Intelektual boshqaruv va kompyuter tizimlari



Yüklə 15,84 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü15,84 Kb.
#164692
mustaqil ish


ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI


“INTELEKTUAL BOSHQARUV VA KOMPYUTER TIZIMLARI” FAKULTETI
AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNALOGIYALARI YO’NALISHI
YO’NALISHGA KIRISH
fanidan

MUSTAQIL ISHI


Mavzu:Internet tarmog’I va uning tuzilishi
Bajardi:30-23 talabasi
Maxammedova M
Tekshirdi:Ergasheva

Reja:
1.Internet tarixi va tuzilishi


2.Internet xalqaro kampyuter tarmog’i.
3.O‘zbekiston Respublikasidagi Internet tarmog‘ining rivojlanishi.

Hozirgi kunda Internet dunyo bozorini o'rganishda va savdo-sotiq ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o'zaro aloqa bogiash yoki ma'lumotlar almashish tarmog'i bo'libgina qolmasdan, unda mavjud bo'lgan ma'lumotlar ombori majmuyi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Internetning kompyuterlar bilan bog'hq bo'lgan narsalardan muhim farqi shundaki, u o'zi haqidagi ma'lumotlarni ham o'zida saqlay olishidir.1992—93-yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web deb nomlangan.World Wide Web ning yaratilishiga 1989-yil Shvetsariyadagi Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashining loyihasi asos bo'ldi.
1996 yil. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida BMTning O‘zbekistonda Internetni rivojlantirish loyihasi tashkil etildi. Keyinchalik bu UzNet nomi bilan tanilgan. Telekommunikatsiya bozorida UzPAK kompaniyasi faoliyatini boshladi. 
Internet deganda ko’pchilik WWWni tushunadi. Aslida WWW Internetni bir qismi bo’lib, xalqaro o’rgimchak to’ri ma’nosini anglatadi. WWW multimedia (rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega bo’lgani uchun foydalanuvchilar e’tiborini juda tez qozondi.
Internet xalqaro tarmog’i bilan ozirgi paytlarda keng tarqalgan kiberfazo, virtual borliq kabi tushunchalar ham bevosita bog’langan. Mazkur tushunchalarning muhim xususiyati shundan iboratki, ularga biror fan tushunchalari yordamida aniq bir ta’rif berish mumkin emas. Ular badiiy obraz bo’lib, ilmiy tushuncha hisoblanmaydi.
Hamma Internet haqida eshitgan va undan foydalanishni xohlaydi. Malumki, Internet axborotni soniyalar ichida uzoq masofalarga uzatish imkonini beradi. Shuning uchun bu darsda Internetni kelib chiqishi, uning tarkibi, unda axborot qanday qoidalar asosida uzatilishi va qabul qilinishi haqida ma'lumot beriladi. Internet tarixi o'zgarib va rivojlanib turuvchi olam yoki jamiyat haqida turli xil ko'rinishdagi katta hajmli axborotlar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida yig'ilib bormoqda. Bu ma'lumotlardan foydalanish zamonaviy axborot texnologiyasi vositalarisiz katta mablag' va vaqt talab etadi. Bunday muammolar Internet (Xalqaro informatsion tarmoq)ning tashkil etilishi bilan hal etildi. Internet "sovuq urush" mahsuli hisoblanadi. Uni yaratilishiga yadro zarbalaridan qisman zararlanganda ham ishlay olishga mo'ljallangan tajribaviy aloqa sistemasi sifatida XX asrning 70-yillari boshlarida AQSH Mudofaa Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ARPANet aloqa tarmog'i asos bo'Igan. ARPANet — buzilgan aloqa bo'g'inlarni avtomatik ravishda aylanib o'tishga va tarmoqdagi kompyuierlarning ma'lumot almashishiga imkon yaratuvchi kommunikatsiyalar paketidir. ARPANet tarmog'i birinchi marta ishga tushirilganda 4 ta kompyuter orasida maxsus kabel orqali bor-yo'g'i 2 minut davomida axborot almashinilgan. Avvaliga bu tarmpq maxfiy hisoblangan. Keyinchalik, modem va telefon tarmog'i orqali axborot almashish imkoniyati yuzaga kelgandan so'ng bu tarmoqqa turli korxona va tashkilotlar ulanib olgan. Shu tariqa bu tarmoq Internet tarmog"iga aylangan. Internet tarmog'i biror tashkilotga bo'ysunmaydi, lekin davlatlar, ilmiy va ta'lim tashkilotlari, kommersiya strukturasi va millionlab xususiy shaxslar tomonidan moliyalashtiriladi. Tarmoq taklif etilgan ko'ngillilar tomonidan tashkil etilgan "Internet arxitekturasi bo'yicha kengash" tomonidan boshqariladi. Internet — dunyo bo'ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma'lumotlarni uzatish qoidalari protokollar (masalan, TCP/IP —TRANSMISSON CONTROL PROTOKOL/INTERNET PROTOKOL) deb ataladi.TCP/IP protokolining axborotni uzatish usuli quyidagicha: TCP protokoli axborotni paketlarga ajratadi; IP protokoli orqali barcha paketlar qabul qiluvchiga uzatiladi va TCP protokoli tomonidan barcha paketlarning qabul qilinganligi tekshiriladi; barcha paketlar qabul qilingandan keyin TCP protokoli ularni tartibga soladi va yaxlit ko'rinishga keltiradi.Kompyuterlarning axborotlarni telefon tarmoqlari orqali yubora olishiga imkon beruvchi modem deb ataluvchi qurilmaning yaratilishi (1979-yil Nayes kompaniyasi) va rivojlanishi sababli faqatgina shaxsiy kompyuteri va telefoni bor millionlab kishilar tarmoqning maxsus quril-malarisiz ham Internetdan foydalana olish imkoniyatiga ega bo'Idilar. Hozirgi kunda Internet dunyo bozorini o'rganishda va savdo-sotiq ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o'zaro aloqa bogiash yoki ma'lumotlar almashish tarmog'i bo'libgina qolmasdan, unda mavjud bo'lgan ma'lumotlar ombori majmuyi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Internetning kompyuterlar bilan bog'hq bo'lgan narsalardan muhim farqi shundaki, u o'zi haqidagi ma'lumotlarni ham o'zida saqlay olishidir.1992—93-yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web deb nomlangan.World Wide Web ning yaratilishiga 1989-yil Shvetsariyadagi Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashining loyihasi asos bo'ldi. Bu loyihaning maqsadi Internetda axborot tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi. Hozirgi kunda World Wide Web Internetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo'lib qoldi.Internet deganda ko'pchilik World Wide Web (qisqacha Web yoki WWW) ni tushunadi. Aslida World Wide Web Internetning bir qismi bo'lib, xalqaro o'rgimchak to'ri ma'nosini anglatadi. World Wide Web multimedia (multimedia — rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega boigani uchun foydalanuvchilar e'tiborini juda tez qozondi.
Internet o‘z - o‘zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo‘lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan:


  • texnik;

  • dasturiy;

  • axborot.



Internet tarmog‘ining texnik ta’minoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sun’iy yo‘ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning texnik vositalari majmuidan tashkil topgan.
Internet tarmog‘ining dasturiy ta’minoti (tarkibiy qismi) tarmoqka ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) ishlashni ta’minlovchi dasturlar.
Internet tarmog‘ining axborot ta’minoti Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir, veb-sayt va hokazo ko‘rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan.
Internetning ikkita asosiy vazifasi bo‘lib, buning birinchisi axborot makoni bo‘lsa, ikkinchisi esa kommunikatsion vositasidir.
Yüklə 15,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə