Iqtisodiyotni diversifikatsiyalashda korporativ boshqaruv tizimini tatbiq etish



Yüklə 208,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix11.05.2023
ölçüsü208,38 Kb.
#109729
  1   2
aksiyadorlik-jamiyatlarini-modernizatsiyalash-va-iqtisodiyotni-diversifikatsiyalashda-korporativ-boshqaruv-tizimini-tatbiq-etish



AKSIYADORLIK JAMIYATLARINI MODERNIZATSIYALASH VA 
IQTISODIYOTNI DIVERSIFIKATSIYALASHDA KORPORATIV 
BOSHQARUV TIZIMINI TATBIQ ETISH 
 
Bekzod Qaxramonovich Usmonov 
TDIU 
 
Annotatsiya: 
Quyidagi maqola aksiyadorlik jamiyatlarini maksimal darajada 
modernizatsiyalash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashda korporativ boshqaruvni 
qanday qilib tatbiq qilishni analizlaydi va tegishli xulosalar beradi. 
Tayanch so’zlar: 
Modernizatsiyalash, iqtisodiyot, diversifikatsiya, korporativ 
boshqaruv 
 
IMPLEMENTATION OF CORPORATE GOVERNANCE SYSTEM IN 
MODERNIZATION AND DIVERSIFICATION OF JOINT STOCK 
COMPANIES 
 
Bekzod Qaxramonovich Usmanov 
TSUE 
 
Abstract:
The following article analyzes how to apply corporate governance in 
maximizing the modernization of joint stock companies and diversifying the 
economy and provides relevant conclusions. 
Keywords:
Modernization, economics, diversification, corporate governance 
Aksiyadorlik jamiyatlarida modernizatsiya qilish va diversifikatsiya qilish kabi 
tushunchalar avvalida aksiyadorlik jamiyatlariga ta’rif berish joizdir. Aksiyadorlar 
jamiyati – daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga binoan uyushgan 
sherikchilik jamiyati hisoblanadi. Aksiyadorlar jamiyati boshqa sherikchilik 
korxonasidan farqliroq, muomalaga nominal qiymati ko‘rsatilgan aksiyalar chiqarish 
va uni sotish yo‘li bilan tarqatish bunday jamiyatning moliyaviy negizini tashkil 
etadi. Aksiya egalari dividend shaklida daromad oladilar. Aksiyadorlar jamiyatining 
ochiq va yopiq jamiyat shaklidagi ko‘rinishlari bor: Yopiq aksiyadorlar jamiyati – 
aksiya egalari maʼlum guruh, masalan, taʼsischilarning o‘zi bilan cheklanadi. 
Aksiyalar faqat ularning o‘rtasida tarqatiladi. Ochiq aksiyadorlar jamiyati – jamiyat 
aksiyalari erkin sotiladi va sotib olinadi, aksiyadorlar soni cheklanmagan, xohlagan 
va aksiya olishga puli bor yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan, ajnabiy 
shaxslar uning aʼzosi bo‘la oladi. Aksiyadorlar jamiyati pulni bir yerga to‘plab 
biznesga qo‘yish uchun tuziladi. Uning tashkilotchilari taʼsischilar deb yuritiladi. 
"Science and Education" Scientific Journal
January 2021 / Volume 2 Issue 1
www.openscience.uz
216


Taʼsischi firmalar, banklar, davlat va ayrim fuqarolar bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlar 
jamiyatining afzalligi shundaki, u mayda pulni to‘plab yirik pulga aylantirish, yaʼni 
kapital bo‘la oladigan pulga aylantirishdan, mayda puldorlarning pulini ham biznesga 
qo‘yishdan iborat. Aksiyadorlar jamiyatini boshqarishning oliy organi – aksiyadorlar 
majlisi, so‘ngra – direktorlar kengashi va quyi bo‘g‘ini – bo‘linmalar boshqarmasidan 
iborat. 
Aksiyadorlar majlisi aksiyadorlar jamiyati yillik hisobotini, nizomdagi 
o‘zgarishlarni, daromadning taqsimlanishini, foyda-zarar hisob-kitobini, taftish 
natijalari, rahbarlarni saylash masalasini ko‘rib chiqadi va tegishli qarorlar qabul 
qiladi. Dastlab aksiyadorlar jamiyati 17-asrda paydo bo‘lgan, hozir keng tarqalib
ommaviy tus olgan. O‘zbekistonda aksiyadorlar jamiyati bozor islohotlari davomida 
mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida paydo 
bo‘ldi, davlat korxonalarini aksiyadorlar jamiyati aylantirish mulkiy o‘zgarishlarning 
yo‘nalishlaridan biriga aylanadi. Islohotlarning birinchi bosqichida yopiq turdagi 
aksiyadorlar jamiyati tashkil topdi. Uning 2-bosqichida ochiq turdagi aksiyadorlar 
jamiyati shakllana boshladi. O‘zbekistonda 1995-yilda 2255 ta, 1996-yilda 5500 ta 
aksiyadorlar jamiyati ishladi. O‘zbekistonda aksiyadorlar jamiyati nodavlat sektoriga 
kiradi. Aksiyadorlar jamiyati mustaqil, lekin ular davlat belgilagan qonun-qoidalar 
asosida ish ko‘radi. Ularning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining „Aksiyador 
jamiyatlar va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida“ (1996.25.4) 
qonuniga binoan olib boriladi. Aksiyadorlar jamiyatini diversijikatsiya qilishda 
shubhasiz AJ laridagi samarali tashkil etilgan korporativ boshqaruv yordamga keladi. 
Diversifikatsiya (lot. diversifi catio - oʻzgarish, xilma-xil taraqqiyot) - korxona 
(birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining 
kengayishi, yangilanib turishi degan ma’nonii anglatadi. Aksiyadorlik jamiyatlarida 
diverisfikatsiya fenomenoni yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, 
bankrotlikka barham berish maqsadlarda amalga oshiriladi. Ilgari bir sohada 
ixtisoslashgan firmalarning (sanoat, q. x., transport, moliya va h.k.) boshqa 
iqtisodiyot tarmoqlari, xizmat koʻrsatish sohalariga, birinchi navbatda, yuqori foyda 
beradigan sohalarga kirib borishi ularning xoʻjalik faoliyati sohalari va 
imkoniyatlarini kengaytiradi. Buning natijasida turli-tuman tovarlar ishlab 
chiqaradigan, xizmat koʻrsatadigan hamda ishlanmalar bilan band boʻlgan keng 
tarmoqli, ammo hamisha ham texnologik jihatdan oʻzaro bogʻlanmagan majmualar 
(mas, agrosanoat majmui, oʻrmonsanoat majmui) vujudga keladi va bu ishlab 
chiqarish diversifikatsiyasi deyiladi. 
Dunyo mamlakatlarida aksiyadorlik jamiyatlarida va ko’p sonli korxona, 
sindikat, trestlarsa bu jarayoni 20-asrning 50-y.lari oʻrtalaridan rivojlana boshladi. 
Dastlab AQSH, Yaponiya, Gʻarbiy Yevropa davlatlarida bu iqtisodiy fenomenon 
sanoat, transport, qurilish, moliya sohalarida vujudga keladi. Shu bois bu jarayon 
"Science and Education" Scientific Journal
January 2021 / Volume 2 Issue 1
www.openscience.uz
217


xarakteri mazkur davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy omillari, shuningdek, boshqa 
davlatlarga tegishli boʻlgan umumiy omillar (ilmiy-texnika inqilobi, yuqori foyda 
uchun kurash, raqobat kurashi, texnik taraqqiyotdan qolib ketmaslik va b.) bilan 
belgilanadi. Ular avvalo koʻp daromadli, tez rivojlanadigan sohalar (mas, elektronika, 
kimyo) bilan shugullanadigan aksiyadorlik jamiyatlarida faoliyat boshlaydi. 
Kompaniyalar mahsulot ishlab chiqarish bilan birga, shu mahsulot uchun zarur 
boʻlgan xom ashyoni ham oʻzlari tayyorlashga kirishadi. Mablagʻlarni kam daromadli 
sohadan tejab koʻp foyda beradigan tarmoklarga sarf etadilar. 
Oʻzbekistan xalq xoʻjaligida yangi barpo etilgan sanoat korxonalari va 
aksiyadorlik jamiyatlarida asosiy mahsulot turidan tashqari qoʻshimcha mahsulotlar, 
xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Mamlakatimizda sanoat 
korxonalarini va aksiyadorlik jamiyatlarini modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik qayta jihozlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hududlarda ishlab 
chiqarish hajmi va sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 
Aksiyadorlik jamiyatlarida mahsulotlarni iste’molchi va bozor talabiga mos 
holda yaratish va ular orqali korxona samaradorligini oshirishga erishish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotimizga kiritilayotgan investitsiyalarning yildan-yilga 
o’sib borishida yurtimizdagi mavjud investitsion sharoit va qulay investitsiya muhiti 
alohida ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlash joiz. 
Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, 
erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya 
qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o’ylangan 
siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan 
korporativ boshqaruv bugungi kunda aksiyadorrlik jamiyyatlarini rivojlantirishning 
asosiy yo’llaridan hisoblanadi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish, korxonalarning investitsion faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy 
investitsiyalarni, avvalo to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va 
ulardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik qayta qurollantirish, yangi ish o’rinlarini shakllantirish va shu asosda 
milliy iqtisodiyotimizni barqaror va jadal rivojlantirishni ta’minlash maqsadida 
respublika byudjetidan katta miqdorda mablag’lar ajratilmoqda. modernizatsiya 
atamasining iazmuniga to’xtaladigan bo’lsak, odatda uni texnika, texnologiyaga oid 
tushuncha deb qaraladi. Modernizatsiya – ob’ektni yangilash,yaxshilash, 
takomillashtirish, uni yangi talablar va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat 
ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirish, asosan bunda mashina, asbob uskunalar, 
texnologik jarayonlar modernizatsiyalanadi. 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida real sektor korxonalarini va 
aksiyadorlik jamiyatlarini qo’llab quvvatlash bilan bir qatorda ularni 
sog’lomlashtirish tadbirlari ham muhim o’rin tutadi. Zero, uzoq davr mobaynida 
"Science and Education" Scientific Journal
January 2021 / Volume 2 Issue 1
www.openscience.uz
218


sifatsiz mahsulotni ishlab chiqarish, eskirgan texnika va texnologiya asosida zarar 
ko’rib ishlayotgan korxonalarni saqlab qolish iqtisodiyotning sog’lomligiga jiddiy 
putur yetkazishi mumkin. Bunday aksyadorlik jamiyatlarini va korxonalarni bankrot 
deb e’lon qilish hamda moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tarkibiy o’zgartirish orqali 
qayta tuzish bu boradagi eng to’g’ri va samarali yechim hisoblanadi. 
Bugungi kunga kelib man shu yuqoridagi ikkita asosiy iqtisodiy fenomenonni 
samarali joriy etishda dunyo miqyosida keng qo’llaniladigan va barcha osonlik bilan 
tushunadigan 
tushunchalardan 
biri 
shak-shubhasiz 
korporativ 
boshqaruv 
tushunchasidir. “Korporativ boshqaruv oldindan mavjud, shuningdek ushbu atama 
yangi hamdir” degan gap bejiz emas. Bunga korporativ boshqaruv organlari 
tomonidan faoliyati samarali tashkil etilib kelinayotgan yirik aksiyadorlik 
kompaniyalari, transmilliy korporatsiyalar va hokazolaming milliy va jahon 
iqtisodiyotidagi o‘rn i sabab bolmoqda. Shundan kelib chiqqan holda dunyoning 
deyarli barcha mamlakatlarida, xususan mamlakatimizda ham korporativ boshqaruv 
tizimini samarali tashkil etish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilib kelinmoqda. 
Keltirilayotgan jihatlar sabab korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyati, uning 
maqsad va vazifalarini to'gri anglash maqsadga muvofiq. Korporativ boshqaruvning 
iqtisodiy mohiyati uzoq yillardan buyon o'rganilib kelinmoqda va bu borada 
tadqiqotchilarning flkrlari xilma-xilligiga guvoh bo'lish mumkin. “Korporativ 
boshqaruv - korporatsiya mulkdorlarining korporatsiya kapitalini shakllantirishga, 
undan foyda olish maqsadida yanada samarali foydalanishga hamda olingan 
daromadlami korporativ munosabatlarning barcha ishtirokchilari o'rtasida adolatli 
taqsimlashga qaratilgan strategik muhim qarorlarni belgilash, ta’riflash va qabul 
qilishga doimiy va real ta’sirini ta’minlashdagi ongli, bevosita ishtirokidir”, deb 
izohlanadi. Tashkiliy huquqiy shakl sifatida korporatsiyalar barcha mamlakatlarda, 
jumladan O'zbekistonda ham keng hajmda qo’llanilmaydi. Shu nuqtayi nazardan 
korporatsiyalar, kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan 
jamiyatlari va boshqalarni umumlashtirgan holda korporativ tuzilma tushunchasi 
bilan ifodalanadi. 

Yüklə 208,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə