Savol:
Markaziy bankning hukumat bilan munosabatlarini keltiring va asoslang
Javob:
44-modda. Markaziy bankning vazifalari
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal
agenti (xazina vakili) sifatida ish tutadi.
Markaziy bank hukumatga Markaziy bankning vazifalariga hamda vakolatlariga daxldor
barcha muhim masalalar bo‘yicha maslahat beradi.
Markaziy bank har yili hukumatga iqtisodiy va moliyaviy masalalar, shuningdek
monetar va valyuta siyosati bo‘yicha davlat budjetini tayyorlashga doir tavsiyalarni o‘z
ichiga
olgan ma’ruzani taqdim etadi.
45-modda. Davlat sektoriga qarz ajratish masalalarida maslahatlar berish
Hukumat kelgusi moliya yilida kreditlashning ichki va tashqi manbalaridan qarz
ajratish, shu jumladan ushbu qarz doirasida to‘lanadigan summalarni berish rejalari, shuningdek
kredit berishning taklif etilayotgan muddatlari va shartlari to‘g‘risida Markaziy bank bilan
maslahatlashadi. Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi va uning davlat organlari olayotgan
barcha qarzlar to‘g‘risida Markaziy bankka xabar beradi.
46-modda. Depozitariy va kassirning vazifalari
Markaziy bank hukumatning, shuningdek Moliya vazirligining ruxsatnomasi bo‘lgan
taqdirda boshqa davlat organlarining pul mablag‘larini va valyuta qimmatliklarini depozitga
qabul qilishi mumkin. Markaziy bank depozitariy sifatida pul mablag‘larini va valyuta
qimmatliklarini
oladi va beradi, ularning hisobini yuritadi. Markaziy bank ko‘rsatib o‘tilgan
depozitlar yuzasidan foizlar to‘lashi mumkin.
47-modda. Fiskal agentning vazifalari
Markaziy bank Moliya vazirligi bilan kelishilgan shartlarda ish tutib, O‘zbekiston
Respublikasi va davlat organlarining fiskal agenti sifatida:
Moliya vazirligi va boshqa davlat organlari chiqargan qarz majburiyatlarini
joylashtirish, bu joylashtirishlarni ro‘yxatga olish va ularni topshirishda agent
rolini bajarish;
ko‘rsatib o‘tilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymatini, ular bo‘yicha foizlar va boshqa
to‘lovlarni to‘lash;
ko‘rsatib o‘tilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisobvaraqlari yuritish va ularga doir
to‘lov
operatsiyalarini bajarish;
ko‘rsatib o‘tilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish
borasida faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Markaziy bank Moliya vazirligiga davlatning qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va davlat
qarzini qaytarish jadvali hamda hajmi masalalari yuzasidan ularning bank tizimi likvidliligiga
ta’siri va monetar siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda maslahat beradi.
48-modda. Hukumatga kredit berish
Kreditlar hukumatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
tomonidan tasdiqlangan
miqdorda ushbu Qonun 30-moddasining
birinchi qismida
ko‘rsatilgan va bir yil ichida qiymati
to‘lanadigan aktivlar garovga qo‘yilishi sharti bilan beriladi.
Kredit berish hukumat va Markaziy bank o‘rtasida alohida kredit shartnomasi tuzish
bilan
rasmiylashtiriladi, unda kreditning miqdori, qaytarilish muddatlari, to‘lanadigan foizlar
normasi va ssudani uzish tartibi kelishib olinadi.
Markaziy bank hukumatga obuna bo‘yicha badallar uchun
yoki respublikaning u yoki
bu xalqaro tashkilotga a’zoligidan kelib chiquvchi boshqa to‘lovlar uchun ancha uzoq muddatli
kreditlar berishga haqli.
Markaziy bank hukumatga ushbu moddada nazarda tutilganlaridan tashqari hollarda
moliyaviy yordam berishga haqli emas.
49-modda. Hukumat bilan Markaziy bank o‘rtasida axborot almashuvi
Hukumat bilan Markaziy bank iqtisodiyotdagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni
nazorat qilish uchun doimiy ravishda statistik axborot almashib turadilar.
Hukumat, vazirliklar va idoralar Markaziy bankka u o‘z vazifalarini bajarishi uchun
zarur bo‘lgan moliyaviy, iqtisodiy axborot va hujjatlarni taqdim etadilar.