Jahon arxivlari tarixi fanidan nazorat savollari



Yüklə 38,08 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü38,08 Kb.
#180526
Talabalarga berilgan nazorat savollari


Jahon arxivlari tarixi fanidan nazorat savollari:

  1. Mutloq monarxiya davlatlarda arxivlarning eng xarakterli xususiyati nimadan iborat boʻlgan?

Davlatlarda muassasalar va alohida devonxonalar qoshida arxivlar soni qaysi asrlarda muttasil oʻsib bordi?

  1. Oʻrta asrlarda qaysi arxivlarga alohida e’tibor qaratilgan?

  2. Angliyada XVI asr oxirlarida qirol devonxonasi oʻrniga tashkil etilgan arxiv qanday atalgan?

  3. Fransiyada XVI–XVII asrlarda asosiy siyosiy arxiv qaysi edi?

  4. Fransiyada Kardinal Rishelye arxiv sohasida qanday ish qilgan?

  5. Yangi davr Yevropa monarxiya davlatlarida qaysi arxivlar asosiy davlat arxivlari hisoblangan?

  6. Ispaniyaning Simankas qal’asiga joylashgan arxiv dastlab qanday atalgan?

  7. XVII asrda ispan qirolining maxsus farmoni asosida qanday arxiv tashkil etilgan?

Shvetsiyada davlat mustaqilligi qoʻlga kiritilgandan soʻng, davlat hujjatlari saqlovxonasi nima deb atalgan?
Muqaddas Rim imperiyasida gabsburglar bosh arxivlari qachon paydo boʻlgan?

  1. Venada Maxfiy sulolaviy, saroy va davlat arxivi qachon tashkil etilgan?

  2. Yevropada mutlaq monarxiya sharoitida qaysi arxivlarining ahamiyati pasaydi?

Rim katolik cherkoviga tegishli “Maxfiy Vatikan arxivi” qachon tashkil etilgan?

  1. Yevropada kapitalistik ishlab chiqarishning rivojlanishi munosabati bilan qanday arxivlar koʻpaydi?

  2. Hujjatlardan ilmiy maqsadlarda foydalanish qachon kengaydi?

  3. Fransiyada tashkil etilgan “Xartiyalar kabineti”da qanday hujjatlar saqlangan?

  4. Angliyada shaxsiy kolleksiyalarning katta qismi jamlangan Britaniya muzeyi qachon tashkil etilgan?

“Hindistonlar bosh arxivi” qachon va qayerda tashkil etildi?

  1. “Hindistonlar bosh arxivi” qanday maqsadda tashkil etildi?

  2. Qaysi mamlakatlarda Ost-Indiya kompaniyalari tashkil etilgan?

  3. Gudzon koʻrfazi kompaniyasi arxivi qayerda joylashgan?

  4. Gudzon koʻrfazi kompaniyasi arxivi qachon YUNESKO qoshidagi “Butun jahon merosi” roʻyxatiga olingan?

  5. Fransiyada Dengiz arxivi qachon tashkil etilgan?

  6. Fransiyada Dengiz arxivi kimning tashabbusi bilan tashkil etilgan?

  7. Fransiyada tashqi ishlar vazirligi arxivi qachon tashkil topgan?

  8. Fransiyada Markaziy davlat arxivi qachon tashkil etilgan?

  9. Fransiyada mahalliy arxivlar qanday nomlangan?

  10. Fransiyada qachon kommunal va gospital arxivlari haqida qaror qabul qilindi?

  11. XV–XVI asrlarda Buyuk Britaniyada hujjatlarinig katta qismi qaysi muassasada toʻplangan?

  12. Ser Tomas Vilson Angliya arxivi tarixidaqanday iz qoldirgan?

  13. XVIII asrning nechanchi yillarida Angliya parlamenti tomonidan arxivlarni tekshirish uchun komissiya tuzilgan?

  14. Angliyada qachon Davlat (Milliy) arxivini tuzish toʻgʻrisida Qonun qabul qilindi?

  15. Gollandiya Respublikasi (XVI asr) mahalliy hujjatlari qayerda saqlangan?

  16. Gollandiyada arxiv ishi sohasida markazlashtirish jarayonlari qachon yuz berdi?

  17. Niderlandiyada qachon qirollik Bosh arxivi ta’sis etildi?

  18. Niderlandiya qirollik Bosh arxivi qaysi shaharda joylashgan edi?

  19. 1875-yidagi qonunga asosan Gollandiyada davlat arxivlari tizimida qanday oʻzgarishlar yuz berdi?

  20. “Arxivlarni tartibga solish va tavsiflash boʻyicha qoʻllanma” kitobi qachon va qayerda nashr etilgan?

  21. 1796-yilda Belgiyaning qaysi shaharlarida departament arxivlari tashkil etildi?

  22. Bryusseldagi Qirollik arxivi qachon tashkil etilgan?

  23. Prosper Gashar kim va arxiv sohasiga qanday aloqasi boʻlgan?

  24. Belgiya Qirollik Bosh arxivi qanday seksiyalardan iborat boʻlgan?

  25. Belgiya arxiv muassasalari tizimi va ishlash tartibi toʻgʻrisidagi qonun qachon qabul qilingan?

  26. “Belgiya kutubxona va arxivlari axborotnomasi” jurnali nechanchi yildan nashr etila boshlagan?

  27. Belgiyada arxivchilar, kutubxonachilar va muzey xodimlari Assotsiatsiyasi qachon tashkil etilgan?

  28. “Shveytsariyada arxiv amaliyoti” nomli monografiya qachon nashr etilgan?

  29. Konfederatsiya va Gelvetsiy respublikasi arxivlari qaysi davlatga tegishli boʻlgan?

  30. Italiyada qachondan boshlab hujjatlarni yigʻish ishlari yoʻlga qoʻyilgan?

  31. Italiyada nechanchi yildan arxivlarni isloh qilish boshlandi?

  32. Italiyada nechanchi yillarda arxiv ishi borasida qonunlar qabul qilingan?

  33. Rim arxivi qachon tashkil etilgan?

  34. Rim arxivi qaysi arxivlar asosida tashkil etilgan?

  35. Ispaniyada dastlabki yirik arxivlar qaysi qirollik va grafliklarda tshkil etilgan?

  36. Ispan qiroli qachon barcha muhim hujjatlarini bir joyga jamlash toʻgʻrisida farmon qabul qilgan?

  37. Ispan qiroligi arxivi dastlab qayerda saqlangan?

  38. Ispan qiroligi arxiviga qachon Simankas qal’asidan joy ajratilgan?

  39. “Hindistonlar bosh arxivi” qachon va qayerda tashkil etilgan?

  40. “Hindistonlar bosh arxivi” kimninig farmoni bilan tashkil etilgan?

  41. “Hindistonlar bosh arxivini” tashkil etish tashabbuskorlari kimlar boʻlgan?

  42. Hozirda “Hindistonlar bosh arxivi”da qancha hujjatlar saqlanadi?

  43. Aragon toji arxivi qachon va qayerda tashkil etilgan?

  44. Aragon toji arxivi kim tomonidan tashkil etilgan?

  45. Valensiya Qirol arxivi qachon tashkil etilgan?

  46. Diplomatika qanday sohalarni oʻrganadi?

  47. Ordonans soʻzining lugʻaviy ma’nosini toping?

  48. Varshavadagi Toj metrikasi arxivi dastlab qaysi davlatning arxivi boʻlgan?

  49. Varshava arxivi XVII asrda qaysi urushda katta zarar koʻrgan va hujjatlar qayerga olib ketilgan?

  50. “Skraba arxivi” qaysi davlatga tegishli boʻlgan?

  51. Voyevoda arxivlari deganda qanday arxivlarni tushunasiz?

  52. Buyuk Varshava gertsogligidagi “Qadimgi hujjatlar arxivi”ga qachon asos solingan?

  53. Vena kongressi (1814–1815)dan soʻng Varshava gertsogligi markaziy muassasalari hujjatlarining katta qismi qayerga olib ketilgan?

  54. Polsha podsholigi Bosh arxivi (sobiq Varshava gertsogligi arxivi)ga qanday hujjatlar kiritilgan?

  55. Varshava gʻazna palatasi qoshida moliya arxivi qachon tashkil etilgan?

  56. Varshava gʻazna palatasi qoshida moliya arxivida qanday hujjatlar jamlangan?

  57. Statgalter arxivlari deganda qanday arxivlarni tushunasiz?

  58. Varshava gen.-gubernatorligi arxivining koʻplab hujjatlari Birinchi jahon urushi davrida qayerga olib ketilgan?

  59. Polshaning Avstriyaga oʻtgan hududida mahalliy muassasalarning zemstvo va shahar hujjatlari qayerda saqlangan?

  60. Galitsiyani boshqarishga oid hujjatlar qayerda saqlangan?

  61. Hozirgi kunda Polsha milliy arxivi tarmoqlarida qanday arxivlar bor?

  62. Qadimgi hujjatlar Bosh arxivida qanday hujjatlar saqlanadi?

  63. Polshadagi Yangi hujjatlar Markaziy arxivi qachon tashkil etilgan?

  64. Polsha Raqamli Milliy arxivi qachon tuzilgan?

  65. Polshada fotosuratlar, ovozli yozuvlar va turli filmlar qaysi arxivda saqlanadi?

  66. “Grada”qalʻasi (prezident devonxonasi qoshida) arxivi qayerda joylashgan?

  67. Chex toji arxivida qaysi davrga oid hujjarlar saqlanadi?

  68. Hozirgi kunda Chex toji hujjatlari qayerda saqlanadi?

  69. Slovakiya Milliy arxivi qachon tashkil topgan?

  70. Markaziy konchilik arxivi qaysi davlatga tegishli?

  71. Xirsovul (oltin muhrli), argirovul (kumush muhrli) yoki molivdovul (qoʻrgʻoshin muhrli) yorliqlar qaysi davlat arxivlarida koʻplab uchraydi?

  72. Kirill va Mefodiy alfaviti qaysi davlatda “glagolitsa” deb nomlangan?

  73. Qaysi davlatda tarixiy hujjatlarini toʻplash va saqlab qolishda chitalisha (kutubxona)lar muhim rol oʻynagan?

  74. Bolgar fanlar akademiyasining ilmiy arxivi qachon va qayerda tashkil etilgan?

  75. Bolgariyada qachon Harbiy-tarix arxivi tashkil etilgan?

  76. Ruminiyaning dastlabki zamonaviy arxiv muassasalari qachon va qayerda tashkil etilgan?

  77. Ruminiyada Valaxiya va Moldova arxivlari qachon birlashtirilgan?

  78. Ruminiyada monastir hujjatlari qachon davlat arxivlariga o‘tkazilgan?

  79. 1918-yilda Ruminiya hududlari kengaytirilgandan so‘ng, qaysi tarixiy hududlarda Davlat arxivlari tashkil etildi?

  80. Qachon Transilvaniya uchun Klujda davlat arxivi tashkil etildi?

  81. Qachon Bukovina uchun Chernivtsida davlat arxivi tashkil etildi?

  82. Qachon Bessarabiya uchun Kishinyovda davlat arxivi tashkil etildi?

  83. Ruminiyada qachon Davlat arxiv boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi nazoratiga o‘tdi?

  84. Ruminiya Markaziy davlat tarix arxivida qanday hujjatlar saqlanadi?

  85. Ruminiya markaziy muassasalari o‘z hujjatlarini idoraviy arxivlarida necha yil saqlaydi?

  86. Ruminiyada fondlari Buxarestdagi Markaziy arxivdan ham boy arxiv qaysi?

  87. Kluj (Transilvaniya) davlat arxivida eng qadimgi materiallar qaysi davlarga tegishli?

  88. Ruminiya zamonaviy arxiv tarmoqlari tizimida qanday markaziy arxivlar mavjud?

  89. Ruminiya Milliy arxivi qachon Xalqaro arxivlar kengashiga a’zo boʻlgan?

  90. Ruminiya Diplomatik arxivi qachon tashkil etilgan?

  91. “Revista Arxivelor” maxsus nashri qaysi davlatga tegishli?

  92. Daniya Qirollik devonxonasi arxivi qachon tashkil topgan?

  93. Daniya qirol devonxonasi arxiviga qachon Shvetsiya va Norvegiya regentlari hamda shtatgalterlar (noiblar)i hujjatlari ham jamlana boshlandi?

  94. Qaysi urush davrida koʻplab hujjatlar Daniyaga olib kelingan?

  95. Daniya Qirollik devonxonasi arxivi qachon “Maxfiy qirol arxivi” nomini oldi?

  96. Daniya Qirollik devonxonasi arxivi tarixchilar tomonidan qachon oʻrganila boshlandi?

  97. Daniya qirol devonxonasi va kengashi arxivi qachon tugatildi va keyingi taqdiri nima boʻldi?

  98. Daniya Qirollik arxivi qachon qayta tashkil etildi?

  99. Shved arxivlari tarixida eng gullab-yashnagan davrni toping

  100. Qaysi omil Norvegiyada doimiy qirol arxivlarining shakllanishiga imkon yaratdi?

  101. Norvegiya qirol arxivi dastlab qayerda joylashgan edi?

  102. Shvetsiyada nechanchi yilda Davlat arxivi qirol devonxonasidan ajratildi?

  103. Yononistonda yangi davr (XIX asr boshlari)da davlat arxivlari qanday nomlangan?

  104. Ma’lumki, 1991-yilda Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublika (YuSFR) bir necha mustaqil davlatlarga bo‘linib ketdi va sobiq Yugoslaviyaning davlat arxivlari tegishliligiga qarab mustaqil davlatlar oʻrtasida taqsimlanishi toʻgʻrisida bitim imzolandi. Mazkur bitim qachon kuchga kirdi?

  105. Serbiyada tarixiy arxiv hujjatlarni yigʻish, asosan, qaysi tashkilot tomonidan amalga oshirilgan?

Yüklə 38,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə