Kalta minor madaniyati haqida fotoalbomlar to‘plami



Yüklə 9,72 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü9,72 Kb.
#164654
Kalta minor haqida fotoalbom




Kalta minor madaniyati haqida fotoalbomlar to‘plami





Xivadagi eng mashhur minora – nihoyasiga yetmagan Kalta minor. U 1853 yilda Muhammad Aminxon tomonidan barpo etila boshlagan va 1855 yil Shimoliy Eronga yurish paytida xonning o‘ldirilishi va Abdullaxonning taxtga o‘tirishi bilan qurilish ishlari to‘xtab qolgan.






Xalq ichida bu borada har xil afsonalar tarqalgan.
Emishki, Xiva xoni shaharda ulkan va baland minora qurilishini buyuradi “Uning tepasidan Buxoroi azim ko‘rinib tursin” deydi.





Bundan xabar topgan Buxoro amiri usta bilan kelishib, xuddi shunga o‘xshagan minorani Buxoroda ham qurishni reja qiladi.

Bundan xabar topgan Xiva xoni minora bitgandan keyin ustani minoradan tashlashni buyuradi. Xon bunday minora boshqa joyda takrorlanishini istamaydi.







Buni bilib qolgan ustalar bu haqda g‘ishtga yozib tepaga Katta ustaga yetkazishadi. U esa kerakli anjomlarni topishni aytib, o‘ziga qanot yasab uchib ketgan.

Minora bitsa dunyodagi eng baland minora bo‘lishi mumkin edi. Bugungi kunda Kalta Minor minorasi shaharning asosiy bezaklari bo'lib, butunlay sirlangan koshinlar va mayolika bilan qoplangan yagona minora hisoblanadi.Uning kattaligi va o‘ziga xos ranglari bu afsonaviy shaharni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish uchun kelgan yuzlab sayyohlarning ko‘zini lol qoldiradi.

Yüklə 9,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə