Inson omilining tabiiy muhitga ta’siri



Yüklə 22,22 Kb.
tarix21.04.2018
ölçüsü22,22 Kb.
#39829

Aim.uz

Inson omilining tabiiy muhitga ta’siri

Inson va tabiiy muhit o’rtasidagi o’zaro aloqalarni umumiy tarzda quyidagicha ko’rsatish mumkin.


O’zaro ta’sir va aloqalar

Tabiat


Inson

Fan va texnika

Aholi sonining o’sishi. Urbanizasiya

Ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi

Atrof-muhitga va tabiiy resurslarga ta’siri

Tabiatdan to’g’ri foydalanish, Atrof-muhitni muhofaza qilish, zahiralarнi tejab kompleks foydalanish, tabiatni oqilona o’zgartirish

Tabiiy resurslarning kamayishi

Atrof-muhitning ifloslanishi, landshaftning o’zgarishi



1-rasm. Inson va tabiiy muhit o’rtasidagi o’zaro aloqalarning umumiy ko’rinishi.
Odatda, inson omilining tabiiy atrof-muhitga ta’sirini antropogen omil deyiladi. Bu ta’sirning asosiy shakllari quyidagilardan iborat.

1. Sanoat, transport, qurilish va energetika tarmoqlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishi o’ziga xos zaharli va zararli chiqindilarni paydo bo’lishiga olib keldi.

2. Qishloq, xo’jaligini kimyolashtirish, ya’ni kimyoviy moddalardan keng foydalanish, yangi erlarni o’zlashtirish, yaylovlar va to’qayzorlarni qisqartirish nafaqat tabiiy muhitga zarar keltirdi, balki erlarni meliorativ holatini buzishga va mahsulot sifatini pasaytirishga olib keldi.

Z. Dehqonchilikni rivojlantirish tufayli tabiiy o’simliklar va ba’zi bir hayvonot turlari keskin kamayib bordi. Masalan, erlarni jadal haydash natijasida chirindilar miqdori haydalmagan erlarga nisbatan 42% kam to’plaiishi aniqlangan. Erlarni sug’orilishi natijasida mikroiqlim o’zgarishi yuz bermoqda. Nisbiy namlik 8-10% dan 35-50% gacha ortishi mumkin. Bu esa ekinlar hosildorligini kamaytiradi.

Bundan tashqari, tuproq tarkibidagi qumursqalar va mikrooganizmlar texnika vositalarining o’ta og’irligidan va turli zararli kimyoviy moddalarining ta’siridan katta zarar ko’rmoqda va tuproq quvvatining kamayishiga sabab bo’lmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, tuproqning zichligi 1,20-1,35 g/sm3 atrofida bo’lishi kerak. Ammo og’ir traktor erni bo’yi va eni tomon bir marotaba o’tsa, 20 sm chuqurlikdagi tuproqning zichligi 1,50 g/sm3 ni tashkil yetadi. Agar ushbu traktor 3 marotaba erga ishlov bersa, tuproqning zichligi 1,60 g/sm3 gacha ortishi mumkin. Demak, tuproq zarrachalari og’irlik kuchi ta’sirida zichlashib, qumursqa va mikraorganizmlar hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Hol buki tuproq unumdorligini aynan mana shu jonzotlar belgilaydi. Tuproq-tirik, katta bir jonli kombinatga o’xshaydi, unda hamma vaqt hayot qaynab turadi.

4. YAylovlarda surunkasiga bir erga chorva mollarini boqish cho’l o’simliklari hosildorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, tuproq qatlamini eroziyaga uchrashishiga sabab bo’ladi.

5. O’rmonzorlarni haddan tashqari qisqartirilishi nisbiy namlikni 5-10% kamaytiradi, atmosfera havosiga chiqariladigan kislorod (O2) miqdorini kamayishiga sabab bo’ladi, karbonat angadrid (SO2) gazini ortishiga va iqlimning o’zgarishiga olib keladi.

b. Daryo suvlari oqimini o’zgartirish va xususan yangi suv omborlarini qurish – quyi mintaqalarda ekologik tanglikni keltirib chiqarmoqda. Masalan, Arnasoy ko’llari tizimida vujudga kelgan ekologik muammolar buning yorqin misolidir.

7 .YAngi kimyoviy moddalardan keng ko’lamda qo’llanilishi ekologik muvozanatni buzishiga olib kelmoqda. Masalan, agar 1960 yilgacha 1mln turdagi kimyoviy moddalar ishlatilgan bo’lsa, 1970 yilga kelib ularning turlari 1mln 200ming gacha etdi. Ularning ko’pchiligi modda almashishiga ishtirok etmasada, ammo vaqt o’tishi bilan salbiy oqibatlarga keltirishi mumkin. Masalan, bir qator sintetik moddalar (plastmassa turlari, rezina, plyonka va tolalar va boshqalar) tabiiy holda zararli emas, ammo ularmi qo’ydirib yuborish atrof-muhitga salbiy ta’sir yetadi. SHuning uchun ularga qayta ishlov beriladi, yoki umuman maxsus poligonlarda ko’mib tashlanadi.

8. Tabiiy resurslardan jadal va rejasiz foydalanish jon boshiga iste’mol qilinadigan mahsulotlar miqdorini o’sishiga sabab bo’lmoqda. Masalan, 1940 yilda iste’mol qilinadigan mahsulotlar 7,4 tonnani, 1960 yilda 14,Z t tashkil etgan bo’lsa, 2000 yilga kelib 35-40 tonnani tashkil etdi.

Yiliga 100 mlrd t boyliklarni qazib olish uchun 600 mlrd t tog’ jinslari bir joydan ikkinchi joyga ko’chiriladi. Natijada turli chuqurlik va xandaklar, tashlandiq tog’ uyumlari va turli kimyoviy tarkibga ega bo’lgan chiqindilar paydo bo’lmoqda. Ular shamol va yog’ingarchiliklar ta’sirida atrof-muhit musaffoligiga katta ta’sir ko’rsatmoqda.

9. Urbanizasiya jarayoni, ya’ni aholining ortib borishi, yangi shaharlar paydo bo’lishi va yangi infratuzilmalar vujudga kelishi ham inson faoliyati bilan chambarchas bog’liqdir.

Agar 1975 yilda dunyo aholisining 40% shaharlarda yashagan bo’lsa, xozirgi paytda bu 45% ni tashkil etmoqda.



AQSH va YAponiyada umumiy aholining 70%i, Fransiyada 75%i, Buyuk Britaniyada 80%i shaharlarda yashaydi. Respublikamiz umumiy aholisining 40,3%i shaharlarda yashab kelmoqda. O’zbekistonda aholisi 100 ming kishidan ortiq bo’lgan 110 ta shaharlar mavjud. Hozirgi paytda shahar aholisining o’rtacha odam boshiga chiqaradigan chiqindilari 100-400 kg ni tashkil etmoqda. Toshkent shahridan yiliga 600 ming t, va Buxoro shahridan 100 ming t shahar chiqindilar va axlatlar chiqariladi.
Yüklə 22,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə