Jizzax viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi o’qituvchisi Gadayev Qamaraddinning 7-sinf Zoologiya fanidan tayyorlagan bir soatlik dars ishlanmasi



Yüklə 445 b.
tarix23.01.2018
ölçüsü445 b.
#21857


JIZZAX VILOYAT PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI Tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi o’qituvchisi Gadayev Qamaraddinning 7-sinf Zoologiya fanidan tayyorlagan bir soatlik dars ishlanmasi


Dars mavzusi: Sudralib yuruvchilar sinfi Dars maqsadlari:

  • a) ta’liimiy: O’quvchilarning sudralib yuruvchilar sinfi haqidagi bilimlarini mustahkamlash, sudralib yuruvchilarning tashqi va ichki tuzilishi haqida ma’lumot berish;

  • b) tarbiyaviy: O’quvchilarning tabiatga muhabbat, bir- biriga o’zaro hurmat, jamoa bo’lib ishlash, o’zaro baho berish va ma’suliyat sezish ko’nikmalarini tarkib toptirish ;

  • d) rivojlantiruvchi: O’quvchilarning mustaqil fikrlash, xotirasini mustahkamlash, tez fikrlash, sudralib yuruvchilar fikrni aniq ifodalashga o’rgatish.



  • Darsning rejasi:

  • Tashkiliy qism: Salomlashish, o’quvchilarning dardga tayyorligini va davomatini aniqlanadi.

  • O’tgan mavzu bo’yicha umulshtiruvchi darsni tashkil qilish.

  • “Muzyorar” usulini qo’llagan holda sinf o’quvchilari 4 guruhga bo’linadi.Har bir guruh ro’yxati tuziladi.Topshiriqlar ham yozma, ham og’zaki tarzda o’tkaziladi.Har bir javob uchun ball berib boriladi.Agar birinchi guruh savolga javob bera olmasa, ikkinchi guruh javob brrib qo’shimcha ball oladi.Musobaqaning natijalari jadvalda belgilab boriladi.



1-topshiriq.”Krestlar – nollar ” o’yini .



2-topshiriq. ”Nuqtalar o’rniga mosini tanla”.

  • Sudralib yuruvchilar . . . tipiga mansub bo’lib, . . . turkumlarini o’z ichiga oladi.

  • Sudralib yuruvchilarning tanasi . . . bilan qoplangan.

  • Ko’payishi . . . usulda amalgam oshadi.

  • Sudralib yuruvchilarning yuragi . . . kamerali bo’lib, qon aylanish . . . aylanish doirasi . . . tipda tuzilgan.



3- topshriq. “Auksion” o’yini.

  • O’qituvchi hayvonlarning rasmini ko’rsatadi.O’quvchilar rasmlarda tasvirlangan hayvonlarni topib , qisqacha ta’rif berishadi.Kim ko’ptopsa, kop ball beriladi.



4- topshiriq. “O’yla, izla, top” o’yini.Agar birinchi ta’rif topilsa - 4 ball, ikkinchisi topilsa -3 ball va hk.

  • 1 – guruhga savol:

  • 1- ta’rif.O’zbekiston suv havzalarida uchraydi.

  • 2- ta’rif. Baliqlar va baqalar bilan ozqlanadi.

  • 3- ta’rif. Baliqchilikka zarar yetkazadi.

  • 4- ta’rif. Zaharsiz ilon. (Suvion)



2 – guruhga savol:

  • 1- ta’rif. Baqalar, ilonlar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi.

  • 2- ta’rif. Uzunligi 170-200 sm.

  • 3- ta’rif. Zahari kuchli, dori tayorlashda ishlatiladi.

  • 4- ta’rif. Odam yaqinlashishsi bilan tanasini ko’taradi. (Kobra)



3 – guruhga savol:

  • 1- ta’rif. Tanasining uzunligi 80-90 sm.

  • 2- ta’rif. O’rta osiyo cho’llarida yashaydi.

  • 3- ta’rif. Bezovta qilinsa bitta joyda turib aylanadi va tangachalarning bir- biriga ishqalanishi natijasida o’ziga xos ovoz chiaradi.

  • 4- ta’rif. Chaqsa juda og’riydi, lekin o’limga olib kelmaydi. (Efa)



4 – guruhga savol:

  • 1- ta’rif. Tanasining uzunligi 68sm.

  • 2- ta’rif. Toshkent va Samarnd viloyatlari, Xorazm va Mirzacho’lda uchraydi.

  • 3- ta’rif. Chaqqanda shish paydo bo’lib, harorat ko’tariladi.

  • 4- ta’rif. Bu ilonning nomi askarlar himoya quroli nomiga o’xshaydi.(Qalqontumshuq)



  • 1- guruh: Kaltakesaklar va Gekkonlar uchun xos bo’lgan xususiyatlarni ajratib , Moychechak gulini yasash topshiriladi;

  • 2-guruh: Ilonlarga;

  • 3- guruh: Timsohlarga;

  • 4- guruh: Triton (buqalamun) larga xos xususiyatlatdan Moychechak gulini yasashadi.



III .O’quvchilarni baholash va uyga vazifa berish.

  • O’qituvchi har bir guruhni jamlagan ballarini hisoblab g’olib guruhni va faol ishtrok etgan o’quvchilarni rag’bat ballari bilan mukofotlaydi.

  • Darslikni o’qib, o’tilganlarni takrorlab kelish.



E’tiboringiz uchun raxmat.

  • E’tiboringiz uchun raxmat.




Yüklə 445 b.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə