Islom dinining paydo bo'lishidagi ijtimoiy-siyosi va madaniy hukumronligi davrida dinga munosabat reja



Yüklə 31,15 Kb.
səhifə1/3
tarix27.09.2023
ölçüsü31,15 Kb.
#124236
  1   2   3
ISLOM DININING PAYDO BO\'LISHIDAGI IJTIMOIY-SIYOSI VA MADANIY HUKUMRONLIGI DAVRIDA DINGA MUNOSABAT


ISLOM DININING PAYDO BO'LISHIDAGI IJTIMOIY-SIYOSI VA MADANIY HUKUMRONLIGI DAVRIDA DINGA MUNOSABAT
Reja:

  1. Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit

  2. Islom dinining vujudga kelishi

  3. Qur’on - islom dinining muqaddas kitobi

  4. Hadislar – Qur’ondan keying tarixiy manbalar to`grisida

  5. Islom ilohiyoti, uning asosiy aqidalari, Islom ta’limoti

Islom tarixida bu din kelmasidan avvalgi davr johiliya yoki johiliyat davri deb yuritiladi. “Johiliya” sо‘zi adabiy arab tilida “bilmaslik”, ya’ni “yagona xudoAllohni tanimaslik” ma’nolarini beradi. Bu sо‘z islom olimlari tomonidan islomdan avvalgi davrga nisbatan ishlatiladi. Ba’zi tadqiqotchilar johiliya davri 100-200 yil davom etgan degan fikrni bildiradilar. Ammo ushbu davrni aniqlash, yozma adabiyotning ozligi sabab mushkul.


Mil.av. 8 asrdayoq har bir arab qabilasi о‘z sanamiga ega edi. Tez tez bо‘lib turadigan qabilalararo urushlardan sо‘ng, odatda, mag‘lub qabila g‘olib sanamiga sig‘ina boshlardi. Arabistonning turli erlarida muayyan sanamlarning qarorgohi mavjud bо‘lib, ular ziyoratgohlar sifatida ma’lum edi. Ulardan biri Makkadagi Ka’ba edi. Makka qadimgi Arabistonning diniy markaziga aylangach, u erdagi Ka’baga sanamlar tо‘plandi. Makka fath etilgan 630 yili Ka’ba ichida 360 ta sanam bо‘lgan. Sanamlar uchun bu raqam juda katta kо‘rinadi, ammo muayyan sanam bir necha qabilada ehtirom qilingan bо‘lsa, u Ka’baga shuncha nusxada qо‘yilgan bо‘lishi mumkin.
Islomgacha badaviy (kо‘chmanchi) arablarda urug‘ ruhi yoki oila dini etakchi bо‘lgan. Badaviylar arab xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotining asoschilari edilar. Shuning uchun janubiy arablarning lahja (dialekt)lari yо‘q bо‘lib ketdi, ammo shim. Arablarning lahjalari saqlanib, u Qur’on tili sifatida xamon yashab kelmoqda. 7 asr boshigacha kо‘chmanchilar yashaydigan sahrolarda kо‘pxudochilik saqlangan bо‘lsa. О‘troq aholi yashaydigan joylar har tomonlama tashqi ta’sirga uchragan edi. Makka shahrida bо‘ladigan katta bozorlarga savdosotiq uchun na faqat kо‘p xudochilikka ishonuvchilar, shu bilan birga xristian va yahudiy dinlaridagi yakkaxudoga sig‘inuvchilar ham kelishardi. Islomning vujudga kelishi, arablar orasida vahdoniyatga asoslangan dinning qaror topishi, arab qabilalarining yakkaxudo-Alloh g‘oyasi atrofida birlashishi Abdullohning о‘g‘li Muhammad (s.a.v.) nomi bilan chambarchas bog‘liq. 6 asrning oxiri 7 asrning boshlarida, ayniqsa. Hijoz arablari yakkaxudochilikka о‘tishga ma’lum ma’noda tayyor edilar. Biroq, baribir bir qadriyatning qadrsizlanishi hali odamlar ongiga singmagan g‘oyani qadriyatga aylanib, ularning qalbida о‘rin olishi uchun hayotini shunday ezgu ishga bag‘ishlagan jasoratli va tashkilotchi bir shaxs kerak edi.
ISLOM (arab.-bо‘ysunish, itoat etish, о‘zini Alloh irodasiga topshirish)jahonda uch din (buddaviylik, xristianlik bilan bir qatorda)dan biri. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar arabcha “muslim” deb ataladi.
«Al – Islom» atamasi Qur’oni karimda semantik jihatdan «al - imon» (ye’tiqod) va ad – din (diniy burchlar majmuasi)ga yaqin ma’noda 8 marta uchraydi. Etimologik jihatdan «Islom» atamasi «salima» о‘zagidan olingan bо‘lib, dastlab «salom - tinchlik» ma’nosini anglatdi. U islomdan avval arablarda hukm surgan «johillik» ziddi sifatida ishlatildi. Furqon surasining 63 oyatida aynan shu ma’noda: “Rahmon (Alloh)ning bandalari er yuzida ohista yuradilar, johillar ularga xitob qilsalar, «salom» deb javob beradilar”, - deyilgan. Bu oyat nima uchun arablarning Muhammad (sav) dan oldingi davri «johiliya» va uning davri «islom» deya atalganini aniq izohlab berayapti.
Keyin «salima»dan olingan IV – bob «aslama» fe’li (Allohga) bо‘ysunmoq, itoat etmoq, о‘zini bag‘ishlamoq ma’nolarida ishlatila boshladi. Shu fe’lning sifatdoshi «muslim» Allohga itoat etuvchi va uning payg‘ambarlariga (qaysiki bо‘lishidan qat’i nazar Ibrohim (as), Muso (as), Iso (as) va Muhammad (as)larga) ergashuvchi barcha insonlarga nisbat qilindi. Qur’on oyatlari: Bas, (yey, Muhammad,) yuzingiz (о‘zingiz)ni doimo tо‘g‘ri bо‘lgan dinda (Islomda) tuting! Insonlarni о‘sha asosda yaratgan Allohning yaratuvchiligini (anglangiz!)
Allohning yaratishiga о‘zgartirish yо‘q. Eng tо‘g‘ri din shudir! Lekin kо‘p odamlar bilmaslar (Rum surasi, 30;30). Ibrohim о‘z о‘g‘illariga, shuningdek, (nabirasi) YA’qub ham shu dinni vasiyat qilib dedilar: “О‘g‘illarim, albatta, Alloh sizlar uchun shu dinni tanladi. Bas, musulmonlik holingizdagina dunyodan о‘tingiz!” (Baqara surasi, 2;132). Iso ulardan kufrni sezgach, aytdi: “Alloh sari (borishimda) menga yordamchilar kim?” Havoriylar aytdilar: “Biz Alloh (dinining) yordamchilarimiz. Allohga imon keltirdik va Allohga (bо‘yin sinuvchi) musulmon ekanimizga guvoh bо‘lgin (yey, Iso!) (Oli Imron, 3;52). Nihoyat, Moida surasining 3 - oyatida «Islom» sо‘zi ayni Muhammad (sav) e’lon qilgan dinga nisbatan ishlatildi. «Bugun dininglarni takomuliga etkazdim, sizlarga ne’matimni oxirigacha berdim va dininglar «Islom» bо‘lishiga rozi bо‘ldim».
Demak, «Islom» lug‘aviy jihatdan Allohga itoat etish, о‘zlikni unga bag‘ishlash ma’nolarida johiliya arablarining о‘jarligi, qiziqqonligi, takabburligiga zid qо‘yildi. Sunniy ulamolar orasida keng tarqalgan fikrga kо‘ra «ad – din» tushunchasi «al – islom», «al - imon» (Allohning va uning Rasuli Muhammad (sav) bergan barcha xabarlarning haqligi) hamda «al - ihson» (husni axloqqa asoslangan amallar)ni о‘z ichiga oladi.
Muhammad payg‘ambarga nozil bо‘lgan birinchi sura, al-Alaq! Surasidir. Unga kо‘ra insonni ilmga da’vat qilinadi, ilm ulug‘lanadi.
"(U) insonni laxta qondan yaratdi. О‘qing! Rabbingiz esa Karamlidir. U insonga qalam Bilan (yozishni ham) о‘rgatdi. U insonga bilmagan narsalarini bildirdi. Darhaqiqat inson xaddidan oshar. (Yey, inson!) Albatta, qaytish Rabbing huzurigadir."1
Muhammad (s.a.v.) ana shunday shaxs sifatida nafaqat arablar dunyosida, balki butun musulmon olamida yangi sivilizatsiyaga asos soldi. 40 yoshidan boshlab u Allohdan kelgan vahiylarni о‘z qabiladoshlariga etkazadi.
MUHAMMAD (sav) (571-632) –islom dini asoschisi va payg‘ambari.
Musulmonlar e’tqodiga kо‘ra, Allohning oxirgi payg‘ambari va elchisi. Muhammad ismiga “sallalohu alayhi vassallam” (sav) –“unga Allohning rahmat va salomi bо‘lsin” deb salovat aytib qо‘shib qо‘yiladi.
Rasul (arab.-yelchi) islom an’anasida Alloh tomonidan tanlab olinib, vakil qilingan va targ‘ibot yuritish, da’vat qilish vazifasi topshirilgan, ilohiy kitob nozil qilingan payg‘ambar. Muhammad (s.a.v.) ga nisbatan doimo Rasul nomi qо‘llanib kelinadi. Nabiy-kitob nozil qilinmagan payg‘ambar. Shu boisdan ham har bir rasulni nabiy deb atash mumkinligini, ammo nabiylarni Rasul deb bо‘lmasligi qayd qilingan.
Nabiy (arab.-kо‘ligi anbiyo, ilohiy xabar keltiruvchi) payg‘ambar, Allohning farmoyishini insonlarga etkazib beruvchi vositachi shaxs. О‘zlariga maxsus kitob va shariat berilmay, bir rasulga (ya’ni Alloh elchisi) ato etilgan kitob va shariatga amal qilmoqqa buyurilgan payg‘ambarlar nabiylar deyiladi. Nabiylarning hech biri rasul bо‘la olmaydi, ammo rasullarning har biri Nabiy nomi bilan ataladi.
Allohdan vahiy olib turuvchi shaxs Qur’onda Muhammad (sav)ning rasul (yelchi) degan ismi bilan bir qatorda eng asosiy sifatlaridan biri.
Islom dini paydo bо‘lgan davrga kelib yakkaxudolik g‘oyasi havoda kezib yurardi: yangi haqiqiy Xudoni topishga xarakat qilgan juda kо‘p din targ‘ibotchilari-payg‘ambarlar paydo bо‘ldi. Bо‘lajak islom sivilizatsiyasining diniy poydevorini qurgan Muhammad shulardan edi.
Muhammad payg‘ambar iudaizmga ham, xristianlikka ham hurmat bilan munosabatda о‘lgan, ularni Xudo nafasi tekkan kitoblarga ega dinlar deb hisoblagan. Ammo islomda tо‘la vahiy yuborib Zabur, Tavrot va Injilda yozilgan kо‘pgina narsalarni bekor qilgan deb xisoblagan.
Muhammad payg‘ambar paydo bо‘lishining teran mazmuni shundan iboratki, u ilohiylikning arablarga hozirgi davlatchilik poydevorini qurish imkonini bergan.
Shunday qilib, Quraysh qabilasi, hoshimiylar urug‘idan bо‘lgan Muhammad ibn Abdulloh “fil yili”-Abrahaning Makkaga yurishi muvaffaqiyatsiz tugagan yil, ya’ni taxminan 570 yilda tug‘ilgan deb hisoblash qabul qilingan. U uncha boy bо‘lmagan, lekin Makka zodagonlariga yaqin oilada tavallud topgan.
Muhammad (AS) gо‘dakligidayoq etim qolgan, tug‘ilmasidan olidin otasi Abdulloh, olti yoshligida esa onasi Omina vafot etgan. Muhammadni о‘z tarbiyasiga olgan bobosi Abdumutalib ham kо‘p о‘tmay vafot etadi. Etim bolani tarbiya qilishni amakisi Abu Tolib о‘z zimmasiga oladi. Muhamad amakisining podasini boqadi, keyin tijorat ishlariga jalb qilinadi, karvonlarni kuzatib boladi. Savdo ishlari bilan Suriyaga safar qiladi, u erda xristian diniy ta’limoti bilan tanishadi. Muhammadning Makka shahrining siyosiy hayotida ishtirok etgani,
Ka’bani suv toshqini vayro etgach, uni tiklashga kо‘maklashgani ma’lum.
U 25 yoshga tо‘lganida badavlat ayol xadichaga uylanadi. Xadicha katta savdo ishini о‘zi boshqarardi. Muhammad Damashq, Hiro, Makka va Yaman oralig‘ida qatnab, savdo ishlarini olib boradi va muvaffaqiyatga erishadi.
Muhammad (AS) dan Xadicha uch о‘g‘il (Qosim, Tohir, Tayib) va 4 qiz ( Ruqiya, Zaynab, Ummu Kulsum, Fotima) kо‘rgan. О‘g‘illari gо‘dakligidayoq vafot etgan. Qizlaridan Fotimagina Muhammad (AS)ning naslini davom ettirgan.
Musulmon mamlakatlaridagi kо‘pchilik sulolalar (Hasaniylar, Husayniylar, Idrisiylar, Fotimiylar, Sa’diylar vab.) hamda barcha sayyidlar Fotima va uning eri Ali ibn Abu Tolib avlodlari deb hisoblanadi.
Muhammad (SA) Xadicha hayotligida uylanmagan. Vafotidan sо‘ng bir necha bor uylanganlar. Lekin Oyshadan boshqa qiz xotin olmaganlar, ulardan farzanda kо‘rmagan. Joriyalari Moriyadan Ibrohim ismli о‘g‘li yoshligidayoq vafot etgan.
Muhammad (AS) 40 yoshga tо‘lgunga qadar kо‘pincha yolg‘iz ibodat bilan mashg‘ul bо‘lar, о‘yga tolardi. 610 yilning ramazon oyida Hiro tog‘ining g‘orida ibodat qilayotganida Allohdan Jaroil farishta vositasida birinchi vahiy tushadi va
Qur’oni Karimning “Alaq” surasining ilk oyati nozil bо‘ladi. “Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). (Yey, Muhammad, btun borliqni) yaratgan zot bо‘lmish Rabbingiz nomi bilan о‘qing! U insonni lahta qondan yaratdi. О‘qing! Rabbingiz esa karamli zotdir. U insonga qalam bilan (yozishni) о‘rgatgan zotdir. U insonga bilmagan narsalarini о‘rgatdi.”
Arabcha “iqra’” (о‘qimoq) sо‘zi о‘qi yaqin ma’noli “qr’” о‘zagiga ega bо‘lib, “yod о‘qimoq” va “qiroat qilmoq” degan ma’nolarni anglatadi. Qur’on sо‘zi ana shu о‘zakdan kelib chiqqan.
Islomning eng asosiy talabi hisoblangan kalimai shahodatda “La ilaha illallohu
Muhammadun Rusul-Alloh” (Allohdan о‘zga iloh, Muhammad uning payg‘ambaridir), deb uqtiradi. Qur’oni Karimda Allohning yagonaligi va buyukligi juda kо‘p bor Qur’oni Karimda ta’kidlanadi.2
Baqara surasi. 255. “ Alloh-undan о‘zga iloh yо‘qdir. (U) hamisha barhayot va abadiy Turuvchidir. “3
Birinchi bо‘lib Bibi Xadicha, keyin amakivachchasining о‘g‘li Xaydar (Ali) , asrandi о‘g‘li Zayd ibn Xoris islomga kiradi. Biroq, Makkadagi boshqa qabiladoshlari Muhammad (s.a.v.) targ‘ibotlariga tish tirnoqlari bilan qarshi chiqdilar.
Vaqt о‘tishi bilan musulmonlar soni 30ta ga etdi. Musulmonlar о‘z dinlarini 3 yil yashirish saqladilar. Ochiq da’vatdan sо‘ng Makka mushriklari Ab Bakr, Usmon ibn Affon kabi islomni qabul qilgan ulug‘ va badavlat zotlarga hech narsa deya olmasalarda ammo zaif, kambag‘al, himoyasiz musulmonlarni qattiq siquvga oldilar. Makka mushriklarining zulm va sitamlari kuchayib ketgach, Payg‘ambar qiyinchilikda qolgan musulmonlarni Habashistonga hijrat qilib ketishga buyurdi. Shunda 11 erkak va 4 ayoldan iborat guruh Makkadan yashirin ravishda chiqib, Qizil dengiz bо‘ylab ketdilar. Ularni Habashistonda Oqsum podsholigi yaxshi kutib oldi. Xristianlar bilan ular yaxshi hayot kechira boshladilar. Bir yildan sо‘ng Alining akasi jafar ibn Abi Tolib boshchiligida 80 kishi Xabashistonga kо‘chib bordi.
Ayni paytda Makkada ahvol yomonlashdi, Quraysh zodagonlarining Muhammadga dushmanligi ortdi. 620 yilda Xadichaning sо‘ngra Abu Tolibning vafotidan sо‘ng Muhammad (SA)ning hayoti xavf ostida qoldi. Shundan sо‘ng payg‘ambar Toifga yо‘l oldi u erda hech kim islomni qabul qilmadi. Shu qiyinchiliklarda “Isro va Me’roj” voqeasi yuz beradi.
“Me’roj” voqeasi – Muhammad payg‘ambarning Buroq nomli afsonaviy otida tunda Makkadan arshi-a’loga mо‘jizali safari bilan bog‘liq.
Ma’lumki, Islom ilohiyotida Muhammad payg‘ambarning arshi a’loga chiqishlari qissasi muhim о‘rin egallaydi. Unga kо‘ra, Jabroil (a.s.) Allohning amri bilan Muhammad payg‘ambarni bir kechada Ka’badan Buroqqa mindirib, Masjidi Aqsoga olib borgan. U erda payg‘ambar ikki rakat nomoz о‘qiganlaridan sо‘ng samoga kо‘tarilib ketganlar.
Allohning sevimli Rasuli (s.a.v.) etti qavat osmonga sayr qilib о‘zidan oldin о‘tgan barcha payg‘ambarlar bilan uchrashadi.
ISRO VA ME’ROJ – islom tarixida Muhammad (sav)ning Makkadan Quddusga qilgan tungi sayri (Isro) hamda Quddusdagi Aqso masjididan osmonga kо‘tarilishlari (Me’roj). Xadis va rivoyatlarda aytilishicha, Muhammad (sav) boshchiligida tunda kо‘p yillik masofani bosib о‘tib, bu samoviy sayohatlaridan boy xotiralar bilan qaytishgan. Jumladan, etti qavat osmon oraliqlarida о‘zlaridan oldingi о‘tgan yirik payg‘ambarlar bilan muloqotda bо‘lishgan. Jannat va dо‘zahni omosha qilishgan. 5 vaqt nomoz ham shu kechada farz qilingan. Islom olamida har yili rajab oyining 27 kechasini bayram sifatida nishonlanadi. Qur’oni karimda quyidagi oyati nozil bо‘lgan.
Qadr surasi. “Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Albatta. Biz uni (Qur’onni “Lavhul-mahfuzdan birinchi osmonga) Qadr kechasida nozil qildik.

  2. (Yey, Muhammad!) Qadr kechasi nima ekanini Sizga ne ham anglatur?!

  3. Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir.

  4. U (kecha)da farishtalar va Ruh (Jabroil) Parvardigorlarining izni bilan (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar (rejasi) bilan (osmondan erga) tusharlar.

  5. U (kecha) to tong otguncha salomatlikdir.”4

Da’vatning о‘ninchi yili haj mavsumida Payg‘ambar Makkaning shimolida “Aqaba” degan tepalikda Yasrib (Madina)dan kelgan 6 kishini islomga qabul qiladi. Bu uchrashuv islom tarixida “Birinchi Aqaba bay’ati” deb nom oldi. Ular “bay’at” (qasamyod) qildilar. Keyingi ikki haj masumida madinaliklardan 12 kishi, uchinchisida 75 kishi ishtirok etdilar. Bu voqelardan sо‘ng Rasullulloh Madinaga hijrat qilishga qaror qiladi.
Muhammad (s.a.v.) dastaval madinaliklarni birlashtirish choralarini izladi va topdi. Madinadagi ikkita asosiy qabila avs va hazrajlar doimo olishib kelardilar. Bu olishuvning davom etishi aslo mumkin emasdi.
Chunki har yili Makka ziyoratiga kelgan Madinaning AVS va xazraj qabilalari vakillari payg‘ambarga sodiqlikka, yordam berishga va’da qilib, Yasribga kо‘chib borishga kо‘ndirishadi. 622 y. 20 sentabrda Madinaga kо‘chib о‘tadilar.
Islomning Madina davri katta tarixiy ahamiyatga ega. Musulmonlar birinchi marta alohida diniy jamoa (umma) bо‘lib yashay boshladilar. Bu esa diniy qoidalarini takomillashtirishni tezlashtirib yubordi. Namoz, azon, rо‘za, zakot tahorat, ibodat va boshqa amallari ishlab chiqiladi. Musulmonlar namoz о‘qiladigan kun juma deb belgilandi. Ka’ba muqaddas xaj ziyoratgohi deb belgilandi. U islom dinining asosiy ziyoratgohi Qiblaga qarab namoz о‘qiladigan bо‘ldi. Madinada birinchi masjid, Payg‘ambarning uylari quriladi. Madinaga kо‘chib kelganlar muhojirlar, madinaliklar ansorlar (yordamchilar) deb ataladi.
Islom dini paydo bо‘lgunga qadar Arabiston jamiyatida tartibni saqlash vazifasini asosan xakamlar bajargan.
Qabilalar, urug‘lar va jamoalar о‘z nizo va janjallarini о‘z kohinlarining ajrimi bilan hal qila olmasalar, hakamga murojaat etganlar. Hakamlikka eng hurmatli va obrо‘li odam chaqirilgan. Qonunchilik va sud xokimiyati hakam qо‘liga vaqtinchalik topshirilgan va u nizo taraflarini yarashtirgan, ba’zan arab qabilalarining siyosiy faoliyatiga aralashgan.
Yasribda Muhammad (AS) aynan shunday hakam sifatida chaqirilgan. Hakamlik faoliyati Payg‘ambarning Yasribda siyosiy va ma’naviy yо‘lboshchi sifatidagi mavqeini yanada kuchaytirishga kо‘maklashgan. Vaqtinchalik chaqirilgan hakamdan doimiy xakamga aylangan.
Muhammad (AS) hayotining sо‘nggi yillarida Arabistondagi turli qabilalar vakillarining Payg‘ambar xuzuriga о‘z nizolarini ajrim qilib berishini sо‘rab kelgan.
Arabiston musulmonlari kо‘z о‘ngida Muhammad (SA) mohiyat e’tibori bilan о‘z xokimiyatini emas, balki Alloh xokimiyatini amalga oshirgan. Shu ma’noda Qur’oni karim suralarida Muhammadning barcha amallari va buyruqlari yuz bergan voqealar zamirida Allohning irodasi yotishi qayta qayta ta’kidlanadi.
Muhammad (s.a.v.) ning xuddi diniy ruhi kabi tiniq siyosiy ongi natijasida musulmon jamoasi Nizomi yuzaga keldi. Bunga kо‘ra, ansor (madinaliklar) va muhojir (makkalik) lar yagona bir jamoa (umma) bо‘lib, bunga о‘z e’tiqodlariga kelgan holda yahudiylar va mushrikiylar ham kirar edilar. Umma teokratik (diniy ruhdagi) siyosiy tashkilot bо‘lib, Muhammad (s.a.v.) uning ham diniy, ham dunyoviy, ham xarbiy rahbari bо‘ldi. Natijada, qarama-qarshi manfaatlar barham topib, barcha janjalli masalalarni xal etish Allohning rasuli(yelchisi) Muhammad (s.a.v.) ixtiyoriga о‘tdi. Etnik ziddiyatlarni hal etish yо‘li topilgach, Muhammad (s.a.v.) yangi dinning rasm rusumlarini shakllantira boshladi. Avvalo, Ka’baga haj qilish, tahorat qilish, namoz о‘qish, rо‘za tutish rasm rusumlari ishlab chiqildi. Birinchi masjid qurilib, unda musulmonlar namozni Quddusi sharif (Iyerusalim)ga qarab о‘qidilar. 1,5 yil о‘tgach, musulmonlar nigohi Makkaga qaratildi.
Aqso masjidi. (arab.-uzoqdagi masjid)-Quddus (Iyerusalim) shahridagi yahudiylik an’anasida muqaddas hisoblangan (Sulaymon ibodatxonasi). Qur’onda shu nom bilan tilga olingan. Islomdan ilgari arablar, undan keyin musulmonlar jamoasining a’zolari Aqso masjidi tomonga qarab ibodat qilganlar. 624 yili Makadagi Ka’ba qibla deb e’lon qilingandan keyin u tomonga qarab ibodat qilish tо‘xtatilgan.
Shu tariqa Madinada vahiy orqali islom teokratiyasining Muqaddas qonuni shariat tushirildi. Shariat diniy, ijtimoiy va yuridik ta’limotlarning asosiy tamoyillari, chunonchi: Umma, adliya, qullarni ozod qilish, yashash huquqi, nikoh, azon, qibla, bag‘rikenglik va boshqalar ta’riflab berildi. Ushbu tamoyillarga musulmonlar hozirgacha rioya qilib keladilar.5
Umma-madinada Muhammad Payg‘ambar izidan borgan va islom dinini qabul qilgan kishilar jamoasi. Muhammad ummati deyilganda ana shu jamoa keyinchalik barcha muslmonlar tushunilgan. Bu ummaga kirgan makkaliklarni birlashtiruvchi zamin qon qarindoshlik, urug‘chilik tamoyili emas, yagona Allohga e’tiqod birlashtiradi.
Vahdoniyatga о‘tish arab qabilalari о‘rtasidagi nizolarni bartaraf etish va ularni Alloh va uning qudrati g‘oyasi atrofida birlashishi, jamiyatda ma’naviyatni qaror toptirish, qudratli islom davlatini barpo etish mumkinligini Muhammad (s.a.v.) va uning ozgina tarafdorlari ravshan tasavvur etsalarda, ammo arab jamoatchiligini bunga ishontirish uchun keng tashviqot targ‘ibot ishlarini yо‘lga qо‘yish bilan birga, ayni choqda moddiy va xarbiy qudrat kerak edi. Madinaliklar musulmonchilikni asta sekin qabul qildilar. Makkaliklar uchun kuch ishlatmasdan bunga erishish amri mahol edi. 624 y.da Badrda, 625 y.da Uhud tog‘i etagida bо‘lgan janglar makkaliklarni bо‘ysundirish u yoqda tursin, aksincha, ularni g‘azabini oshirib yubordi. 626 y.da makkaliklar madinaliklargi qarshi katta kuch bilan harbiy yurish boshlab, Madinani qamal qildilar. Biroq, makkaliklar о‘z niyatlariga erisha olmay, orqaga qaytdilar. Shundan sо‘ng madinaliklarning obrо‘yi oshib, badaviylar ham islomga kira boshladilar. Makka mushriklar esa Muhammad (s.a.v.) boshliq musulmonlar bilan tenglik asosida muzokara olib borishga majbur bо‘ldilar. Xudaybiya bitimiga kо‘ra, makkaliklar madinaliklarning Ka’ba ziyoratiga kelishlariga ruhsat berdilar. Madinaliklar esa Makka savdo karvonlariga hujum qilmaydigan bо‘ldilar. 632 y. Muhammad
(s.a.v.) oila a’zolari bilan birga Ka’baga birinchi marta haj ziyoratiga keldi va bu xol Makkaning musulmon olamining diniy markazi sifatidagi mavqeini uzil kesil mustahkamladi.
Ular mavjud muammolarni kelishuvchilik bilan amalga oshirishga majbur bо‘lishdi va Xudaybiya bitimi tuzishdi. Uniga kо‘ra, kelasi yili Madina musulmonlarining Ka’ba ziyoratiga tо‘sqinlik qilmaslik, ular Makkaga kelgan kunlari shahardan tashqariga chiqib turish majburiyatini oldilar. Madinaliklar о‘z navbatida Makkaliklarning karvonlariga tegmaydigan bо‘ldilar. Bu davrga kelib Makkaliklarning G‘arbiy Arabitondagi siyosiy ta’siri tobora zaiflasha boshlagan edi. Shu sharoitda Makka xukmron doiralari M. (sav) jamoasi bilan munosabatlarni mustahkamlash zarurligini tushunib eta boshladilar.
Makkaliklar Muhammad payg‘ambar jamoasiga qо‘shildilar. Kо‘pgina qabilalar islomni qabul qildilar. Hijraning 10-chi yili M. Payg‘ambar madina atroflaridagi 100 mingdan ortiq kishi bilan Makkaga birinchi va oxirgi marta ziyorat (haj)ga bordilar.
Madinaga qarshi kurashning etakchilaridan Abu Sufyon M. (sav) tarafiga о‘tdi. 630 y.da Makka M. (sav)ga jangsiz taslim bо‘ldi, islomning diniy markaziga aylandi. Ka’ba ichidagi butlar, sanamlar buzib tashlandi.U yangi dinning muqaddas sajdagohiga aylantirildi. Bu erga ziyorat (haj) qilish bu dinning shartlaridan biri deb e’lon qilindi.
Buni islomda jajjat-ul vido deyiladi. YA’ni vidolashuv haji. Mana shu ziyorat Makkaning islom diniy markazi sifatidagi mavqeini uzil kesil xal qildi.
Payg‘ambarimiz (sav) Arafotda 120 ming hojilar xuzurida olamshumul, mashhur xutbalarini о‘qiganlar. Eskidan qolgan butun yomonliklarni, qon da’vosini, sudhо‘rlikni, qimorni, fahshni, har turli haqsizliklarni bekor qildilar. Musulmonlar о‘rtasida mol, jon, nomus xavfsizligini ta’minladilar. Erkaklarning xotinlari va xotinlarning erkaklari ustidagi haqlarini tushuntirdilar. Barcha musulmonlarning birodar ekanligini aytdilar.
“Sizlarga ikki narsani qoldiryapman, agar unga mahkam yopishsalaringiz, haq yо‘ldan hech qachon adashmaysizlar. Biri Allohning kalomi, ikkinchisi mening sunnatimdir”, degan muborak xadisni aytdilar.
Hajdan qaytgach, о‘zini juda charchoq, holsiz sezgan Muhammad (s.a.v.) uch oy о‘tgach 632 y. 8 iyunda о‘pka shabadalashi (plevrit) kasalligi bilan vafot etdi. Muhammad qazo qilgach, Makka va Madina ulamolari ijmo (kelishuv) yо‘li bilan saltanat boshlig‘i halifa izdoshni belgilash tamoyiliga amal qilib, uning eng yaqin safdoshi, dо‘sti va qaynotasi Abu Bakr (r.a)ga hokimiyatni topshirdilar.
Xalifa Abu Bakr Muhammad payg‘ambarning eng yaqin safdoshi, qaynotasi (Oyshaning otasi). Yirik savdogar. Makkaning Quraysh qabilasidan. Muhammad da’vati bilan islomni birinchilardan bо‘lib qabul qilgan. Isro va me’roj hodisasini eng birinchi bо‘lib tasdiqlagan. Payg‘ambar unga Siddiq, ya’ni imoni kuchli deb laqab bergan.
Umar ibn Xattob dastlabki tо‘rt xalifaning ikkinchisi, buyuk davlat arbobi. Islomni taxminan 616 yili qabul qilgan. Muhammad payg‘ambarning yaqin safdoshlaridan biri va qaynotasi (Hafsaning otasi). Payg‘ambar olib borgan barcha janglarda qatnashgan. Nasroniy Bu Lu’lula Umarga xanjar sanchib yaralagan va shu kuni kechqurun Umar 63 yoshda vafot etgan. Vasiyatiga kо‘ra, Oyshaning xujrasiga, Muhammad payg‘ambar va Abu Bakr yoniga dafn etilgan.
Xalifa Usmon ibn Affon (taxminan 575-656) dastlabki tо‘rt xalifadan uchinchisi, Umaviylar qabilasiga mansub. Muhammad payg‘ambarning о‘lim oldidagi eng dastlabki izdoshlaridan biri. Ularning о‘lim oldidagi vasiyatiga kо‘ra, Usmon yangi xalifani saylashi lozim bо‘lgan kengash-SHо‘ro tarkibiga kirgan va ular tomonidan xalifa qilib saylangan.

Yüklə 31,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə