda har yili Alishеr Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiylarga baqishlanib kеchalar o`tkazildi, Jaloliddin Mangubеrdining 800 yillik tavalludiga, «Alpomish» dostonini yaratilishining 1000 yilligiga baqishlangan turli kеchalar, bahslar tashkil etildi.
Ma`naviy hayotni takomillashtirish borasida 1994 yil O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti tomonidan ma`naviy qadriyatlarni o`rganish va uni takomillashtirish borasida «Ma`naviyat va ma`rifat» jamoatchilik markazini tuzish haqida farmon e`lon qilindi. Markaz tomonidan Imom al Buxoriyning yubilеyiga baqishlab, qur`oni karimdan kеyin ikkinchi o`rinda turadigan «Al-Jomе`, as-Sahiyh» (Ishonarli to`plam), «Al-adab, as-mufrad» (Adab durdonalari) o`zbеk tiliga tarjima qilinib, nashrdan
chiqarildi.1998 yili Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al Farqoniy tavalludining 1200 yilligi jahon miqyosida kеng nishonlandi. Yubilеylar munosabati bilan allomalar hayotiga baqishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko`rgazmalar ochildi.Bularning barchasi O`zbеkistonda chinakam milliy qadriyatlarni tiklash uchun yuritilayotgan katta ishlardan dalolat bеradi.
Ayniqsa, al Buxoriy xalqaro jamqarmasining ochilishi katta voqеa bo`ldi. Rеspublikamiz Prеzidеnti Imom al Buxoriyning, Ahmad al Farqoniyning mo``tabar nomlarini tiklash, xalqimiz, qolavеrsa, butun dunyo musulmonlariga qaratilgan shaxsiy tashabbusi bilan ul-zoti shariflar sha`niga uluqvor yodgorliklar va jamqarmalar tuzishga imkon yaratildi.Jamqarmaning maqsadi Imom al Buxoriyning hayoti, ilmiy mеrosi, u yashagan davr fani va madaniyatiga oid bo`lgan tarixiy manbalarni o`rganishdan iboratdir.
Islom olami buyuk namoyondalarining to`y-tantanalari nishonlanishi butun dunyo xalqlarining diqqat-e`tiborida bo`ldi.Ma`naviy mеrosning tiklanishi uning bir bo`lagi bo`lgan diniy qadriyatlarga ham e`tiborni kuchaytirdi. 1992 yil Prеzidеnt farmoni bilan Ramazon va qurbon hayit kunlari umumxalq bayrami dеb e`lon qilindi.«Movarounnahr» diniy boshqarmasining ham faoliyati Rеspublikamiz ayotida o`z o`rnini egalladi.
Xalqimizning asrlar davomida nishonlanib kеlingan bayramlaridan «Navro`z» umumxalq bayrami sifatida qayta tiklandi.Jamiyat taraqqiyotida ro`y bеrayotgan o`zgarishlarni tushunish, hurfikrlikka intilish uchun kishilarni yangi yo`ldan olib boruvchi g`oyaviy qarashlar ham hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biri bo`lib qolmoqda.
O`rta Osiyo, xususan, O`zbеkiston hududida qadimdan boshlab ayniqsa astronomiya, matеmatika, tibbiyot, kimyo, mе`morchilik, ma`danshunoslik, falsafa, musiqa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik rivojlangan. g`ozirgi kunda O`zbеkiston olimlari ota-bobolari yaratib kеtgan ilmiy mеrosni chuqurroq o`rganib yanada boyitdilar. O`zbеkiston olimlari o`z ilmiy asarlari va kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyatiga munosib hissa qo`shdilar. Rеspublikamizda O`zbеkiston Rеspublikasi Fanlar akadеmiyasi, qishloq xo`jalik fanlari akadеmiyasi, Davlat va jamiyat qurilishi akadеmiyasi, Bank-moliya akadеmiyasi, Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti, Islom tadqiqotlari markazi va boshqalar faoliyat ko`rsatmoqda. Nukus va Samarqandda O`zbеkiston Rеcpublikasi FAning bo`limlari ochilgan. Ilmiy tadqiqot ishlari xalq xo`jaligining turli tarmoqlarida faoliyat ko`rsatadigan ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy markazlari, shuningdеk, univеrsitеtlar va boshqa oliy o`quv yurtlarida ham olib boriladi. Ilmiy kadrlar Fanlar akadеmiyalari tizimida ham, oliy o`quv yurtlari, xalq ta`limi tizimida ham tayyorlanadi. Faqat Oliy va O`rta maxsus ta`lim tizimidagi o`quv yurtlarida 600 dan ziyod fan doktorlari va dеyarli 6 mingga yaqin fan nomzodlari o`qituvchilik va
ilmiy faoliyat bilan shug`ullanadilar.O`zbеkiston mustaqillikka erishganidan so`ng mamlakatda ilm-fanga alohida e`tibor bеrildi. Xalq xo`jaligi va madaniy hayotning tobora ortib borayotgan talablaridan orqada qolayotgan ilmiy tadqiqot institutlari tugatildi. Turmush taqozo etgan yangi institutlar ochildi. Rеspublikamiz Vazirlar Mahkamasining 1995 y. 3 aprеlidagi qarori bilan O`zbеkiston Rеspublikasi FAning yangi Nizomi tasdiqlandi.O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 1992 y. 8 iyuldagi farmoni hamda uni amalga oshirish yuzasidan O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar mahkamasining «Fanlar rivojlanishini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash tadbirlari va innovatsiya faoliyati haqida»gi qarori mamlakatda fanni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Rеspublika olimlarini xorijiy mamlakatlarga tajriba oshirishga yuborishga alohida e`tibor bеrildi. Ilmiy еchimlarni ichki va tashqi bozorda targ`ib etish va tarqatish, maqsadida FA nеgizida «o`zFANT» Rеspublika ilmiy ishlanmalari innovatsiya tijorat markazi tashkil etildi.O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining farmoniga binoan Rеspublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy attеstatsiya komissiyasi tashkil etilishi munosabati bilan FAning mavqеi ortdi.o`zbеk olimlarining fan-tеxnika sohasidagi yutuqlari nafaqat O`zbеkiston balki jahon hamjamiyatida ham tan olina boshlandi va ko`pchilik olimlarimiz davlatimiz mukofotlariga sazovor bo`ldilar va xorijiy davlatlar akadеmiyalariga haqiqiy ham faxriy a`zolikka saylandilar. O`zbеkiston Rеspublikasining Fanlar Akadеmiyasi al-Xorazmiy nomidagi, Zahiriddin Muhammad Bobir nomidagi oltin mеdallarni ta`sis etdi. 1993 yilda O`zbеkiston Rеspublikasi FAning akadеmigi g`.F. Fozilov tabiiy va tеxnikaviy fanlar sohasida katta yutuqlarga erishgani uchun al-Xorazmiy nomidagi Oltin mеdalning birinchi sohibi bo`ldi.Zahiriddin Muhammad Bobir nomidagi Oltin mеdal birinchi bo`lib shu yili ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasida katta yutuqlarga erishgani uchun filologiya fanlari doktori O`zbеkiston Rеspublikasi Fanlar Akadеmiyasining muxbir a`zosi U.I. Karimovga nasib etdi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, davlat va jamiyatning barcha sohalarida ulkan o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. “Islohotlarning mazmuni va maqsadi, - dedi I.A. Karimov, - har bir O‘zbekiston fuqarosi, millati, e’tiqodi va e’tiqodidan qat’i nazar, o‘zini shaxs sifatida namoyon qilishi, o‘z qobiliyati va iste’dodini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlarni yaratishdir”.


Jahon tajribasiga, aholining milliy-tarixiy turmush tarziga, mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlariga asoslanib, O‘zbekiston rahbariyati jamiyatni isloh qilishda o‘ziga xos yondashuvlarni ishlab chiqdi. Transformatsiya jarayonining o‘ziga xos xususiyati bir qator omillar bilan aniqlandi:
1980 yillarning oxiridagi inqirozli holatga xaos xususiyatlar:
• tadbirkorlik va xususiy mulkchilik ruhidan mahrum bo‘lgan totalitar tizimdan meros qilib olingan rejalashtirilgan iqtisodiyot psixologiyasi;
• aholining faol siyosiy ishtirok etishining minimal tajribasi;
• kollektivistik prinsiplarga, davlat totalitarizimiga asoslangan milliy an’ana va urf-odatlar;
*ijtimoiy tenglik, mehnat qilish huquqi, davlat tomonidan ta’minlanadigan umumiy bepul ta’lim va sog‘liqni saqlashni kutish;
• mamlakatda o‘ziga xos urf-odatlarga va madaniyatga ega 100 dan ortiq guruhlarni tashkil etuvchi rang-barang etnik tuzilma;
• aholining yuqori o‘sish sur’ati, ularning yarmidan ko‘pi qishloq joylarida istiqomat qiladi va ularning 60 foizdan ko‘prog‘i 25 yoshdagi odamlardir.
Vaziyatni real baholagan mamlakat rahbariyati o‘zining rivojlanish yo‘lini belgilab oldi, unga quyidagilar kiradi:
• ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni o‘rnatish;
• fuqarolar tinchligi va hamjihatligini ta’minlash;
*Milliy o‘ziga xoslikni rivojlantirish; O‘zbekiston fuqarolariga vatanparvarlik va respublikasi uchun g‘urur hissini singdirish;
• qonun ustuvorligini mustahkamlash;
*Fuqarolarning irqi, millati, dini, yoshi va tilidan qat’i nazar huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi;
• xalq farovonligini, davlat va jamiyat farovonligini ta’minlash;
• faollik va tashabbusni qo‘llab-quvvatlash;
• tadbirkorlik erkinligi, boshqaruvning bozor shakllarini rivojlantirish va rag‘batlantirish.
Islohotning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish; ularni amalga oshirishda davlatning etakchi roli; kuchli ijtimoiy siyosat; faol tarkibiy siyosat; O‘zbekiston xalqlarining madaniy qadriyatlari va an’analaridan faol foydalanish.
O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘li to‘plangan xalqaro tajribadan ijodiy foydalanishga asoslangan bo‘lib, unda milliy xususiyatlar, turmush tarzi, xalqning urf-odatlari va madaniyati, butun dunyoda tan olingan modellarga muvofiq yaratilgan davlat tuzilmalari va siyosiy institutlarni o‘zida ifoda etadi.
Suveren O‘zbekiston o‘zining yangilanish va taraqqiyot yo‘lini tanladi. YAngi davlat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarning chuqurligi muayyan sharoitlar kompleksini hisobga olgan holda, "o‘zbek modeli" deb nomlangan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning o‘ziga xos modelini tanlashni belgilab berdi. Ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan modelning mohiyati va mazmuni davlat va konstitutsiyaviy tuzilmani tubdan o‘zgartirish va yangilash, iqtisodiyotni demokratlashtirish va uning siyosatdan ustunligi ta’minlash, davlatga bosh islohotchi, islohotlarning tashabbuskori kabi vazifalarini yuklash, qonun ustuvorligini erishish, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish kabilarni o‘zida mujassam etdi.
Mamlakatimiz, shunday qilib, Birinchi Prezident I.A. tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyilga asoslangan o‘zining uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini tanladi. Bu tamoyillar O‘zbekistonning yangilanishi va rivojlanishi uchun poydevor qo‘ydi, islohotlarning asosiy maqsadi - mustaqil, demokratik, iqtisodiy rivojlangan, qonun va adolat tarafdori bo‘lgan davlat barpo etishdan iborat ekanligini belgilab berdi.
Jamiyatni isloh qilish va yangilashni maqsad qilib qo‘ygan iqtisodiy rivojlanishning o‘zbek modeli vazmin va muvozanatli vaziyatni ta’minlab, O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ishonchli to‘siq va xavfsizlikning etarli chegarasini yaratdi, uni spekulyativ kapital ta’siridan va jahon moliya va fond bozorlarida nazoratning yo‘qligidan xalos qildi. Ushbu modelning joriy etilishi makroiqtisodiy barqarorlikni, moliya-bank sektorining barqaror ishlashini va valyuta jamg‘armalarining o‘sishini ta’minladi.
Bozorga o‘tishning o‘zbek modeli - O‘zbekistondagi bozor tizimi tabiiy ravishda tarixiy o‘tmishning xususiyatlari, milliy va madaniy qadriyatlari, aholining xulq-atvor stereotiplari, tadbirkorlik turlari, ishlab chiqarishni boshqarish shakllari va usullarini hisobga olgan ishlab chiqilgan bo‘lib, u sun’iy ravishda u yoki bu turdagi xorijiy modelni avtomatik ravishda joriy etishni inkor etar edi.
SHu bilan birga, u tarkibiy, investitsiyaviy, kredit-moliya, valyuta, tashqi savdo siyosatining umumbashariy tamoyillarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, bu har xil turdagi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi mamlakatlarga jahon bozori talablari asosida moslashishga imkon berdi. Ushbu chora-tadbirlar, aslida, barcha mamlakatlar uchun bir xil, ammo ularning kombinatsiyasi, muayyan sharoitlarda va har bir bosqichda ulardan foydalanishning tabiati va tartibi muayyan o‘zgaruvchan mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.
Ma’lumki, mashhur va xalqaro miqyosda e’tirof etilgan “O‘zbek modeli” quyidagi beshta tamoyilga asoslanadi:
Birinchidan, iqtisodiyot siyosatdan ustun bo‘lishi kerak.
Ikkinchidan, qiyin o‘tish davrida davlat bosh islohotchi bo‘lishi kerak. Bu degani, davlat mavjud sharoitda barcha odamlarning manfaatlarini ko‘zlab, islohotlar jarayonini boshlashi, iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashi, suveren davlatimizning iqtisodiyoti, ijtimoiy sohasi va ijtimoiy-siyosiy hayotidagi tub o‘zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va izchil amalga oshirishga bosh-qosh bo‘lishi demakdir.
Uchinchidan, butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni huquqiy asosga, ya’ni qonun ustuvorligiga asoslanishi kerak. SHundagina, iqtisodiy o‘zgarishlarning aniq natijalariga erishish, amaliy kuchga ega bo‘lgan tasdiqlangan qonunlarga asoslanib, ularni qaytarib bo‘lmaydigan holga keltirish mumkin.
To‘rtinchidan, real demografik vaziyatni, aholining mavjud turmush darajasini hisobga olgan holda, bozor munosabatlariga o‘tishda odamlarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha oldindan qat’iy choralar ko‘rilishi kerak. Faqat kuchli, samarali ijtimoiy himoya mexanizmi va ijtimoiy kafolatlar bilan, iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni saqlab, bozor iqtisodiyoti sari jadal rivojlanishni ta’minlash mumkin.
Beshinchidan, yangi iqtisodiy bozor munosabatlarining shakllanishi muvozanatli, puxta o‘ylangan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Demokratik va iqtisodiy o‘zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun barcha prinsiplar teng ravishda qat’iy rioya etish muhimdir. Bularning barchasi iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantig‘i, dinamikasi va xususiyatini belgilovchi etakchi omillardir.
Bozor o‘zgarishlarining o‘zbek modelini tavsiflab, I.A. Karimov jumladan shunday degan edi: "Bizning mustaqillik va taraqqiyot yo‘limiz respublika xalqlarining turmush tarzi, o‘ziga xos shart-sharoitlari, urf-odatlari inobatga olingan holda tanlangan. Ushbu yo‘l jahon amaliyotini, dunyoning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarining ijobiy tajribasini ham hisobga oladi ".
Bir qator xorijiy ekspertlarning fikriga ko‘ra, "o‘zbek modeli" - bu O‘zbekistonning milliy etakchisi I.A.Karimovning kashfiyotidir.
Bilasiz, buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati davlatning asosiy qonuni - Konstitutsiya hisoblanadi. U huquqning umumiy tizimida asosiy o‘rinni egallaydi va davlat va jamoat tashkilotlarining barcha qonunlari va boshqa huquqiy normalari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Biz Asosiy Qonunimizni yaratish tarixi va uni tayyorlashga unutilmas hissa qo‘shgan insonlarning nomlari to‘g‘risida chuqur hurmat bilan gapiramiz. O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish g‘oyasi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 1990 yil mart oyida ilgari surilgan bo‘lib, bu uning kelgusi suvereniteti va demokratlashtirilishning asosi bo‘ldi.
Mustaqillik yillarida huquqni muhofaza qilish organlari va milliy xavfsizlik tizimi ham yangi asosda yaratildi, mamlakatning chegaralari va suverenitetini himoya qilishga qodir bo‘lgan Qurolli Kuchlarimiz shakllantirildi. Shu bilan birga, tashqi aloqalarni ta’minlash uchun institutsional tuzilmalar - Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki va boshqa ixtisoslashgan muassasalar shakllantirildi.
Milliy armiya mustaqillikning ajralmas ramzi va mustaqil davlatchilikning muhim institutidir. Ma’lumki, mustaqillikka erishgunga qadar, O‘zbekiston boshqa sobiq Sovet respublikalari singari o‘z Qurolli kuchlariga ega emas edi. Butun O‘rta Osiyoni qamrab olgan va katta strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Turkiston harbiy okrugining markazi Toshkentda joylashgan edi. Shuning uchun O‘zbekistonda suveren rivojlanishining dastlabki bosqichlaridan boshlab milliy armiyani tuzishga ustuvor ahamiyat berildi. 1991 yil sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish to‘g‘risida" gi qarori chiqdi va 1992 yil iyul oyidagi Farmon bilan u O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi deb nomlandi.Shundan buyon O‘zbekistonda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlanib kelmoqda
Qabul qilingan Milliy xavfsizlik kontsepsiyasi asosida, tez o‘zgaruvchan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni, Markaziy Osiyo mintaqasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni har tomonlama tahlil qilish asosida, O‘zbekiston Qurolli kuchlarni qurish va tashkil etishning mutlaqo yangi prinsiplariga asoslangan armiyani isloh qilish bo‘yicha uzoq muddatli dastur ishlab chiqildi.
Islohotning asosiy maqsadi - strategik va taktik vazifalarni samarali hal qilishga qodir, davlat chegaralari va uning hududiy yaxlitligi hamda daxlsizligiga har qanday tajovuzlarni zararsizlantirish va munosib ravishda qaytarishga qodir bo‘lgan, zamonaviy, harakatchan, yaxshi qurollangan armiya tashkil etishdir.
Yüklə 44,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə