Ishning qisqacha mazmuni: ftp (File Transfer Protokol)



Yüklə 3,79 Mb.
səhifə1/8
tarix19.12.2023
ölçüsü3,79 Mb.
#152476
  1   2   3   4   5   6   7   8
KTT(amaliy)


1- AMALIY MASHG`ULOT: FTP PROTOKOLIDAN FOYDALANISH
Ishdan maqsad: Talabalarni FTP xizmati va uning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish. FTP yordamida ma’lumotlarni web server xostinggiga Total commander orqali joylashtirish.
Ishning qisqacha mazmuni:
FTP (File Transfer Protokol) – bu fayllarni tarmoqda uzatish protokoli. Kompyuterdan kompyuterga fayllarni uzatish imkoniyatini yaratadi va o`zining ishida TCP protokoliga tayanadi.
FTP- fayllarni uzatish protokoliga 1971 yili asos solingan bo’lib hozirgi kungacha ishlatilib kelinmoqda.
FTP (File Transfer Protocol – fayllarni uzatish qaydnomasi) bu qaydnoma orqali ma'lumotlar almashish xizmatidir. Bu xizmat orqali har bir foydalanuvchi o`z kompyuterida mavjud FTP programmadan foydalanib, uzoqdagi FTP server kompyuteriga ulanishi, fayllarni uzatishi yoki o`z kompyuteriga fayllarni qabul qilib olishi mumkin. FTP orqali faqat matnli emas, balki 2li fayllarni (matnli bo`lmagan ixtiyoriy faylni) ham jo`natish va qabul qilib olish mumkin. Hatto uzoqdagi kompyuterga anonymous (nomsiz) foydalanuvchi nomi bilan kirib, FTP serveriga (ruxsat berilgan fayllarga) yozib qo`yish imkoniyati mavjud. Bunday fayllar FTP – serverning maxsus incoming katalogiga yoziladi. O`z navbatida FTP server mijoz/server texnologiyasida ishlaydigan sistemadir. Bunday texnologiyadan foydalanuvchi o`z kompyuteri orqali mijoz deb ataluvchi maxsus programma yordamida uzoqda joylashgan server deb ataluvchi programma bilan bog`lanadi.

Total commander ishga tushiriladi va quyidagi ishlar amalga oshiriladi:







FTP tugmasi bosiladi va shundan so’ng

Quyidagi oyna hosil bo’ladi va DOBAVIT tugmasi bosiladi





Ushbu oynada ----------->>>>> quyidagilar

bog’lanish nomi, porti, login va parol kiritiladi

Buyerda eng muhim izohlar: Xost yoki server, tizim foydalanuvchisi nomi yoki login va parol.






Bog’lanish holati tugatildi

Qayta FTP ga murojaat etganimizda ulanishimi, o’zgartirishimiz, yoki bo’lmasam bog’lanishni o’chirishimiz mumkin

Ushbu oynada ma’lumotlar to’ldirilgan holda taqdim etilmoqda. Shuni inobatga olish zarurki ushbu oynada kiritilgan va saqlanadigan parol umuman xavfsiz hisoblanadi. OK tugmasi bosib yopiladi.


Ulanish bosilganda ushbu oyna paydo bo’ladi chunki bu ma’lumotlarimiz faqat misol tariqasida edi

Anonim (nomsiz) FTP server
Anonim FTP server tarmoq resurslarining ko`p tarqalgan ko`rinishlaridandir. Bunday serverlar ixtiyoriy foydalanuvchini xost kompyuteri, hatto u unda ro`yxatdan o`tmagan bo`lsa ham kirishga ruxsat beradi. Bunda foydalanuvchi nomi sifatida anonymous so`zi va so`ngra ixtiyoriy parol kiritiladi. Ko`p hollarda foydalanuvchi paroli sifatida uning elektron pochta adresi kiritiladi. Anonim FTP serverlar Internet aloqalarida programma mahsulotlari va boshqa ma'lumotlarni ayirboshlashda muhim rol o`ynaydi. Bunday serverlar dunyo bo`yicha joylashgan bo`lib, unda sizni amalda qiziqtirgan barcha programmalar va fayllarni topishingiz mumkin. Bunda ularning aksariyati tekinga beriladi (programma va ma'lumotlarning bepul turmasligini eslang). FTP serverlarda fayllarni, resurslarni aniqlash masalasi (albatta, siz uni manzilini avvaldan bilmasangiz) ancha murakkab. Bunga bir qancha sabablar bor. Ulardan biri FTP serverlardagi fayllar nomlari turli operatsion sistemalarda har xil belgilanishi, FTP serverlarda tashqaridan kirishi lozim bo`lgan fayllar ro`yxati mavjud emasligi va boshqalardir.
Dunyo bo`yicha domenlar ro`yxatini FTP va Gopher serverlar orqali olish mumkin. Ularning manzillari nic.merit.edu. Internet connecetivity (Internet hamjamiyati) fayllari esa nets.by.country, world.list.txt nomiga ega. Shuning uchun FTP serverlarga katalog va fayllarda joylashgan ma'lumotlarni topish README (meni o`qi) yoki Index (ko`rsatkich) nomli fayllar orqali qaralsa, masala ancha oson ko`chadi. Chunki bu fayllarda FTP – server va undagi kataloglar haqida ma'lumotlar joylashgan bo`ladi. Shuning uchun vaqtni ko`p sarflamaslik maqsadida avvalo bu fayllarni (INDEX, README) yozib olib o`rganish maqsadga muvofiqdir.
Foydalanuvchida server haqida turli savollar tug`ilsa, unda o`z server administratoriga posmaster nomi bilan murojaat qilinadi. Masalan, Markaziy ma'lumotlar sistemasi joylashgan manzil vs.internic.net nomga posmaster@vs.internic.net bilan elektron pochtaga murojaat qilinadi.



Yüklə 3,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə