Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov



Yüklə 339,29 Kb.
səhifə1/4
tarix25.01.2023
ölçüsü339,29 Kb.
#99269
  1   2   3   4
Falsafa 73. Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov




Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov

Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov tushunchalari. 


“Erkinlik – insonni siyosiy, ma’naviy zo’riqishdan, zo’ravonlikdan himoya qilishdir. Erkinlik- o’z baxtini o’zi yaratish vositasidir. Erkinlik jamiyati va boshqa ma’rifatli kishilar bilan insonning muloqotga kirishish xuquqidir. Erkinlik – jamiyat tomonidan insonni ochlikdan va qashshoqlikdan, qo’rquvdan jaholatdan yakkalanib qolishdan himoya qilishining kafolatlanishidir. 


Erkinlikni jamiyatning turli sohalari bilan bog’lab aniq tushunchalar hosil etiladi. Masalan vijdon erkinligi, fuqarolar erkinligi, iroda erkinligi, fikr erkinligi, so’z erkinligi, matbuot
erkinligi va h.k. e.- bosh- boshdoqlik uchun emas, balki jamiyatda muayyan ijtimoiy tartib uchun mas’uliyat – ijtimoiy makondir. Burch- insonning jamiyat oldidagi vazifasi. Mana shu vazifani bajarishni erkin, ixtiyoriy tanlash, irodaga ega bo’lish, bajarish uchun erkin muhitga ega bo’lish insonning ma’naviy – axloqiy jihatidir. 
Inson ruhi, ongi, boylik, martaba vasvasasi bilan zanjirlangan ekan, uning fikri erkin bo’lolmaydi. Ana shu zanjir ozod bo’lishi yoki zanjirbandligini anglash ma’suliyatidan qochish bilan band bo’lar ekan, inson o’zining erkini cheklaydi. Erkinlik anglashib olingan zaruriyat ekan, u ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov asosida namoyon bo’ladi.
Insondagi ixtiyor erkinligi zaruriyat talabi bilan oqilona, aqlga buysundirilgan ravishda cheklanadi ya‘ni nisbiylashadi. Insonning ixtiyor erkinligi ma‘lum mas‘uliyat bilan faoliyat ko’rsatishini talab qiladi.
Erkinlik tarixiy taraqqiyotining zaruriy maxsulidr. Ixtiyor erkinligi tufayli inson har qadamda axloqiy tanlov muammosiga duch keladi. Bu muammo kishida mas‘uliyat hissi mavjudligidan dalolat beradi. Mas‘uliyat shaxs faoliyatida o’zo’zini boshqarishni, tartibga solishdir. Shaxsning jamiyatda to’tgan o’rniga qarab mas‘uliyatning kulami ham xilma xil bo’ladi. Jamiyatning oddiy a‘zosi ota-ona, farzandlar, jamoa oldida u yoki bu darajada mas‘uliyatni sezadi. Buyuk shaxslar, davlat arboblari esa vatan, xalq, tarix oldida, tarixiy zaruriyatlarni hal qilishida mas‘uliyat ko’p bo’ladi. Shunga yarasha ularning har bir 
qo’ygan qadami, fikri oldida javobgarlik hissi, mas‘uliyati yuqori bo’ladi. Insonning hayot faoliyati ixtiyor erkinligi va mas‘uliyati asosida namoyon bo’ladi va hayotning turli xil ko’rinishida o’z ifodasini topadi. Inson doimo mas‘uliyat bilan faoliyat ko’rsatadi va o’zining ezgu niyatiga yetadi. Ixtiyor erkinligi tufayli inson har qadamda axloqiy tanlov muammolarga duch 
keladi. Bu muammo insonda mas‘uliyat hissa mavjudligidan dalolat beradi. Mas‘uliyatni o’zgalar va o’z vijdoni oldida javobgarligini sezmagan kishi hohlagan ishga kul urishi mumkin – uni o’z qilmishining oqibati qiziqtirmaydi. U faqat manfaat ustuvorligini tan oladi, xolos. Unday odamni axloqsiz deb ataydilar. Inson yo ezgulikni, yo yovuzlikni tanlashi tufayli nimanidir ixtiyor etadi: axloqiy tanlov – har bir hatti – harakat, har bir qilmishining ibtido nuqtasidir. Shaxsda axloqiy tanlov erkinligini namoyon bo’ladi. U iroda erkinligi, o’z hatti-harakatlari irodasiga muvofiqlash erkinligidir «Avesto» kitobida ham axloqning qonun – qoidalari ishlab chiqilgan. Unda insonni inson tomonidan o’ldirilishigina emas, balki it, ot kabi hayvonlarni jonsiz qilish, daraxt va o’simliklarni behuda payhon etish man qilinadi. Inson faqat ezgu uy, ezgu so’z, ezgu a‘mol bilan yashashi lozimligi ta‘kidlanadi.Bibliyada Kobilni o’ldirgan Xobildan Tangri xun olmaydi va uni o’ldirmaslikni talab etadi. Buddxa ta‘limoti jonlini jonsiz qilishni eng katta gunoh deb biladi. Injilda «O’z qavmdoshingni sev», «Odam o’ldirma» degan da‘vatlar asosiy qoidalar sifatida namoyon bo’ladi. Qur‘oni Karimda esa xun olishdan ko’ra tovon olmoq ma‘qulligi aytiladi va musulmonlar o’zaro faqat go’zal munosabatlar qilish lozimligini ko’rsatiladi.
Demak, dastlabki axloqiy qonun – qoidalar muqaddas kitoblarda o’z aksini topgan bo’lib, zo’ravonlikka zo’ravonlik bilan javob bermaslik tamoyili asosida yaratilgan. Inson axloqiy hayotning asosi bo’lgan ana shu qonun – qoidalar hozir ham o’z ahamiyat ini yo’hotgani yo’q. Odamlar ularni og’ir majburiyat deb bilmasdan, dil-dildan bajaradigan zamonning tezroq kelishi uchun tinmay harakat qilishlar axloqiy taraqqiyotdan dalolatdir. Zero, ana shu yo’lda komil inson g’oyasini kishilar ongi va qalbiga 



Yüklə 339,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə