Jadidlarning dasturiy maqsad va vazifalari



Yüklə 220,49 Kb.
səhifə1/2
tarix03.03.2023
ölçüsü220,49 Kb.
#101845
növüReferat
  1   2
Jadidlarning dasturiy maqsad va vazifalari (1)




QARSHI DAVLAT 1-IXTISOSLASHTIRILGAN
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI
9-“A” SINF O‘QUVCHISI
CHO‘LIYEVA KAMOLANING
O‘ZBEKISTON TARIXI FANIDAN
JADIDLARNING DASTURIY
MAQSAD VA VAZIFALARI”
MAVZUSIDA YOZGAN
REFERATI
FAN O‘QITUVCHISI: JO‘RAYEVA E.

Mavzu: JADIDLARNING DASTURIY MAQSAD VA VAZIFALARI


REJA:
1. Jadidlarning asosiy g‘oyalari.


2. Turkistonda jadidchilar.


3. Jadidlar va Islom dini.


4. Xulosa.
MAVZU: JADIDLARNING DASTURIY MAQSAD VA VAZIFALARI
O‘rta Osiyoda taraqqiyparvarlar rivojlangan jamiyat yaratishdek o‘z g‘oyalarini amalga oshirishda mutaassiblik, loqaydlik, qoloqlikka qarshi kurash olib borishga alohida ahamiyat berganlar. Ular bu vazifalarni amalga oshirishda quyidagi yo‘nalishlarni ustuvor deb hisoblaganlar: o‘lkada yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish, qobiliyatli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish, turli ma’rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish, gazeta va jurnallar chop etish, xalqning ijtimoiy-siyosiy va madaniy ongini yuksaltirish yo‘li bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish edi.
Ilg‘or milliy ziyolilar faoliyatining muhim yo‘nalishi yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish edi. Bu maktablar bolalarning tez va oson savodxon bo‘lishlarini ta’minlabgina qolmay, balki ularda fanatizm va konservatizmdan xoli bo‘lgan yangi dunyoqarashning shakllanishiga ham xizmat qilar edi.
Ular ham Sharq, ham G‘arb madaniyati yutuqlarini egallashga intildilar, o‘qidilar va o‘zgalarni ham shunga da’vat etdilar. Ma’rifatparvarlar xorijga chiqib, turli mamlakatlardagi madaniyat va ta’lim taraqqiyoti darajasini ko‘ra oldilar, ularni solishtirdilar va bu zehnli yoshlarda jahon taraqqiyoti yutuqlarini Turkistonga keltirish istagi paydo bo‘ldi. Natijada jadidlarning diqqat markaziga birinchi bosqichda ta’limni isloh etish vazifasi qo‘yildi.
Yangi usul maktablarida ta’lim jarayonida Yevropa standartlari mezon qilib olingan edi. Arifmetika, tarix, geografiya, tabiatshunoslik asoslari singari fanlar bilan bir qatorda islom ta’limoti asoslarini o‘rganishga ham katta e’tibor berilgan.
Yangi darsliklar yaratish masalasi juda dolzarb bo‘lib turar edi. Dastlabki paytlarda Turkistondagi yangi usul maktablarining ko‘pchiligida Qozon va Orenburgda nashr etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanildi.
Toshkent, Buxoro, Samarqand, Andijon, Qo‘qon, Xiva shaharlari jadidchilik harakati markaziga aylandi. Bu shaharlarda ochilgan madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi jamiyat va uyushmalar Turkistonda jadidchilikning keng yoyilishiga olib keldi.




Yüklə 220,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə