1-ma’ruza. “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” faniga
kirish.
.
Reja:
1.
Jamiyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
asosiy masalalari va
yo’nalishlari.
2.
O’zbekiston respublikasida AKT sohasidagi Davlat siyosatining asosiy
yo’nalishlari. AKTning rivojlanishi bo’yicha ijrodagi qonunlar, buyruqlar va qarorlar.
3.
Texnik sohalarda va boshqaruvda AKTning roli.
Tayanch so’z va iboralar:
axborot,
axborot texnologiyalari, axborot nexnik tizimlar,
dasturiy ta’minot, apparat ta’minot adekvatlilik,
axborotlashgan jamiyat, axborot tizimlari,
konfiguratsiya, interfeys
1.Jamiyatda AKTni rivojlantirishning vazifa va yo’nalshlari.
XXI asr boshi jamiyatning barcha hayot
sohalarini axborotlashtirish, globallashtirsh va
texnikalashtirish bilan xarakterlanadi, bu esa o’z
navbatida fan, ta’lim, ishlab chiqarish va
boshqaruvning jahon miqyosidagi keyingi rivojlanish tamoyillarini belgilab beradi. Barcha
davlatlarda
iqtisodning rivojlanishi, turli sohalardagi kompaniyalarning ish faoliyatining
kengayishihi, axborotlarning yig’ish, uzatish, himoyalash kabi tizimlarini takomillashtirish talabi,
ishlab chiqarishning samarasini oshirish harakatlari – bularning hammasi har bir davlatda turli
sohalarni axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologoyalarini qo’llash
jarayonlarini
bajarish talabani belgilovchi faktorlardir.
Ma’lumki, texnik sivilizatsiyaning rivojlanish masalasini hal etishda axborotlashtirishni
kompyuter va kommunikatsiya texnologiyalari asosida olib borishdan boshqa alternativ yo’l yo’q
bo’lsa kerak. Axborot eng muhim va bebaho resurs bo’lgan axborotlashgan jamiyatda
mamlakatning rivojlanish darajasi uni axborotlashtirish darajasi bilan baholanmoqda.
Shuni
ta’kidlash mumkinki, hozirgi kunda axborot yurituvchi kuchning asosiy mahsuloti sifatida
qaraladi, axborot texnologiyalari esa jamiyatning axborot resurslarini aktivlashtirish va samarali
foydalanishning muhim vositasidir. Shunin333g uchun AKTni
jadal rivojlantirish va
takomillashtirish masalasi hozirgi kunda mamlakat va jahon miqyosida strategik jihatdan muhim
masalaga aylandi.
Hozirgi sharoitda har bir jamiyat va uning institutlarining zamonaviy AKT vositalari
yordamida axborotni yig’ish, ishlov berish,
tahlil qilish, tizimlashtirish kabi qobiliyati ijtimoiy va
texnologik progresning muhim dalilidir. Axborot texnologiyalari va komminikatsiya vositalaridan
faol faoydalanish natijasida axborot-kommikatsiya texnologiyalari tushunchasi ishlatilmoqda.