«Insert» metodi



Yüklə 11,78 Kb.
tarix30.05.2022
ölçüsü11,78 Kb.
#88396
Insert-metodi


«Insert» metodi
Sinf o`quvchilari guruhlarga bo`linadilar, guruhlar nomlanadi. O`qituvchi yangi mavzuni e’lon qiladi va har bir guruhdan yangi mavzuga oid ikkitadan fikr bildirishlarini so`raydi. Guruhlar navbati bilan (ushbu jarayonda guruhning barcha a’zolari faol ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadga muvofiq) fikr bildiradilar. Bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi. Faoliyat yakunlangach, o`qituvchi yangi mavzu mazmuni yoritilgan matnni o`quvchilarga tarqatadi. So`ngra shunday topshiriq beriladi:
Topshiriq. a) Matn bilan tanishib chiqing; b) Matnning har bir qatoriga quyidagi belgilarni qo`yib chiqing:
Z - matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikr o`z aksini topgan bo`lsa; S - matnda guruxlar tomonidan bildirilmagan fikr yuritilgan bo`lsa; D - matnda bildirilgan fikrlarga zid fikrlar mavjud bo`lsa; ? - matn bilan tanishish jarayonida tushunmovchiliklar yuzaga kelsa.

So`ngra guruh a’zolari shaxsiy qarashlarini o`zaro o`rtoqlashadilar, guruh bo`yicha belgilar soni umumlashtiriladi. Liderlar vositasida har bir belgining miqdori bayon etiladi va izohlanadi. O`qituvchi guruhlar tomonidan qayd etilgan sonlarni ularning nomlari yozilgan ustunga yozib boradi.


O`qituvchi har bir guruh lideri fikrini tugatgach, yuzaga kelgan qarama qarshilik va tushunmovchiliklarni o`quvchilar to`g`ri xal etishlariga va tushunib olishlariga yordam beradi.
SHundan so`ng guruhlar darslikda berilgan matn bilan tanishib chiqib, asosiy tushunchalarni ajratidalar ular o`rtasidagi mantiqiy munosabatlarni ochib berishga harakat qiladilar (modellashtiradilar). Guruhlar tomonidan ilgari surilgan fikrlar umumlashtirilib, liderlar tomonidan sinf jamoasida yetkaziladi.

Yüklə 11,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə