|
Ja Abdulloh Tug‘dor maqbarasi 1840-yilda bunyod etilgan bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan nuray boshladi va bu tarixiy majmuaning to‘liq buzilishi hamda yo‘qolishi xavfini yuzaga keltirdi
|
tarix | 30.06.2022 | ölçüsü | 5,12 Mb. | | #90260 |
| Xo\'ja Abdulloh Tug\'dor Buklet
Xo'ja Abdulloh Tug‘dor maqbarasi 1840-yilda bunyod etilgan bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan nuray boshladi va bu tarixiy majmuaning to‘liq buzilishi hamda yo‘qolishi xavfini yuzaga keltirdi. 2021-yilning mayida UzAuto Motors butun mahalliy aholi uchun qadrli bo‘lgan muqaddas joyni tiklash va unga avvalgi go‘zallik hamda ulug‘vorlikni qaytarish haqida qaror qabul qildi.
UzAuto Motors korxonasi ilk ochilgan kunlaridanoq jamoat ishlari va O‘zbekistonning mahalliy infrastrukturasini mustahkamlashda faol pozitsiyalarni egallab kelmoqda. Bizning tarixiy va ma’naviy qadriyatlarimiz timsoli bo‘lgan navbatdagi loyihalardan biri Asakadagi ziyoratgoh — Xo’ja Abdulloh Tug‘dor maqbarasining tiklanishi bo‘ldi.
Ziyoratgoh uchun qiymati 2 milliard so‘mga teng bo‘lgan loyihani amalga oshirish “Avtosanoat Injiniring” strukturaviy qurilish kompaniyasiga topshirildi.
2022-yil 7-maydagi majmuaning tantanali ochilishida viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov ishtirok etdi. Bugun ziyoratchilar muqaddas qadamjoga yana tashrif buyurishi, maqbaraning madaniy merosini ko‘rib, unga baho berishi va qalb tubidagi duolarini aytishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |
|
|