Кейс-технология



Yüklə 47,38 Kb.
tarix17.09.2017
ölçüsü47,38 Kb.
#220

Keys-Texnologiya

Travmatik shokni kelib chiqishi. Uzoq



muddatli bosilish sindromi” mavzusi bo’yicha “Harbiy dala jarrohligi” predmetidan
Pedagogik annotatsiya
Predmeti: “Harbiy-dala jarrohligi”

Mavzusi: “Travmatik shokni kelib chiqishi. Uzoq

muddatli bosilish sindromi :

Keysning asosiy maqsadi:
TRAVMATIK SHOKNING KELIB CHIQISHI KECHISHI VA TIBBIY EVOKUATSIYADA DAVOLASH ISHLARI. UZOQ MUDDATLI BOSILISH SINDROMI, davolash usullarini ko’rsatib berish hamda tahlil qilish, tibbiyot sohasidagi muammolarni bartaraf etish yo’llarini ishlab chiqish.
O’quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:

  • keys mazmuni bilan oldindan tanishib chiqib, tayyorgarlik ko’rish;

  • Travmatik shokning kelib chiqish sabablarini aniqlash ;

  • Travmatik shokning sababini aniqlab unga to’g’ri davo usulini tanlash va nazariy bilimlarini qo’llash;



Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lmoqlari zarur:

  • Travmatik shokning sabablarini to’g’ri topish, klinikasi va davolash usullarini bilishi;

  • Amaliy kunikmani amalga oshirishi – Travmatik shok kelib chiqqan bemorlarda klinikasini bilgan holda unga to’g’ri davo usulini qo’llash.


Talaba quyidagilarni bilishi shart:

- Travmatik shokka sabab bo’luvchi omillarni;

- Travmatik shok kelib chiqqan bemorlarda kuzatiladigan simptomatikani aniqlashni;


  • Travmatik shok kelib chiqqan bemorlarni umumiy davolash qoidalari;

  • Travmatik shok profilaktikasini bilish;


Manbalardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati:


  • “Harbiy-Dala Jarrohligi’ M. Kariyev, R. Alimov, A. Saidov. 2007 yil 50 b

  • www.medytcina.ru

  • www.google.ru (Meditsina i nauka) Toshkent 2010 yil.



Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi:

Ushbu keysning asosiy manbai kabinetli, lavhasiz bo’lib, vaziyat davriy ketma – ketlikda o’tmishdan bugungi kun tartibida bayon etilgan. Keysning asosiy ob’ekti shaxsga yo’naltirilgandir. Bu tashkiliy institutsional keys bo’lib, ma’lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Hajmi o’rtacha, tizimlashtirilgan bo’lib, treningga mo’ljallangan o’quv mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalar hosil qilishga qaratilgan. Tibbiy maqsadlarga ko’ra keys muammolarni taqdim etishga, ularni hal etishga, tahlil qilish va baholashga qaratilgan.

Ushbu keysdan “Harbiy-dala jarrohligi” fanlarida foydalanish mumkin.
K i r i sh

“Travmatik shokning kelib chiqish kechishi va tibbiy evaquatsiyada davolash ishlari.Uzoq muddatli bosilish sindromi.” mavzusi “Harbiy-dala jarrohligi” fanidan muammoli vaziyatlarni hal etish bo’yicha amaliy mashg’ulotda Keysga asoslangan o’qitish texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan.



Tushuncha. Travmatik shok tushunchasiga ta’rif berish ko’pincha qiyinchiliklar tug’diradi.I. K. Axunbayev va G. L. Frenkel (1960) dunyo adabiyotlarida shokka berilgan 119 ta ta’rifni aniqlashgan. Ko’pgina shokni o’rganuvchi izlanuvchilarning fikricha,bu ta’riflardan xech biri shok tushunchasini

to’liq ta’riflamaydi. Shuning uchun quyidagi avtorlar ta’riflari bilan cheklanamiz. M.N.Oxutin (1942)”Shok deb be’mor yoki jaroxatlanganga og’ir shikast yoki boshqa zaxarli omillar ta’siri natijasida vujaudga keladigan, organizmning barcha funksiyalarini o’ziga xos tarzda susayishiga aytiladi”. Travmatik shok deganda mexanik shikast ta’siri natijasida organizm faoliyatining buzilishini tushunish qabul qilingan .



Travmatik shok etialogiyasi. Travmatik shokning etialogik omili bo’lib , ichki a’zolarning yakka yoki ko’plikdagi og’ir shikastlari , qo’l va oyoqlarning suyaklari ezilishi, mushaklar zaharlanishi bilan kechadigan og’ir shikastlari, ichki a’zolrning yopiq shikastlari, naysimon va chanoq suyaklarining ko’plikdagi og’ir sinishlari hisoblanadi. Shunga ko’ra og’ir mexanik shikastlanishlar travmatik shokning aniq sababi bo’lib hisoblanadi. Odatda bu shikastlanishlar qon yo’qotish bilan kechadi.

Travmatik shok patogenezi. Travmatik shokni o’rganish 250 yillardan beri olib borilmoqda. Bu vaqt mobaynida travmatik shok potogenezi to’g’risida ko’pgina nazariyalar taklif etilgan. Lekin bugungacha ulardan uchtasi o’rganilgan va tasdiqlangan.Bular, qon-zardob yo’qotilishi, toksemiya va neyroreflektorlar nazaryalaridir.(O.S.Nasonkin,E.V.Pashkovskiy,1984)

O’pkadagi o’zgarishlar. Shokdagi gipovalemiya o’pkadagi qon aylanishining kamayishiga olib keladi. Bemorlar nafas qisilishidan shikoyat qiladi.Bunda tez-tez nafas olish,arteral qonda partsial bosim kamayishi,o’pka elastikligining pasayishi kuzatiladi.Rentgenogrammada interstitsial o’pka shishi kuzatiladi. Og’ir shikastlangan bemorlarning 50% o’tkir nafas yetishmovchiligidan halok bo’ladi.

Buyraklarda. Filtratsion va konsentratsion xususiyatlarining buzilishi va siydik miqdorining kamayishi kuzatiladi.

Jigar. Shok vaqtida jigarda hujayralar nekrozi, sintezi va dezintaksikatsion funksiyalarining pasayishi kuzatilishi mumkin. Jigar funksiyasining o’zgarishi uning fermentlari miqdorini oshishiga qarab aniqlanadi.

Qon ivish sistemasining buzilishi– giperkoaguliyatsiyaga, dissemirlashga tomir ichi ivish jarayoni rivojlanishiga,u esa trombogemoragik sindrom(TGS) rivojlanishiga olib keladi. Tomir ichi ivish jarayoni generalizatsiyalashgan xarakterga ega bo’ladi va mikrosirkulator tarmoqdagi qon aylanishini yomonlashtiradi.

Klinik- patofiziologik o’zgarishlarga ko’ra shokning uchta ketma-ket bosqichi bo’ladi.



1-bosqich – sirkulator o’zgarishlar (vazokanstriksiya) bosqichidir. Bu bosqichda bemor yuzi sovuq, oqargan, na’m teri, biroz tezlashgan puls, arterial bosimi biroz pasaygan, nafas olishi tezlashgan.

2-bosqich – tomirlar gilyatatsiyasi, mikrosilkulyator tarmoqda tomir ichi ivish jarayoni boshlanishi va buyraklar faoliyatining buzilishi (shokdagi buyrak) bilan xarakterlanadi. Klinik jixatdan-qo’l-oyoqlarda sianoz, taxikardiya, A/B pasayishi,tormozlonish kuzatiladi.

3-bosqich- tomirli ataniya va almashinuv buzilish bosqichidir. Bunda turli a’zolarda, o’pka, jigarlarda tomir ichi dessiminlirlangan ivish jarayonining nekrotik o’choqli shikastlari, gipoksiya metabolik atsidoz kuzatiladi. Klinik jixatdan- yuz, qo’l-oyoqlarning kul rangda bo’lishi, ipsimon puls, past AQB, tez yuzaki nafas, qorachiqlar kengayishi, reaksiya sekinlashganligi kuzatiladi.
Travmatik shokni davolash 5 yo’nalishda olib boriladi:

  1. Hayotga xavf soluvchi jaroxatlarni davolash. Ba’zi xollarda bu

tadbirlar vaqtincha xarakterga ega bo’lishi mumkin (Jgut ko’yish, bog’lam qo’yish, immobilizatsiya), boshqa xollarda esa (ichki a’zolar shikastlanishi va ichki qon ketishlar) davolash operativ aralashuvni talab etadi.

  1. Shokdagi ipulslarni to’xtatish (og’riqqa qarshi terapiya) 3 usul

birlashmasi orqali amalga oshiriladi. Bular immobilizatsiya, travmatik o’choqning mahalliy buloqadasi (og’riqsizlantirish),analgetik va neyroleptik pereparatlarni qo’llash.

  1. Aylanib yuruvchi qon hajmini (AQH) to’ldirish va qonning realagik

hususiyatlarini normallashtirish: reopoliglyukin, poliglyukin va boshqa kristalloid eritmalar geparinlar infuziyasi orqali amalga oshiriladi. Agar travmatik shok gemaragik sindrom bilan birga kechsa qon transfuziyasi qilinadi.

4.Metabalizm korreksiyasi- gipoksiya va respirator atsidozni bartaraf qilish – kislarod ingalyatsiyasi, og’ir hollarda o’pka suniy ventilatsiyasi bilan amalga oshiriladi.

5.A’zolarning fuksional o’zgarishlarini davolash va profilaktikasi. Bular o’tkir nafas yetishmovchiligi (shokdagi buyrak), miokard va jigardagi o’zgarishlar.
Uzoq muddatli bosilish sindromi va uni tibbiy ko’chirish bosqichlarida davolash.

Uzoq muddatli bosilish sindromi- ko’p uchraydigan va urush, ofatlarning qochib bo’lmas hamrohi hisoblanadi.



2-Jaxon urushi Angiliya shaharlari bombordirovkasid uzoq muddatli bosilish sindromi jabrlanganlarning 3,5% ida, Xirasima va Nagasaki shaharlari atom bombardirovkasida esa 15-20% ida kuzatilgan.
Uzoq muddatli bosilish sindromming klinik kechishida 3 davr farqlanadi.
1 davr- erta yoki gemadinamik o’zgarishlar davri (kasallikning 1-3-kuni),

2 davr- oraliq (3-4 kundan 8-12 kungacha) o’tkir buyrak yetishmovchiligi bilan xarakterlanadi.

3 davr-kechki (9-12 kundan 1-2 oy oxirigacha) to’qimalar shikastining mahalliy simtomlari bilan xarakterlanadi.
Uzoq muddatli bosilish sindromining turli davrlardagi klinikasi.

1-davr. Jabrlanganlarning oyoq-qo’li bosilishdan ozod etilgandan so’ng umumiy ahvoli yomonlashuvi bilan birga kuchli shish ruvojlanadi. Bemorni xolsizlik, tormzlanish, ko’gil aynishi, qusish bezovta qiladi. Bemorning rangi oqaradi, tanasi sovuq ter bilan qoplanadi, puls tezlashadi(100-120 ta). AQB og’ir hollarda 60-80 mm sim. ust. va undan ham past. Bu davrda Uzoq muddatli bosish sindirimomi ning klinik ko’rinishi shokning torpid fazasini eslatadi.

2-davr-Oraliq davr. UZOQ MUDDATLI BOSISH SINDIRIMOMI ning 4-kuni o’tkir buyrak yetishmovchiligi simtomlari yuzaga chiqadi: past diurez, ko’gil aynishi, qusish, holsizlik, apatiya, belda og’riq kuchayadi.

3 -davr- Kechki davr. Birinchi o’ringa mahalliy simtomlar chiqadi. Mushak to’qimasi o’lib, o’rniga briktiruvchi to’qima o’sadi, to’qimalar atrofiyasi, bo’g’imlarda harakat cheklanishi, kontrakturalar ruvojlanadi.

Uzoq muddatli bosilish sindromini tibbiy bosqichlarida davolash.

Brinchi tibbiy yordam. Jabrlanganni bosilishdan bo’shatishdan oldin sog’ to’qima chegarasidan yuqoriroq sohadan jugut qo’yish, bo’shatib bo’lgandan keyin esa shu sog’ to’qimalarni bint bilan siqib bog’lash kerak. Bu shishni kamaytiradi va ezilgan to’qimalardagi parchalanuv mahsulotlarini so’rilib ketishiga yordam beradi. Keyin jugutni yechish va giperkoliniya, to’qimalarni gipoksiyaga sezuvchanligini kamaytirish maqsadida sovuq (muz, qor, suv) qo’llash kerak. Keyin qo’l oyoqlar immobilizatsiyasi, og’riq qoldiruvchilar antibyotiklar qilish kerak.

Vrachgacha yordam. Birinchi tibbiy yordam hajmi kengaytiriladi. Agar qo’l yoki oyoqlar siqib bog’lanmagan bo’lsa bog’lanadi va sovutish choralari qo’llanadi, yurak qon tomir va og’riqsizlantiruvchi vositalar qo’llanadi. Ishqorli eritmalar ichishga beriladi. Birinchi vrachlik yordamiga tezlikda ko’chiriladi.

Brinchi vrachlik yordami. Saralash vaqtida 2 guruh UZOQ MUDDATLI BOSISH SINDIRIMOMIdan jabrlanganlar ajratiladi.

1-guruh UZOQ MUDDATLI BOSISH SINDIRIMOMIning yengil va o’rta darajalari bilan jabrlanganlar. Tibbiy yordam saralash maydonida ko’rsatiladi.

2-guruh UZOQ MUDDATLI BOSISH SINDIRIMOMIning og’ir formasidagi jabrlanganlar. Tibbiy yordam bog’lov xonasida ko’rsatiladi. Ezilgan qo’l yoki oyoqqa novokoinning 0,25 % li 400-500 ml iliq eritmasi bilan futlyar novokain blakada qilinadi. Vishnevskiy bo’yicha ikki tomonlama poronefral buloqada qilinadi, vena ichiga 1000 ml 10% li glyukoza eritmasi, 24 Yed insulin va 200 ml 4% li natriy bikorbanat eritmasi yuboriladi.

Ixtisoslashtirilgan vrachlik yordami. Tibbiy saralashda ikki guruh jabrlanganlar ajratiladi.

1-guruh- yengil va o’rta og’ir formadagi UZOQ MUDDATLI BOSISH SINDIRIMOMI. Gemadinamik o’zgarishlar yo’q, yoki kam nomoyon bo’lgan. Oyoq-qo’llarda shish, buyraklar funksiysi unchalik o’zgarmagan.

2-guruh-UZOQ MUDDATLI BOSISH SINDIRIMOMIning og’ir formasi. Shokka qrshi reanimatsion palatada maxsuslashtirilgan gospitalga yuborishga tayyorlash maqsadida gemadinamik o’zgarishlar to’g’irlanadi. Davolash aylanib yururvchi qon hajmini to’ldirishga qaratilgan bo’ladi, bunda qon quyish man etiladi.


Keys bilan ishlash qoidalari



Keys uchun yozma ish talablari

1. Ish A4 standartdagi varog’ning bir tomonida (2-varog’idan oshmagan holda) tezis shaklida yozilishi kerak.

2. Yozma ishni jiҳozlash tartibi:

- birinchi betda, o’ng tomonda talaba ismi, sharifi va guruhini yozishi kerak;

- varog’ning markazida keysning mavzusi yoziladi;

- keyin esa keys bilan ishlash natijalari tezis shaklida yoziladi






2.4. Keys bilan ishlash jarayonini baholash mezonlari

va ko’rsatkichlari

(mustaqil auditoriyada va auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun)
Auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun

baholash mezonlari va ko’rsatkichlari




Talaba-lar

Ro’yxati


Muammoning asosiy mazmuni ajratib olinib, tadqiqot ob’ekti aniqlangan

mak. 6 b


Muammoli vaziyatni tahlil qilish ob’ekti aniq ko’rsatilgan mak. 4 b

Muammoning aniq echimini topgan

mak. 10 b



Jami

mak. 20 b
































































2.5. Auditoriyada bajarilgan ish uchun

baholash mezonlari va ko’rsatkichlari


Guruhlar

Ro’yxati


Guruh faol

mak. 1 b


Ma’lumotlar ko’rgazmali taqdim etildi

mak. 4 b


Javoblar to’liq va aniq berildi

mak. 5 b


Jami

mak. 10 b



1











2











3










8-10 ball – a’lo

6- 8 ball – yaxshi

4- 6 ball – qoniqarli



0 -4 ball – qoniqarsiz

Kichik guruhlarda ishlash qoidasi


Yüklə 47,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə