Issiqxonlar va ularning ahamiyati



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə1/2
tarix03.02.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#100122
  1   2
4 ma\'ruza


ISSIQXONLAR VA ULARNING AHAMIYATI
O’tgan asrning 60-nchi yillari oxiri 70-nchi yillari boshlarida O’zbekiston-da oynavand issiqxonalarni qurish jadal sur’atlarda olib borildi. Ularning namunaviy loyihalari o’zgardi va konstruktsiyalari takomillashtirildi. Shu sa-babli, respublikamizda turli loyihalar asosida qurilgan issiqxonalarni uchra-tish mumkin.
Ayrim xo’jaliklarda 60-nchi yillar oxiri, 70-nchi yillar boshlanishida 810-78 raqamli namunaviy loyiha asosida maydoni 3 ga bo’lgan angar issiqxonala-ridan bloki qurilgan. Blokka har birining maydoni 3000 m2 bo’lgan angar tipi-dagi 9 issiqxonalar kirib va maydoni 1500 m2 bo’lgan ko’chat etishtirishga mo’l-jallangan ikkita issiqxona, xo’jalik va yordamchi binolar, kengligi 6 m bo’lgan yo’lak bilan blokka biriktirilgan. Bu davrda shuningdek, 810-45 sonli namu-naviy loyihaga muvofiq zvenolari oralig’i (zveno) 3,2 m bo’lgan 3-6 ga li blokli issiqxona kombinatlari qurilgan.
O’zbekistonda keyingi yillarda 810-73, 810-92 raqamli loyihalar bo’yicha qishki issiqxonali kombinatlar qurildi. Bu zvenolarining oralig’i 6,4 m bo’lgan maydoni 6 ga oynavand qishki issiqxonalar blokidir. Konstruktsiyasi mahsus en-gillashtirilgan ko’rinishda (profilli). Blokda har birining maydoni 1 ga dan bo’lgan 6 issiqxona mavjud. Bir gektarli issiqxonaning tashqi o’lchami 141×75 m (4-rasm).

Blok maxsus qurilgan qozonxonadan issiqlik oladi. Shu bilan birga xo’ja-lik va yordamchi binolar hamda yo’lakni isitilishi ham hisobga olingan. Shuning-dek, tuproq aralashmasi va suyuq yonilg’ilarni saqlaydigan maydoncha ham mavjud.
Barcha qishki issiqxonalarning loyihalarida havo haroratini va namligini, sug’orishga ishlatiladigan suvni haroratni avtomatik ravishda sozlab turish nazarda tutilgan. Ammo, qurilish davrida ko’pincha avtomatika moslamalari qo’yilmagan, o’rnatilganlari esa tezda ishdan chiqqan. Hozirgi davrda kombi-natlar avto-matikasiz ishlamoqda. Kombinatlarda o’g’itlar eritmasini va zaharli moddalarni tayyorlaydigan tarmoqlari bor. Isitish tizimida tuproq ostidan, tuproq ustidan, kontur va chodirsimon usullari hisobga olinadi. Loyiha bo’yicha issiqxonalarda tuproq ostidan isitish, yomg’irlatib sug’orish moslamalari o’rna-tilgan bo’lishi kerak. Issiqxona tuprog’i ostida qumli zovur (drenaj) qatlam va drenajli sopol trubalar zovurlari bo’lishi kerak. Ammo, qurilish davrida bu ti-zimlar bajarilmagan.
O’zbekistonda plyonkali issiqxonalarning har xil turlari mavjud. Ularni ikki nishabli va arkasimon, angarli va blokli, yog’och va metall sinchli turlarini uchratish mumkin. Ularning kattaligi juda xilma-xil. Ular tabiiy quyosh nuri, kaloriferlar va boshqa usullarda isitiladi.
80 yillarda bahor-yoz-kuz mavsumlarida foydalanish uchun plyonkali issiq-xonalar qurish ko’p namunaviy loyihalar bo’yicha olib borilgan. Ulardan ko’p tar-qalganlari quyidagilar: 810-77, 810-93, 910-97 blok tipli sabzavot etishtiradi-gan, 810-91, 810-94 blok tipidagi ko’chat va sabzavot hosilini etishtiriladigan, 810-1-5.83 angar tipidagi ko’chat va sabzavot etishtiriladiganlaridir.
810-93 raqamli namunaviy loyiha bo’yicha qurilgan sabzavot etishtiriladi-gan blokli issiqxona egallagan maydoni 1 ga bo’lib, o’lchami 150×68 m, zvenollar soni 16, zvenosini eni 4 m bo’lgan, ular engil metall konstruktsiyadan tayyorlana-di (5-rasm).

810-97 raqamli namunaviy loyiha bo’yicha qurilgan issiqxona yog’och kon-struktsiyali bo’lib, zvenosi eni 6 m. 810-94 raqamli loyiha asosida har birini maydoni 0,13 ga, o’lchami 64×24 m bo’lgan 8 ta to’rt zvenoli ko’chat va sabzavot etishtirishga mo’ljallangan blokli issiqxona qurilgan. Zvenosi eni 6 m. Is-siqxona tup-rog’i va havo haroratini sozlash, sug’orish va namlashni avtomatik usulda boshqar-ish nazarda tutilgan.
20-30 yil avval qurilgan ko’pgina oynavand va plyonkali issiqxonalar yaroqsiz holatga kelgan, ularni ko’pchiligi qayta ta’mirlangan. Ular zamonaviy yangi konstruktsiyaga (tuzulishga) ega bo’lganlari bilan almashtirilmoqda. Mahal-liy xom-ashyo materiallardan va mikroiqlim sharoitlarini avtomatik usulda boshqarilmaydigan namunaviy loyihaga ega bo’lmaganlari ham qurilmoqda.
Hozirgi davrda plyonkali issiqxonalar maydoni yil sayin kengayib bormoq-da. Dala bog’lari va tomorqa uchastkasi egalari o’z uylari oldiga isitiladigan plyonkali issiqxonalar qurib, kuz-qish-bahor faslida u erlarda sabzavot etish-tirmoqdalar.
Keng tarqalgan plyonkali kichik issiqxonalar, ayrim ustalar va tadbirkorlar tomonidan qurilmoqda. Ular qurgan issiqxonalar turlicha konstruktsiyaga ega. Yopqichlari bir qavatli bo’lib, ular suv bilan isitiladigan, qozoni individual, suvni turli xildagi yonilg’ilarni yoqib isitadi, asosan solyarka, mazut, ko’mir va o’tindan foydalaniladi. Ularni qurishda sinch uchun armatura va po’lat ugol-niklar asosiy material hisoblanadi. O’simliklarni bog’lash uchun yopqichi tagidan yo’g’on sim tortiladi. Nisbatan ingichka simlar plyonkani shamol uchirishidan saq-lash uchun foydalaniladi.
Shaxsiy plyonkali issiqxonalarning katta-kichikligi bo’sh er maydoniga bog’-liq. U issiqxona uzunligi va sektsiyalari soni va eni kengligini aniqlaydi. Shu bilan birga, ayrim me’yorlarga amal qilinadi. Qator orasi 70-80 sm bo’lgan 8 egatni joylashtirish uchun sektsiya kengligini 6-6,5 m qilinadi. Issiqxona tar-novigacha balandligi – 2-2,2 m, sarrovigacha – 3-3,5 m bo’ladi.
Bunday issiqxonalarning oldi va orqa devorlarini taxminiy ko’rinishi 6-rasmda keltirilgan.
Oldi tomoni devorining o’rtasiga balandligi 2 m eni 1 m bo’lgan eshik o’rna-tiladi, uni ustidagi fermaga shu o’lchamdagi darcha perpendikulyar holatda joy-lashtiriladi. Eshik va darcha ko’ndalang kesimi 25 mm li metall uchburchakdan, ke-sakisi esa kesimi 50×30 mm bo’lgan yog’och taxtalardan tayyorlanadigan romdan iborat. U shtapik (taxtacha) yordamida plyonka bilan qoplanib tiqiladi.
Oldi va orqa devorlarni har bir zvenolarini eni bo’ylab, qalinligi 20 mm va uzunligi 5,4 m li armaturalardan tayyorlangan ustunlar o’rnatiladi, Har bir armatura ikki bo’lak qilib buklanadi, shunda ularni uzunligi 2,7 m ni tashkil qiladi.

Armaturani bir-biriga tutashmay bo’sh qolgan tomoni, oralig’iga qarab pi-shiq g’isht joylashtiriladi. Bunday ustunlar yana ham pishiqroq bo’lishi uchun ularni orasi ko’ndalangiga armatura bo’lakchalari bilan mahkamlanadi. Tutashmay bo’sh qolgan va orasiga g’isht joylashtirilgan tomoni erga 0,5 m chuqurlikda ko’mi-ladi. Ustunlarni yuqoridagi aylanma shaklida bukilgan uchlariga ko’ndalang va yon devorlar ustidan qalinligi 20 mm li armatura bo’laklari o’rnatilib payvandla-nadi. Individual plyonkali issiqxonalarda yon devorlarni ko’rinishi 7-rasmda keltiriladi.
Oldi tomoni devori uchun ustunlar qanday tayyorlangan bo’lsa, bo’ylama devo-ri uchun ham shunday tayyorlanadi, ammo bunda kesimi 16 mm bo’lgan armaturalar-dan foydalaniladi. Ustunlar har 2 m oraliqda o’rnatiladi. Bo’ylama devor ustun-lari ustiga kesimi 20 mm li armatura payvandladi (svarka qilinadi). Zvenolar oralig’iga xuddi shunday ustunlar, shunday usulda o’rnatiladi.
Yon devorning uzunligi bo’ylab har 2 yoki 4 m oralatib o’lchami 4×2 m li darcha-lar (fortochka) o’rnatiladi. Bo’ylama devor burchaklarini mustahkamligini yanada oshirish uchun kesimi 45 mm uzunligi 4,7 m bo’lgan burchakli tirgovich o’rnatiladi. Uni 4 m naridagi keyingi ustining pastki qismiga, tiralib mahkamlanadi.

Zvenolar ustidan har 2 m (keyingi qo’shni ustunlar orasidagi masofa bo’y-icha) masofada yon devorlarga tirkab yarim yoy ko’rinishli ferma o’rnatiladi, ular-ni uchlari devor asoslariga mahkamlanadi. Har bir ferma (faramuga) qalinligi 16 mm li ikki bo’lak biri ikkinchisiga mahkamlangan armaturalardan iborat. Fermalarni (faramugalarni) balandligi 1-1,3 m. Fermalarni asosida o’simlik-larni bog’lash uchun bir necha qator simlar tortiladi.
Issiqxonaning konturi bo’yicha oldi-orqa va uzunasi bo’ylab devorlari o’rta qismiga kesimi 50 mm bo’lgan isitish trubalari, zvenolari oralig’iga esa shunday trubalardan 3 tadan o’rnatiladi.
Shamol ta’sirida plyonkani yirtilishi oldini olish uchun sinchlari orali-g’iga har 0,5-0,6 m masofada ingichka sim tortiladi. Shu tartibda yasalgan sinchlar ustidan yaxlit plyonka tortilib yopiladi. Eshik va darchalarga to’g’ri kelgan joyi kesiladi.
Issiqxonani isitish qozoniga ulangan va issiqxonaning uzunasi bo’ylab o’tkazilgan kesimi 100 mm li ikki magistral truba orqali olib boriladi. Ular-dan kesimi 35 mm li – tarmoq trubachalari chiqarilib, ular orqali suv isitish trubalariga keladi.
Maydoni 500 m2 (27×19 m) bo’lgan bunday plyonkali issiqxonalarni qurish uchun taxminan: kesimi 100 mm li po’lat trubalardan – 62 m; 50 mm – 530 m; 35 mm – 70 m kerak bo’ladi; kesimi 20 mm armaturadan – 740 m; 16 mm – 300 m; 45 mm ugolniklardan – 38 m, 25 mm – 72 m; yo’g’on simdan – 680 m, ingichkasidan – 1006 m; tarnov uchun – 22 m2 tunuka, 1 dona qozon, kesimi 5×3 sm taxtachadan – 72 m, shtapikdan – 150 m; g’ishtdan – 60 dona; plyonkadan – 1200 m2 kerak bo’ladi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə