Kichik freonli sovitish qurilmasining asosiy nosozliklarini aniqlash va bartaraf



Yüklə 17,19 Kb.
səhifə1/2
tarix17.02.2023
ölçüsü17,19 Kb.
#100987
  1   2
3-TAJRIBA ISHI


3-tajriba ishi
KICHIK FREONLI SOVITISH QURILMASINING ASOSIY NOSOZLIKLARINI ANIQLASH VA BARTARAF
QILISH


Ishdan maqsad: nosozliklarni aniqlash, uning sabablarini topish va bu nosozliklarni bartaraf qilish ko'nikmasini hosil qilish.
Tajriba havoli va suvli kondensatorlarda ishlovchi 10 dona kichik freonli sovitish qurilmalariga ega bo'lgan sovitish laboratoriyasida o'tkaziladi. Har bir qurilmada 2-3 kishi ishlashi mumkin. Tajriba uchun manometrlar, 0.500S aniqlikdagi termometrlar va kichik sovitish mashinalariga texnik xizmat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan asboblar to'plami kerak bo'ladi. Nosozliklarni bartaraf etish uchun boshqa asboblar ham zarur bo'lishi mumkin. O'qituvchi talabalarga ishni bajarish uchun 1-2 ta nosozligi bo'lgan qurilmalarni bo'lib beradi. Agar qurilma soz holda bo'lsa, unga ataylab nosozlik kiritish lozim bo'ladi: tajriba boshlanishidan avval o'qituvchi sezdirmay so'rish yoki haydash klapani singan klapan doskasini kompressorga o'rnatadi; blok golovkasi ostiga so'rish va haydash orasidagi to'sig'i yirtilgan prokladkani qo'yadi; filtr to'r to'lib qolgan yoki termoballonida freoni bo'lmagan TRVni o'rnatib qo'yadi; elektr sxemada nosozlik yuzaga keltiradi va hokazo.
Har bir talaba quyidagi to'rt xil nosozliklardan hech bo'lmaganda bir yoki ikkita nosozlikni aniqlashi va bartaraf qila olishi kerak.
Nosozliklarning asosiy guruhlari:

  1. Sistemadagi bosim o'zgarishiga bog'liq bo'lmagan nosozliklar:

─ taqillash, begona tovushlar (parrakning diffuzorga tegishi, rezina tasmaning diffuzorga tegishi, klapan doskasidagi rozetkalar bo'shab qolishi, podshipniklar va paletslar yeyilishi);
─ podshipnik yoki karterning qizib ketishi (sistemadagi moyning kamligi, bug'latkichdan karterga moyning yomon qaytishi, alohida birikmalarga moy o'tuvchi teshiklarning yopilib qolishi);
─ sistemada zichlikning yo'qolishi (birikmalardagi zichsizliklar, salnikdagi ishqalanuvchi qismlarning qirilishi, salnik yoki bosim relesi silfoni gofrasining shikastlanishi);
─ himoya qurilmalari nosozliklari (tok kuchi me'yorda bo'lsa ham tok-issiqlik himoyasi ishlab ketadi, tok kuchi me'yordan oshsa ham tok-issiqlik himoyasi ishlamaydi, manokontroller ishlamaydi);
─ boshqarish zanjiridagi nosozliklar (zanjir uzilishi, bosim relesi, tok-issiqlik himoyasi, harorat relesi kontaktlari uzilgan yoki yaxshi tegmaydi, magnit puskatel chulg'ami kuygan);
─ elektr ta'minoti nosozliklar (fazalardan birida kuchlanish yo'q, elektrodvigatel ishlamayapti, nosoz, elektrodvigatelning taqillagan yoki qizib ketgan, puskatelning asosiy kontaktlari kuygan, puskatel yakorining qiyshiq yoki to'liq tortilmasligi).
2. Bug'latkichdagi bosimning yuqoriligi:
ish rejimi buzilganligi tufayli kompressor sovitish unumdorligining pasayishi ("vlajniy xod" nam qadam rejimida ishlash, kondensatsiya bosimining oshishi, quvurlar va so'rish quvuridagi filtrning tiqilishi);
kompressordagi nosozliklar (so'rish yoki haydash klapanining sinishi, prokladka yirtilganligi tufayli haydash tomonidan so'rish tomoniga agentning o'tishi, rezina tasmaning sirpanishi, rotatsion kompressorda parrak prujinasining sinishi, rotor va silindr orasidagi yoki parrak va silindrdagi paz orasidagi tirqishlarning kattalashib ketishi tufayli haydash kanalidan so'rish kanaliga ishchi moddaning o'tib ketishi);
3. Bug'latkichdagi bosimning pasayib ketishi:
─ bug'latkichga suyuq sovitish agentini uzatishning deyarli to'xtab qolgani (TRVda namlikning muzlab qolgani, TRV filtri to'rining to'lib qolishi, TRV termoballonidagi freonning chiqib ketishi, suyuqlik filtrining to'lib qolishi, suyuqlik ventilining tiqilib qolishi, sistemada suyuq freon qolmaganligi);
─ bug'latkichga berilayotgan sovitish agenti miqdorining kamayishi (suyuqlik liniyasining ifloslanishi, avvalgi punktda aytib o'tilgandek, sistemada freonning kamligi, bug'latkich yuzasidagi muz qatlamining ko'payib ketishi yoki qovurg'alari kontaktining yomonligi, shular natijasida TRV avtomatik ravishda freon o'tkazishni kamaytiradi).
4. Haydash tomonidagi bosimning balandligi:
─ haydash ventili kam ochilgan;
─ kondensatorni sovitayotgan suv yoki havoning kamligi;
─ kondensatorning ifloslanishi;
sistemaga havo kirib qolishi;
─ sistemada moy yoki sovitish agentining miqdori me'yordan oshib ketgan.



Yüklə 17,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə