J. A. Rizayev “ ” 2021



Yüklə 15,13 Kb.
tarix20.04.2022
ölçüsü15,13 Kb.
#85743

DOKTORLIK DISSERTATSIYASI NATIJALARINING AMALIYOTGA TADBIQ ETILGANLIGI TO’G’RISIDAGI

DALOLATNOMA

Tasdiqlayman

Samarqand davlat tibbiyot

instituti rektori

_____________ J.A. Rizayev

____” ___________ 2021


Mustaqil izlanuvchi Maxammadjonov Tursunboy A’zamjon o’g’lining “Tibbiyotga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarida biologik kimyo fanini o’qitish metodologiyalarini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02-Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) ixtisosligi bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi natijalarining Samarqand davlat tibbiyot institutida amaliyotga tadbiq etilganligi to’g’risida

DALOLATNOMA

Samarqand davlat tibbiyot institutida mustaqil izlanuvchi Maxammadjonov Tursunboy A’zamjon o’g’lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi yuzasidan chop etilgan ilmiy ishlaridan, xususan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 14-iyundagi №-533 sonli buyrug’iga asosan “Bioorganik kimyoning nazariy asoslari” nomli o’quv qo’llanmasi, O’zMU xabarlari ilmiy jurnalida chop etilgan “Klinik biokimyo fanini o’qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish” ilmiy maqolasi, Current research journal of pedagogics Amerika ilmiy jurnalida “Modern pedagogical technologies in teaching biological chemistry” ilmiy maqolasi Tibbiyotga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarida biologik kimyo fanini nazariy asoslarini talabalarga yetkazib berishda , tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan metodik ta’minot va o’quv metodik majmua o’quv jarayonida samarali qo’llanilib, talabalarning o’zini o’zi baxolay olish, shuningdek olgan nazariy bilimlarini amaliyotga qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirishga sezilarli darajada yordam bermoqda.

Tibbiyotga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarida biologik kimyo fanini o’qitishda ilg’or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo’yicha o’quv-metodik qo’llanma ishlab chiqilgan bo’lib, xozirda mazkur fandan o’quv e’lon qilingan va amaliyotga qo’llash guvohnomalari olingan natijalari va xulosalaridan oliy ta’lim muassasalari professor o’qituvchi va talabalarning biologik kimyo fanining yaratilgan multimediali elektron axborot resursdan talabalarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish hamda o’quv jarayonida keng foydalanilmoqda.

Tadqiqotchi Maxammadjonov Tursunboy A’zamjon o’g’li tomonidan ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar va e’lon qilingan tadqiqot natijalaridan respublikamizdagi tibbiy pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalaridagi 7111000-tibbiy pedagogika bakalavriat ta’lim yo’nalishi o’quv rejasida “Biologik kimyo” fanini o’qitishda samarali foydalanib kelinmoqda.



O’quv ishlar bo’yicha

prorektor N.A. Yarmuxamedova

Tibbiy pedagogika fakulteti

dekani S.E. Mamarajabov

Biologik kimyo kafedrasi

Mudiri Q.M. Xaliqov
Yüklə 15,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə