Kompozisiya va shakllantirishning kompozision turlari



Yüklə 193,5 Kb.
səhifə1/21
tarix17.02.2022
ölçüsü193,5 Kb.
#83805
növüKompozisiya
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
7. KASALXONALAR XUDUDINI KO’KALAMZORLASHTIRISH



MAVZU: KASALXONALAR XUDUDINI KO’KALAMZORLASHTIRISH

I KIRISH
II ASOSIY QISM
2.1. Shifoxona hududini ko’kalamzorlashtirishda kompozisiya va shakllantirishning kompozision turlari

2.2. Shifoxonalar va sanoat korxonalari maydonlarini ko’kalamzorlashtirish

2.3. Ko’chalar, xiyobonlar va kvartallarni ko’kalamzorlashtirish

2.4. Ko’kalamzorlashtirish uchun ko’chat yetishtirish

2.5.“Soxta kashtan” daraxtining biologik xususiyatlari va xalk xo’jaligidagi ahamiyati

2.6 Kashtanlar turkumi-Castanea

2.7. Butalar

KIRISH
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan mamlakatimiz shaharlari va ko’chalari atroflari yanada ko’kalamzor bo’lishi uchun bir nechta qaror va takliflar kiritildi. Ushbu qarorlar va takliflar ijrosi sifatida quyidagi tadbirlarni ko’rsatsak bo’ladi. Masalan: o’tgan yil mamlakatimizning mustaqilligining 20- yoshga to’layotganligi munosabati bilan ”Mustaqilligimizning 20- yoshiga 20- tup ko’chat mening sovg’am» shiori ostida birgina Samarqand shahri va shahar atrofiga yuz mingdan oshiq manzarali va mevali daraxtlar ekildi.

Respublikamizda aholi yashash joylari, dam olish maskanlari, korxona va tashkilotlar xududlarini ko’kalamzorlashirishda manzarali, atrof muhitga ijobiy ta’sir qiluvchi, xom-ashyo tariqasida yuqori samara beradigan daraxlarni ko’paytirishga katta e’tibor berilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 7 sentyabrdagi qaroriga muvofiq Respublikamizda 2008-2012 yillar davomida 8110 ming tup Yapon saforasi hamda 1183 ming tup Soxta kashtan ko’chatlari ekilishi belgilangan bo’lib, bu hayrli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda (M.G’aniyev, 2008).

Shahar sharoitida o’simlik dunyosining salomatlikni saqlashdagi roli bebaholigini ko’pchilik yaxshi bilishadi. O’simlik dunyosi daryolarimizning sersuvligini, yerlarimizning namligini saqlashda, yer ko’chishining oldini olishda juda kata ahamiyatga ega. U – hayvonot dunyosiga boshpana, inson va hayvonlar uchun oziq-ovqat manbai, aholi uchun hordiq chiqaradigan saylgoh. Hayot uchun bebaho oksigan ishlab chiqaruvchi «fabrika».

O’simlik dunyosi 20000 hil turli kimyoviy va dorivor moddalarning manbai. Ruhiy va jismoniy tetiklikning sababchisi. U kishilarni ruxlantiradi, ijod qiliga chorlaydi, ilhomlantiradi (Otaboyev va boshqalar, 2008).

U atmosfera havosini tozalab beruvchi filtr vazifasini o’taydi. Jumladan, 1 ga kashtan daraxti havodagi karbonat agidridning 100 foizini shimib oladi desak, bargi o’rmonning 1 gektari 12 foizni, kashtan 160 foiz, jo’ka daraxti 250 foizni, dub 450 foizni, terak daraxti 700 foiz karbonat angidrid gazini shimib oladi.


Yüklə 193,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə