Kirish Mil avv VI-V asrlarda Italiyadagi axvol



Yüklə 55,45 Kb.
səhifə1/8
tarix26.05.2023
ölçüsü55,45 Kb.
#113197
  1   2   3   4   5   6   7   8

RIM RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI
Reja:

  1. Kirish

  2. 1.Mil.avv VI-V asrlarda Italiyadagi axvol.

  3. 2.Rim jamiyatining toifaviy-sinfiy tuzilishi,patritsiylar,pelebeylar,qulchilik.

  4. 3.Rim Respublikasida ijtimoiy-siyosiy axvol.

  5. Asosiy qism:

  6. XULOSA .

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
KIRISH.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Sivilizatsiya – eng yuksak tartibdagi madaniy mushtaraklik, kishilarning ma'naviy - madaniy qiyofasining keng ko'lamli darajasi,taraqqiyoti desak adashmaymiz. Olimlar hisob kitoblariga qaraganda yer yuzida yigirmadan ortiqroq sivilizatsiya va undan ham ko'proq subsivilizatsiyalar vujudga kelgan, yemirilgan va davom etmoqda. Jumladan, g'arb, sharq, islom, konfutsiylik, yapon, provoslav-slavyan, lotin Amerikasi (mayya, ink, astek) Afrika (Misr, G'arbiy Sudan, monomatapa) sivilizatsiyalari, shuningdek, Yevropa, Shimoliy Amerika, Turk, Arab singari substantsiyalar ham mavjud. G'arb va Sharq asrlar davomida shakllangan ikki yirik supersivilizatsiya hisoblanadi. Sivilizatsiya – kishilik mushtarakligining eng yuqori cho'qqisi ekan, bugungi kunda ham til, tarix, din, urf-odat singari umumiy mutlaqo ob'ektiv jihatlari bilan sivilizatsiyalar bir-biridan ajralib turadi. aksariyat sivilizatsiyalarning yo'q bo'lishiga, unitilishiga ma'naviy inqiroz sabab bo'lishini tarixdan yaxshi bilamiz. Zero Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov o'zlarining “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarlarida bu borada: “Shuning uchun ham Sharq yoki G'arb mamlakatlari bo'ladimi, olis Afrika yoki Osiyo qit'asi bo'ladimi – jahonning qaysi burchagida bo'lmasin, ma'naviyatga qarshi qandaydir tahdid paydo bo'lgan bo'lsa, o'zining bugungi kuni va ertangi istiqbolini o'ylab yashaydigan har bir ongli inson, har bir xalq tashvishga tushishi tabiiy, albatta” – degan edilar. Haqiqatdan ham mustaqilik sharoitida nafaqat o'z tariximiz balki, dunyo xalqlari tarixi, ularning sivilizatsion jarayonlardagi ishtirokini o'rganar ekanmiz, eng avvalo o'tmish sivilizatsiyalarining vujudga kelishi, rivojlanishi va inqirozi masalalariga to'xtalib, ularning sabablari va oqibatlari xususida tegishli xulosalarga ega bo'linadi.

Yüklə 55,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə