“Juft-juft muloqot usuli



Yüklə 12,88 Kb.
tarix30.05.2022
ölçüsü12,88 Kb.
#88394
Juft-juft-muloqot-usuli


Juft-juft muloqot» usuli
Biror mavzu bo`yicha yonma-yon o`tirgan o`quvchilarni o`zaro muloqotga chorlash, o`zaro fikr almashish va ularning ba’zilarini tinglash.


Matematika darslarida «Juftlikda ishlash” usuli
Biror mavzu bo`yicha yonma-yon o`tirgan o`quvchilarga biror topshiriq (yoki alohida-alohida topshiriqlar) yoki berish va ularni birgalikda topshiriqda keltirilgan muammo (masala) yechimini topishga chorlash, yechimlarni eshitish va baholash.
Ba’zi hollarda o`quvchilar bir-birlariga navbatma-navbat savol (masala) bilan yuzlanishlari ham mumkin. Bunday holda savol javobi (masala yechimi) savol (masala) bergan o`quvchi tomonidan tinglanishi (tekshirilishi) va baholanishi lozim bo`ladi.
Juftlikda ishlash mavzusini tanlayotganda alohida ehtiyot bo`lish zarur. Bu mavzu ko`pchilik tomonidan o`zlashtirilgan bo`lishi lozim, aks holda juftlarda ish ketmasligi mumkin.
Misol.
Topshiriqlardan namunalar.
A) Har bir o`quvchi 1 minut davomida “O`nli kasrlarni 10, 100, 1000 va hokazo sonlarga bo`lish” mavzusiga oid 3 ta misolni tuzsin va o`z partadoshi bilan almashsin. 3 minutdan keyin misollarga javobni qaytarib olsin va javoblarni 1 minut ichida tekshirib, baholasin.
V) Har bir o`quvchi 1 minut davomida “O`nli kasrlarni 10, 100, 1000 va hokazo sonlarga ko`paytirish” mavzusiga oid 3 ta misolni tuzsin va o`z partadoshi bilan almashsin. 3 minutdan keyin misollarga javobni qaytarib olsin va javoblarni 1 minut ichida tekshirib, baholasin.
S) Har bir o`quvchi 1 minut davomida “O`nli kasrlarni 0,1, 0,01, 0,001 va hokazo sonlarga ko`paytirish” mavzusiga oid 3 ta misolni tuzsin va o`z partadoshi bilan almashsin. 3 minutdan keyin misollarga javobni qaytarib olsin va javoblarni 1 minut ichida tekshirib, baholasin.
D) Har bir o`quvchi 1 minut davomida “O`nli kasrlarni 0,1, 0,01, 0,001 va hokazo sonlarga bo`lish” mavzusiga oid 3 ta misolni tuzsin va o`z partadoshi bilan almashsin. 3 minutdan keyin misollarga javobni qaytarib olsin va javoblarni 1 minut ichida tekshirib, baholasin.
Yüklə 12,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə